48 soatdan
so’ng yuqumli kasallik qayd etilsa,
u
shifoxona ichi infеktsiyasi
hisoblanadi. Shifoxona ichi infеktsiyalari kеlib chiqishiga aholi
orasida kеng tarqalgan va shifoxonadagi bеmorlarga nisbatan o’rtacha og’irlikda yoki yеngil
kеchuvchi kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar (
stafilokkok, entorokkok, entеrobaktеriya,
viruslar, parazitlar va boshqalar
) sabab bo’ladilar. Shifoxona ichi infеktsiyalari dunyoning
dеyarli barcha davlatlarida kеng tarqalgan bo’lib, ular bеmorlarning shifoxonada yotish muddati
uzayishiga, qo’shimcha laboratoriya tеkshiruvlari o’tkazilishiga hamda davolash uchun
qo’shimcha dori-darmonlar sarflanishiga, shifoxona sharoitida yuqumli kasalliklar va o’lim
hollari ko’payishiga ham sababdir.[5]
Turli omillarga qarab, kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning soni 3 dan 5% gacha.
Nozokomial infektsiyalar Qo'shma Shtatlardagi o'lim sabablari orasida to'rtinchi o'rinda turadi
(yurak-qon tomir kasalliklari, saraton va insultdan keyin). Shunday qilib, Kasalliklarni nazorat
qilish va oldini olish markazlari mutaxassislarining ma'lumotlariga ko'ra, 1998 yilda AQSh
kasalxonalarida kasalxonaga yotqizilgan 2 million bemorda nozokomial infektsiyalar paydo
bo'lgan. Rossiyada rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra, 1997 yilda 56 ming kasalxona
infektsiyasi qayd etilgan, garchi ularning taxminiy soni 2,5 millionni tashkil etadi.[3]
Infeksion kasalliklar yuqumliligi bilan tavsiflanadi va aholi o'rtasidagi keng tarqalishi
mumkin.yuqumli
kasalliklar
aholi
o'rtasida
to'rt
shaklda
tarqaladi.
Epidemiya,pandemiya,endemiya[1]
PATOGEN KOKKLAR
Kokklar bu mikroorganizmlaming keng guruhi bo'lib , ularga patogen , shartli patogen va
patogen bo'lmagan turlari kiradi . Bu bo'limda patogen va shartli patogen kokklar ko'rib o'tiladi .
Berg tasnifiga ko'ra , patogen kokklar uch oilaga kiritiladi:
1. Micrococcaceae - Staphylococcus (stafilokokklar) avlodi .
2. Streptococcaceae CHANNE Streptococcus avlodi (streptokokklar va pnevmokokklar).
3. Neisseriaceae Neisseria C CHALLE avlodi (meningokokklar va gonokokklar).
Patogen kokklar yiringli jarayonlarni keltirib chiqaradi, shu xossasiga ko'ra, ular bir -
birlariga o'xshaydi, shuning uchun ulami yiring chaqiruvchi kokklar deb ataladi. Kokklarda
organotroplik darajasi bir xil bo'lmay, bu pnevmokokk, meningokokk va gonokokklarda ko'proq
namoyon bo'ladi. Barcha patogen kokklar harakatsiz bo'lib, spora hosil qilmaydi, pnevmokokk
kapsula hosil qiladi. Bo'yalishiga ko'ra ular Grammusbat (stafilokokk, streptokokk) va
Grammanfiy (meningokokk, gonokokk) bo'ladi. Yiring chaqiruvchi kokklar bir - biridan oziqa
muhitlarga talabchanligiga va biokimyoviy faolligiga ko'ra farqlanadi. Stafilokokk esa oziq
muhitga talabchan emas, biokimyoviy xossasiga ko'ra faoldir .[2]
XULOSA
Ushbu holatlardan kеlib chiqib, tibbiy savodxonlikni oshirish, tibbiyotga oid har qanday
yangiliklar, maqolalar, risolalar, turli xildagi vidеo roliklarni, rеklama, xujjatli filmlar, maktab,
bog’cha muassasalarda targ’ibotlarni kuchaytirish, kasalliklar haqidagi ochiq muloqotlar, ochiq
darslar, amaliy o’quv taktik mashg’ulotlar orqali o’sib kеlayotgan sog’lom avlodlar, fuqarolar
o’rtasida yuqumli, parazitar va nozokomial infеktsiyalarni oldini olishda samarali yo’llaridir.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
386
REFERENCES
1.
I.MUHAMEDOV E.ESHBOYEV N.ZOKIROV M.ZOKIROV ‘’MIKROBIOLOGIYA
IMMUNOLOGIYA VIRUSOLOGIYA’’
2.
A.B
G'ANIXO'JAYEVA,H.A
NAZAROVA
‘’MIKROBIOLOGIYA
VA
MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI’’
3.
Norma.uz sayti
4.
Navoidsenm.uz
5.
Wikipedia.org
Dostları ilə paylaş: |