Karer elementlari va asosiy kontexnik tushunchalar.
Karerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari mavjud.(4.2 rasm)
Karerning ish olib boriladigan va ish olib borilmaydigan bortlari
YUqori pog‘onaning yuqori brovkasini quyi pog‘onaning quyi brovkasi bilan bog‘lovchi chiziqlar orasidagi burchak ish olib boriladigan bortning qiyalik burchagi, esa ish olib borilmaydigan bortning qiyalik burchagi deyiladi.
Ish olib boriladigan bortning pog‘onalarini ajratuvchi ishchi maydonlarda tog‘ jinslari yoki foydali qazilmalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Ishchi maydon kengligi Vr.p=40-80 m, ishchi bort qiyalik burchagi esa =7-15˚ ni tashkil etadi.
Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar kichik kenglikdagi maydonchalarga: transport va ximoyalovchi maydonchalarga bo‘linadi. Ish olib borilmaydigan bort qiyalik burchagi 35-45˚ ni tashkil etadi.
Karerning ishchi borti pastki gorizontda joylashgan transheyani o‘tish hisobiga shakllanadi.
Pog‘onalarda zaxodkalarning qazib borilishi bilan birgalikda karerning ishchi borti ham siljib boradi va karerning chegara konturiga yaqinlashadi, so‘ngra ishsiz holatga keladi. Ishchi maydon esa himoya yoki transport maydoniga aylanadi.
Ish olib borilmaydigan bortni tashkil qiluvchi pog‘onalar ish olib borilmaydigan pog‘onalar deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |