Hisoblangan ko’rinish masofasi , m:
Yo’llar yuzalari
Avtomobillar
60
125
50
100
40
80
30
60
Ishni bajarish tartibi
Berilgan: II kategoriyali avtomobil yo’li; aylanish burchagi α = 30°; egrilikning ulanish burilish burchagiβ= 55°. Yechilishi: Plandagi aylanmaning uzunligi quyidagicha aniqlanadi: , m.
Bu yerda R1 - aylanma egrilik radiusi, u avtosamosval harakatining tezligiga bog’liq. II kategoriyali yo’llar uchun harakat tezligi tekis yo’llar uchun – 40 km/soat, egri yo’llar uchun – 25 km/soat. Minimalradius 30m; tavsiyaqilingan 60m. R1= 30 m.
25.1.-Chizma. Aylanmaning plandagi sxemasi R2 – asosiy egrilik radiusi analogik ravishda tanlanadi, lekin uning jadvalda berilgan qiymati hisobga olingan holda R2=60 m; β – aylanmaning egrilik burchagi (topshiriq bo’yicha 55°);α – asosiy egrilik radiusi (30° topshiriq bo’yicha); т – to’g’ri chiziqli qo’yilmalar uzunligi. Gidrokuchlanishli rul bilan boshqariladigan avtosamosvallar uchun т=1÷2 avtosamosval uzunligi, mexanik rul bilan boshqariladigan avtosamosvallar uchun т=3÷5 avtosamosval uzunligi. БелАЗ-549 tipli avtosamosval uchun т=19 м.
U holda
, м.
1-topshiriq. II kategoriyali avtomobil yo’li; aylanish burchagi α = 37°; egrilikning ulanish burilish burchagi β= 65°. БелАЗ 549 uchun aylanmaning uzunligini aniqlash.
2-topshiriq. II kategoriyali avtomobil yo’li; aylanish burchagi α = 35°; egrilikning ulanish burilish burchagi β= 64°. TEREX-100 uchun aylanmaning uzunligini aniqlash.
3-topshiriq. II kategoriyali avtomobil yo’li; aylanish burchagi α = 36°; egrilikning ulanish burilish burchagi β= 67°. CAT 790 uchun aylanmaning uzunligini aniqlash.
4-topshiriq.II kategoriyali avtomobil yo’li; aylanish burchagi α = 35°; egrilikning ulanish burilish burchagi β= 63°. CAT 765 uchun aylanmaning uzunligini aniqlash.
5-topshiriq.II kategoriyali avtomobil yo’li; aylanish burchagi α = 38°; egrilikning ulanish burilish burchagi β= 66°. CAT 785 uchun aylanmaning uzunligini aniqlash
Amaliy ish №31 Ekskavatorli ag‘darma hosil qilish ishlarini parametrlarini hisoblash. Ishning maqsadi: temir yo’l transporti qo’llanilganda ag’darma hosil qilish parametrlarinianiqlash vahisoblashni o’rganish
Qoplovchi tog’ jinslari ag’darmalarga temir yo’l transporti yordamida tashilganda qoplovchi tog’ jinslarini g’aramlashda ag’darma pluglari, abzettser, bul’dozerlar qo’llaniladi. Ammo g’aramlanadigan qoplovchi tog’ jinslari hajmining 80-90% i mexaniq kurak va draglaynlar yordamida joylashtiriladi.
G’aramlanadigan jinslarning texnologik xususiyatlariga bog’liq holda bir kovshli ekskavatorlarning ag’darmada ishlashining quyidagi sxemalari qo’llaniladi (26.1, 26.2.-Chizmalar):
Agar, g’aramlanadigan jinslar turg’unligi past bo’lsa, ag’darma yaruslarini birin ketin to’kish sxemasi qo’llaniladi (26.1-a,b; 26.2-a,b Chizmalar).
Ekskavator to’g’ri harakatlanib, temir yo’l transporti turgan gorizontdan pastda joylashadi va faqatgina quyi pog’onachani (podustup) to’kib hosil qiladi. Qoplovchi tog’ jinslarini dumpkarlardan qabul qilib olish uchun ekskavator yordamida qabul qiluvchi bunker hosil qilinadi. Qabul qiluvchi bunkerning uzunligi bir yarim yoki ikki dumpkar uzunligiga teng bo’ladi, Chuqurligi esa 0,81,0 m. Dumpkarlar navbati bilan bo’shatiladi. Ekskavator qaytib harakatlanayotganda jinslarni ag’darma yarusining yuqori pog’onachasiga joylashtiradi. Agar g’aramlanadigan jinslar turg’un bo’lsa, u holda bir vaqtda quyi va yuqori pog’onachalarni bir vaqtda to’kish sxemasi qo’llaniladi. (26.1. v, 26.2. v Chizmalar).
Bu sxemada qoplovchi tog’ jinslari birinchi navbatda bo’shatish radiusi kattaligi bo’ylab quyi pog’onachaga to’kiladi, keyin esa - yuqori pog’onaga to’kiladi. Qoplovchi tog’ jinslari va dumpkarlarni qabul qilish yuqoridagi sxema kabi amalga oshiriladi. Ag’darmada tog’ jinslarining cho’kishi (usadka)ni hisobga olgan holda, yuqori pog’onachani temir yo’lning joylashish darajasidan yuqori holatda to’kiladi. Ag’darma zaxodkasini to’ldirgandan so’ng, ekskavator o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi va yangi zaxodkani hosil qilishni boshlaydi.