Karyer ekskavatorlarining ish unumdorligini hisoblash Ishning maqsadi



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə18/21
tarix19.06.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#132574
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
umumiy

Amaliy ish №14
Buldozerli ag‘darma hosil qilishi ishlarini parametrlarini hisoblash.
Ishdan maqsad - avtomobil transporti yordamida bulydozerli ag’darma hosil qilishni asosiy parametrlarini hisoblash printsiplarini o’zlashtirish metodlari bilan tanishish.
Ag’darma hosil qilish usuli qo’llaniladigan transport va ishchi uskunalar turlariga bog’likdir. Temir yo’l transportida – ekskavatorli, plugli va bulydozerli ag’darmalar, avtomobily transportida – bulydozerli va ekskavatorli ag’darmalar, konveyer transportida esa, ag’darmada tog’ jinslarini joylashtirishda konsolli ag’darma hosil qilgichlar qo’llaniladi.
Ochiq kon ishlari natijasida qoplovchi jinslarni va nokonditsion hisoblangan foydali qazilma to’planadigan joyga ag’darma deyiladi. Ag’darmalarning karyer konturiga nisbatan joylashuviga qarab ular ichki va tashqi ag’darmalarga bo’linadi.
Xozirgi kunda avtomobily transporti yordamida ag’darma hosil qilishda asosan bulydozerlar qo’llaniladi. Ularning asosiy parametrlari quyidagilardan iborat: jami ag’darma va ag’darma uchastkasi fronti uzunligi, ag’darma balandligi, uchastkalar soni, ag’darma yo’lini siljitish kadami, ag’darma uchastkasini tayyorlash va yuklash davomiyligi, bulydozer ishi hajmi va berilgan ish hajmini bajarish uchun kerak bo’ladigan bulydozerlar soni.
Ag’darma bo’shatish (yukni) fronti bo’yicha 3 ta uchastkadan iborat. Bitta uchastkada yukni bo’shatish amalga oshiriladi, ikkinchisi – rezervdagi va uchinchisida loyixalash ishlari amalga oshiriladi.
Bulydozerli ag’darmalarning qulayliklari: ag’darmalarda ishning oddiyligi, ularning tez fursatda ko’rilishi, ag’darma hosil qilishga ketadigan harajatning va uskunaga ketadigan kapital harajatning kamligi.
Berilgan qiymatlardan foydalangan holda bulydozerli ag’darma hosil qilishning asosiy parametrlarini hisoblash (13.1 rasm).

Hisoblash quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
14.1. Ag’darma maydoni (yuzasi) ( , m2) aniqlanadi:
= , (14.1)
bu yerda:
W – joylashtirilishi zarur bo’lgan tog’ jinsi hajmi, m3 (9.1 ilova);
ro - ag’darmadagi tog’ jinsining maydalanganlik koeffitsienti (9.2 ilova);
hya - yarus balandligi, m (14.2 ilova);
nya - yaruslar soni;
ya - ag’darma maydonidan foydalanish koeffitsienti (ya - quyidagicha qabul qilinadi: bir yarusli ag’darmalar uchun – 0,80,9; ikki yarusli ag’darmalar uchun – 0,60,7; uch va undan ortik yarusli ag’darmalar uchun – 0,5).
Omborga joylashtiriladigan tog’ jinsi turi (kategoriyasi) ni 9.1 ilova bo’yicha qabul qilinadi. Ag’darma yaruslarini umumiy balandligi 120-180m dan oshmasligi kerak.
14.2. Bir soat davomida ag’darmaga bo’shatilishi zarur bo’lgan avtosamosvallar soni (No, dona ) hisoblanadi:
No= (14.2)
bu yerda: - qoplovchi tog’ jinsi bo’yicha karyerlarning soatlik
mehnat unumdorligi, m3;
n - qoplovchi tog’ jinsi bo’yicha karyer ishlarining tengsizlik koeffitsienti, ( n = 1,11,2 ) ;
Qp - avtosamosval kuzovidagi qoplovchi tog’ jinsining hajmi, m3.
(14.3)
bu yerda: - karyerning qoplovchi tog’ jinsi bo’yicha yillik i/ch
quvvati, m3/yil.
- karyerdagi bir yillik ish kunlari soni (Ty=350 kun);
nsm -cutkadagi smenalar soni (nsm =3);
Tsm- smena davomiyligi, s (Tsm=8).
Qp= , (14.4)
bu yerda: - avtosamosval kuzovidagi yuk og’irligi, t ( kattaligi №3
amaliy ish natijalari bo’yicha qabul qilinadi);
- tog’ jinsining butunligicha zichligi, m3/t.
14.3. Bir vaqtning ichida otvalda bo’shatilidagan avtosamosvallar soni (Nao, dona) aniqlanadi:
Nao= , (14.5)
bu yerda: tp, tmp – avtosamosvallarni to’kish xolatidagi to’kish va manyovr operatsiyalarining davomiyligi, min. (13.2 ilova).
14.4. To’kish fronti uzunligi aniqlanadi (Lp, m):
(14.6)
bu yerda: lp – bitta avtosamosval uchun ish jarayonida manyovr qilishdagi maydon kengligi, (lp = 30÷40)
Ish jarayonida bir vaqtning o’zida to’kish uchastkalarining soni (Nur, dona) aniqlanadi:
Nur = , (14.7)
bu yerda: - 1 ta uchastka fronti uzunligi, m ( =60÷80).

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin