Yorug’likning to’lqin uzunligini difraktsion panjara yordamida aniqlash Ishning maqsadi: Difraktsion panjara yordamida yorug’likning to’lqin uzunligini aniqlash. Har xil to’lqin uzunligidagi yorug’likning inson organizmiga ta'siri haqida ko’nikma va malakalar hosil qilish. Yorug’lik nurlarining tibbiyotda qo’llanilishini o’ rganish.
Kerakli jihozlar: Shkalalarga ega bo’lgan optik qurilma, difraktsion panjara, yoritgich, tokga ulagich va ulash simlari.
Nazariy tushuncha
Yorug’likning tabiati - ikkilanmali, ya'ni dualistikdir, yorug’lik - elektromagnit to’lqin, yorug’lik - zarrachalar (fotonlar) oqimi sifatida namoyondir. Yorug’likning dualistik tavsifi Plank formulasida yaqqol ko’rinadi. Ungako’ra yorug’likning bir kvanti (portsiyasi) Е = hv energiyaga egaL Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, inson tanasidagi ayrim molekulalar yorug’lik energiyasini hv ga teng portsiyalar bilan yutadi. Molekulalar yorug’likni ayniqsa ultrabinafsha nurlarni yutganda bu energiya ko’pgina molekulalarni parchalashga etarli bo’lishi mumkin, bunga yorug’likning kimyoviy ta'siri deyiladi.
Molekulalarning har qanday o’zgarishi kimyoviy hodisadir. Odam tanasining oftobda qorayishi bu kimyoviy o’zgarishlarga yaqqol misol bo’ lishi mumkin.
Hozirgi paytda biologiyada, kimyoda, texnikada, tibbiyotda va xalq xo’jaligining turli sohalarida ko’llanilayotgan lazer nurlarining ham fizik kattaliklari bilan bir qatorda to’lqin uzunliklarini o’lchash muhim ahamiyatga egaL N.N. Bexterovning fikriga ko’ra har bir to’lqin uzunlikdagi nur organizmga o’ziga xos psixologik ta'sir ko’rsatar ekan. Masalan, qizil rang qo’zg’atuvchanlik xususiyatiga ega bo’lib organizmni toliqishiga olib keladi, moviy rang tinchlantirish xususiyatiga ega , yashil rang organizmga hordik chiqarish imkonini beradi, qora rang ruhi yatga qo’ rquv hissini uyg’ otadi.
Fizikada yorug’likning to’lqin uzunligini aniqlashning bir necha usullari mavjud. Shulardan biri difraktsiya hodisasiga asoslangan difraktsion panjara deb ataluvchi optik asbob yordamida yorug’ l i kni ng to’ l qi n uzunl i gi ni ani ql ash eng sodda va qul ay usul l ardan hi sobl anadi.
Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’lib tarqalish qonuniyatidan chetlanishi difraktsiya deb
ataladi.
Bir-biridan bir xil uzoqlikda joylashgan shaffofmas to’siqlar bilan ajratilgan juda ko’p tor tirqishlardan iborat oddiy optik asbob difraktsion panjara deyiladi (1-rasm).
Sifatli difraktsion panjara shisha plastinkali parallel shtrixlar (chiziqlar) tortuvchi maxsus bo’ lish mashinasi yordamida tayyorlanadi. Shtrixlar soni 1 mm da 100 dan 2400 gacha etadi, shtrixlarning umumiy soni 100 000 dan ortiq bo’ lishi mumkin. Keng tarqalgan difraktsion panj aralar j elatiniga tushuri l gan iz bo’lib, bu j elatina ikkita shi sha pl asti nka orasi ga soli b qo’ yiladi.
Qaytaruvchi panjaralar deb ataladigan difraktsion panjaralarning sifati eng yaxshi bo’ladi. Bular yorug’likni qaytaruvchi va o’tkazuvchi qismlari navbatlashib keladigan optik asbobdir. Yorug’likni o’tkazuvchi shtrixlar yaxshilab silliqlangan metall plastinkaga qisqich yordamida chiziladi.
Agar shaffof tirqishlar (ya'ni qaytaruvchi yo’llar) eni а bilan, shaffofmas oraliqlar (ya'ni yorug’likni sochuvchi yo’llar) eni b bilan belgilansa, d = a + b kattalik panjaraning davri yoki doimiysi deb ataladi.
Difraktsion panjaraning optik asbob sifatida qimmati bu panjara hosil qiladigan difraktsion manzara aniqligi bilan belgilanadi. Difraktsion panjaraga oid elementar nazariyaning asosiy jihatlarini ko’rib chiqaylik. Difraktsion panjaraga tabiiy nur tushurilsa difraktsion maksimum larda etti xil rangli chiziqlar (spektrlar) o’osil buladi, minimum joyda esa qora chiziqlar paydo bo’ladi.
Agar tushirilayotgan nur monoxromatik bo’lsa, u holda maksimumlarda hosil bo’lgan rangli chiziqtushayotgannurningto’lqinuzunligigato’g’ri keladi (2-rasm).
2-rasm
Tirqishlardagi ikkilamchi kogerent manbalar barcha yo’nalishlarda tarqaluvchi yorug’lik to’ lqinlarini hosil qiladi.
Turli nuqtalarda qo’shiluvchi to’lqinlar fazalari ayirmasi - Аф ning doimiyligini ta'minlovchi sozlangan manba kogerent manba deb ataladi.
Tirqishlardan chiquvchi to’lqinlar bir-birini kuchaytiradigan sharoitni topamiz. Buning uchun ф burchak bilan belgilanuvchi yo’nalishda tarqaluvchi to’lqinlarni ko’rib chiqamiz. Qo’shni tirqishlarning chetlaridan chikayotgan to’lqinlar orasidagi yo’l ayirmasi АС kesmaning uzunligiga teng. Agar bu kesmada butun sondagi to’lqin uzunliklari joylashsa, barcha tirqishlardan chiquvchi to’lqinlar qo’shilib, bir-birini kuchaytiradi, ya'ni interferentsion maksimum hosil bo’ladi. Maksimumlar qo’yidagi shart bilan belgilanadigan ф burchaklar ostida ko’rinadi:
dsin9 = kX (1)
Bu erda k = 0, 1, 2, bular asosiy maksimumlar tartibi deb ataladi. Shuni nazarda tutish
kerakki, (2) shart qanoatlantirilganda tirqishlarning pastki (rasm bo’yicha) chetlaridan keluvchi to’lqinlargina emas, balki tirqishlarning boshqa barcha nuqtalaridan keluvchi to’lqinlar ham kuchayadi. Birinchi tirqishdagi har bir nuqtaga ikkinchi tirqishda d masofada turgan nuqta muvofik keladi. Shu sababli bu nuktalardan chiqqan ikkilamchi tulkin kX ga teng bulib, bu tulkinlar bir-birini kuchaytiradi.
Agar bu kesmada yarim sondagi tulkin uzunliklari joylashsa, barcha tirkishlardan chikuvchi tulkinlar kushilib, bir-birini susaytiradi, ya'ni interferentsion minimum hosil bo’ladi.
Minimumlar qo’yidagi shart bilan belgilanadigan ф burchaklar ostida ko’rinadi:
dsin9 = kX\2 (2)
АВС uchburchakdan АС katetni topish mumkin:
AC = АВапф = dsinф (3)
Fraungofer nemis fizigi paralel nurlarda Difraksiyani ko’rgan. Buning uchun manba cheksiz uzoqda bo’lishi kerak yoki linzani fokus masofasida bo’lishi kerak. (1-rasm). Agar MN tirqishni eni to`lqin ( ) uzunligidan kichik bo’lsa cheksiz tirqish deb aytiladi. MS va ND nurlar orasidagi yo`l farq -burchakda (1) ifoda bilan aniqlanadi. (m=1,2,3,…) (2) MN - tirqishni frenel zonalariga ajratib yozamiz. Har bir zona (2) shartni bajarish V nuqtada min, agar shartda (m=1,2,3,...) bajarilsa max kuzatiladi. da markaziy max uning ikkita tamonida -1,-2,-3,... 1,2,3, maksimumlar bo’ladi. F raungofer Difraksiyasi ayniqsa difraksion panjarada ahamiyati katta va amaliy qullaniladi. Oldingi bitta tirqish emas bir necha tirqich ya’ni ketma-ket keluvchi shaffof va shaffofmas tirqishlardan o’tgan nurlar Difraksiyalanadi interferensiyalanadi (2-rasm). Panjara N-ta tirqishdan iborat bo’lsa unda yo’l farqi quyidagi ifoda bilan ifodalandi. d=a+b - difraksion panjara doimiysi deyiladi. Agar shart bajarilsa (3) (m=1,2,3,... ) shart bajariladi maksimumlar V nuqtada kuzatiladi. 1-rasm Agar oq yorug’lik yuborilsa spektrga ajraladi chunki (3) da ga bog’liq. Masalan tabiiy va tayorlangan difraksion panjara qushni pati, kristallar, difraksion panjaralarda aniq spektrni ko’rish mumkin. Ajrata olish qobiliyati: Buyumlardan kelayotgan nurlar ustma-ust tushadi. Optika asboblar ularni Difraksiya tufayli ajratish uchun quyidagi shart bajarilishi kerak. (Mikroskop misolida ko’ramiz). 2-rasm