Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, sharofat Yo’ldosheva, sharofjon Sariev ona tili o’qitish metodikasi darslik



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə99/122
tarix07.03.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#86908
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122
Mantiqiy mashqlar

Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to’g’ri fikrlash usullarini o’rgatadi. O’quvchi maktabga kelganda, keng lug’at boyligiga ega bo’lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo’yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining ob’yekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi so’zlar bo’lsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so’z bilan aniq ifodalashga o’rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o’rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o’stirish hisoblanadi.


Mantiqiy mashqlar bolalarning so’z boyligi va tilining umumiy o’sishida katta ahamiyatga ega bo’lib, lug’at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog’lab olib boriladi. Logik mashqlar juda xilma-xil:
1. Narsalarnpng mavzuga tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (ko’ylak, kostyum, . . .) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli, .. ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar «Bu nima?» so’rog’iga javob berishga o’rgatiladi: Bu n i m a? - Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.
2. Bir turdagi narsalarni sanab ko’rsatish va umumlashtiruvchi bir so’z bilan nomlash. Masalan, stol, stul, shkaflarni bir so’z bilan qanday nomlash mumkin? (Mebelь)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, pero, chizg’ich, o’chirg’ich, stul ko’rsatiladi, o’quvchilar o’quv qurollarini ajratadilar, stul o’quv quroliga kirmasligini, mebelь ekanini aytadilar.
Bunday mashq o’yin tariqasida o’tkazilishi ham mumkin: ma’lum so’zlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: qaldirg’och, chumchuq, mushuk, musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so’zlarni guruhlarga ajratish. Bunda so’zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O’quvchilar guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so’zlar ham aralash beriladi, bolalar to’rt guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin