Yuqorida aytib o'tilgan nashr nusxalari (originallari) shaffof asoslarda chizish, plastiklarda gravirlash yo'li bilan yoki nashr nusxalari tasvirini fotplyonkaga elektron yo'l bilan chiqarish usullaridan foydalanib tayyorlanadi. Nashr nusxalarining soni va ularni tayyorlash ketma-ketligi nashrga tayyorlanayotgan kartada ishlatilgan ranglar soni va qabul qilingan nashr qilish texnologiyasiga bog'liq. Bu jarayonning asosiy muammolaridan biri nashr nusxalarining ko'payib ketishi hisoblanadi. Ba'zi murakkab kartalarni nashrga tayyorlash jarayonida nashr nusxalarining (originallarining) soni 20 tadan ortib ketadi. Bu muammoning yechimi elektron usulda rang tanlash va rang ajratishga asoslangan fotoreproduksion usulni qo'llash orqali topiladi. Ranglarga ajratilgan, yuqori sifatli rastr nashr plyonkalarini tayyorlash, nashrga tayyorlanayotgan ko'k rangli karta originaliga elektron usulda rang tanlash va ranglarni tugatib borish (korrektorlash) asboblari yordamida skanerlash yo'li orqali bajariladi. U quyidagi uchta jarayonni o'z ichiga oladi.
Quyidagi uchta jarayonni o'z ichiga oladi.
1. Fotoreproduksiya jarayoni, ya'ni nashrga tayyorlanayotgan karta originali fotoformatini shakllantirish va tuzish.
2. Nashr shaklini tayyorlash, ya'ni fotoformalar asosida nash formasini tayyorlash
3. Kartani nashr qilish. Tayyorlangan nashr formalaridan jfoydlanib, karta nusxasini ko'paytirish, ya'ni kartani chop etish.
2. NASHR QILISH USULLARI
Kartalarni nashr qilishning quyidagi uchta usuli mavjud. 1. Chuqur nashr usuli
2. Baland nashr usuli
3. Tekis nashr usuli
Kartaning tirajini (bosma nusxalar sonini) ko'paytirish uchun ashr formalari tayyorlanadi. Buning uchun nashr originalining tasviriy mazmuni (surati) metall, rezina yoki plastmassadan tayyorlangan, issiq va sovuq haroratda o'z holatini o'zgartiraydigan plastina yoki silindr yuzasiga ko'chiriladi. Nashr formalarida ikki xil nashr elementlari bo'lib, birinichisi qog'ozda ochiq joylar hosil qiladi. Kartalarni nashr qilishning quyidagi uchta usuli mavjud.
Chuqur nashr usuli.Bu usulda kartani nashr qilishda, kartografik tasvir nashr formasiga o'yib tushiriladi, ya'ni shuqurlashtirib joylashtiriladi. So'ngra bu chuqurchalar rang io'yoqlari bilan to'ldirilib nashr qilinadi. Bu usul kartalarni yuqori loligrafik sifat bilan ta'milaydi va bu usulda nashr qilingan kartalar sifati poligrafik jihatdan eng yuqori, a'lo baho bilan baholanadi.
Baland nashr usuli.Bu usulda kartani nashr qilishda, kartografik tasvir nashr formasiga bevosita bo'rttirib, ya'ni qavariq 135 holda tushiriladi va bu qavariq joylarga rang bo'yoqlari surtiladi. Nashr formasining kartografik tasvirlardan bo'sh qolgan ochiq joylariga ranglarni yuqtirmaydigan maxsus suyuqlik bilan ishlov beriladi. Buning natijasida, kartani nashr etish jarayonida rang bo'yoqlari qog'ozda o'z aksini topadi, ochiq joylarga rang bo'yoqlari yuqmasdan qog'oz oqligicha qoladi.