Karer chegarasidagi butun kon massasi hajmi, korxonaning ishlab chiqarish quvvatini, uning qazib olinish muddatini va boshqa bir qancha ko‘rsatkichlarni belgilovchi zarur ko‘rsatgich hisoblanadi.
Er yuzasi relefi tekis bo‘lganda karer maydonidagi butun kon massasi hajmini (m3) quyidagi formula yordamida aniq hisoblash mumkin:
Foydali qazimalarni karer chegarasidagi zaxiralari —qazib olish mumkin bo‘lgan chegarani, karerning qazib olish muddatini va qazish ishlari iqtisodiy natijalarini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Har bir pog‘ona (gorizont) va karer maydoni chegarasidagi zaxiralar, konni geologik qidirish vaqtida o‘rnatiladi. Undan so‘ng loyixalashtirish vaqtida va ekspluatatsiya davrida, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadigan foydali qazilma konditsiyasi (me’yori) hisobga olinib karer chegarasi aniqlanadi va qayta hisoblanadi.
Adabiyotlar ro‘yxati: V.S. Xoxryakov. Otkrыtaya razrabotka mestorojdeniy poleznыx iskopaemыx. M. «Nedra». -1991 g.
Spravochnik. Otkrыtaya razrabotka mestorojdeniy poleznыx iskopaemыx. M. «Gornoe byuro». 1994.
Tomakov. P.I. Naumov. I.K. Texnologiya mexanizatsiya i organizatsiya otkrыtыx gornыx rabot. M., MGGI, 1992.
Anistratov. YU.I. Texnologicheskie protsessы otkrыtыx gornыx rabot. M., Nedra, 1985.