Kartalarni nashrga tayyorlash jarayoni nashr originallarini (asl usxalarini) tuzishdan boshlanadi. Ular nashr shakllarini olish uchun qabul qilingan texnologiya va texnik talablarga to'liq javob berishi kerak. Nashr originallari fotoreproduksiya usulida tayyorlanadi. Nashr originali kartaning tuzish originali mazmuniga aynan o'g'ri va mos kelishi shart. Ularning barcha shtrixli, rangli, yarim usli (polutonovoy) elementlari va shtrixli nusxalari grafik jihatdan yuqori sifatga ega bo'lishi kerak. Nashr qilish originallarining bir necha turlari bo'ladi. Shtrixli (chiziqli) nashr originali. Shtrixli nashr originallari ashr etiladigan kartadagi chiziqli elementlar soniga va nashr ilishda ishlatiladigan ranglar miqdoriga qarab tayyorlanadi. larni bo'lingan, ya'ni bir-biridan ajratilgan chiziqli nashr nusxasi originali) deyiladi va ular kartaning har bir elementi uchun lohida-alohida tayyorlanadi. Masalan, gidrografiyaning chiziqli ashr nusxasi (originali) ko'k rangda, relyefning chiziqli nashr .usxasi jigarrangda, temiryo'l va avtomobil yo'llarining chiziqli ashr nusxasi qora rangda tayyorlanadi.
KARTANI NASHRGA TAYYORLASH JARAYONI
Rangli fonlar originali (nusxasi). Rangli fonlar nusxasi nashrga tayyorlanayotgan kartadagi maydon konturlarining har birini o'z rangida tasvirlash uchun rangli fonlar bo'yicha alohida alohida nashr nusxalari (originallari) tayyorlanadi. Har bir rang uchun alohida rang foni (originali) tuziladi. Masalan, okean, dengiz, ko'l va boshqa gidrografik inshootlarning suv sathi yuzasi havo rangda, o'rmonlar konturlari yashil rangda, qumli cho'llar igarrangdaginuqtalarko'rinishidaberiladi. Yozuvlar originali (nusxasi).Yozuvlar nusxasi nashrga tayyorlanayotgan kartadagi barcha yozuvlar uchun tayyorlanadi. Kartadagi obyektlarning sifat va miqdor ko'rsatkichlarini ifodalash uchun, joy nomlari, aholi yashaydigan joy nomlari, gidrografik obyektlarning nomlari va matnlar uchun har xil rangdagi yozuvlar qo'llanishi mumkin. Har bir rang uchun alohida yozuv nusxalari (originallari) tayyorlanadi. Masalan, gidrografik obyektlar nomlari ko'k, joy nomlari va aholi yashaydigan joylar nomlari qora, qo'riqxonalar va boshqa alohida muhofaza etiladigan joylar nomlari qizil rangda tayyorlanadi. Och tusli nashr originali.Yarim tonli (och tusli) nashr nusxalari (originallari) nashrga tayyorlanayotgan kartadagi rangning sekin-asta to'qarib yoki ocharib borishini tasvirlash uchun tayyorlanadi. Odatda, bunday nashr nusxalari relyefni tasvirlashda (otmivka) va davlat chegaralari bo'ylab beriladigan rangli hoshiyalarni ifodalashda tayyorlanadi.