3. Tekis nashr usuli. Bu usulda kartaning nashr etiladigan elementlari va ochiq qoladigan joylari nashr formasida bir tekislikda bir sathda joylashtiriladi. Kimyoviy ishlov berish natijasidla rang bo'yoqlari faqat chop etiladigan elementlargagina yopishadi, bo'sh qolgan ochiq joylar esa rang bo'yoqlarini qabul qilmaydi. Tekis nashr qilish usuli odatda oddiy va uncha murakkab bo'lmagan kartalarni chop etish uchun qo'llaniladi. Kartani nashr qilish jarayonida awal shtrixli elementlar namunasi (shtrixovaya proba), so'ngra rangli elementlar namunasi (krasochnaya proba) chop etilib, ularning namunasi, ya'ni ottiski olinadi. Olingan ottisklarni bir-biriga qo'shish va solishtirish yordamida har xil ranglarda chop etilgan karta elementlari ma'nosining bir-biriga to'g'ri kelishi va mosligi aniqlanadi. Shtrixli elementlardan olingan nusxaning aniqligi va sifati tekshiriladi. Fon ranglarini tanlash va ularning konturlarga mos kelishi, shkalalar gradatsiyasi va otmivka, yozuvlarning to'g'ri yozilishi va joyga mosligi ko'rib chiqiladi. Shtrixli elementlar namunasi va rangli elementlar namunasi nashr jarayonida kartani ko'zdan kechirish va nashr xatoliklarini to'g'rilash uchun ishlatiladi
Kartaning tirajini bosishdan awal, uning dastlabki nazorat namunasi chop etiladi. Shu namuna asosida nashr etuvchi qurilmaning texnik holati va ish rejimi aniqlanadi. Bunda rang va bo'yoqlarning aniq va tekis yotishi, ranglarning konturlarga mos kelishi, ranglarning bir-biriga qo'shilishi tekshiriladi va xatoliklar to'g'rilanadi. Shundan so'ng butun tiraj nashr qilinadi. Geografik atlaslar, albomlar va boshqa kartografik asarlarni nashr qilishda nashr qilingan varaqlar atlas komponovkasiga mos ravishda kesiladi va ular bloklarga mos holda buklanib muqovalanadi.
NAZORAT SAVOLLARI
Kartani nashrga tayyorlash qanday bosqichlarda olib boriladi?
Shtrixli nashr original! (nusxasi) deganda nimani tushunasiz?
Rangli fonlar originali (nusxasi) deganda nimani tushunasiz?
Yozuvlar originali (nusxasi) nima?
Karta tuzish va nashr qilish ishlarida elektron usulda rang tanlash va avtomatlashtirish ishlari to'g'risida nima bilasiz?
Och tusli nashr nusxalari (originali) deganda nimani tushunasiz?
Nashr qilishning nechta usullarini bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar:1. Kartalarni tuzish va loyihalash. T.mirzaliyev J.Qoraboyev. 2. Берлянт A.M. Картография. М., 2001. 3. Заруцкая И. П. и др. Проектирование и составление карт. (Общегеографические карты). М., Изд-во. МГУ. 1982. 4. Салищев К. А. Проектирование и составление карт. М., Изд-во. МГУ. 1978. 5. Подобедов Н. С. Полевая картография. М., Изд-во. ГУГК. 1970. 5. Мирзалиев Т. Картография. Т., Университет. 2006. 6. Arxiv.uz 7. WWW.Ziyo.uz