9-mavzu: Ma’lumotlarni izlash
Internet bepayon axborot ummoni. Axborotlar internetda milionlab veb-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan veb-sahifani toppish uchun Internetdagi adresini bilish zarur. Internetdagi ko`p foydalanadigan Veb-sahifalar adreslari, mahsus, ma’lumotnomalarga chop etib turiladi.Lekin ulardan to`liq axborot olib bo`lmaydi. Bu muammolarni hal etish uchun, maxsus qidiruv tizimi, yaratilishi bilan osonlikcha hal etildi.
Qidiruv tizimi –Maxsus veb-sahifa bo`lib, Internet tarmog`idan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunga kelib o`nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan quyidagilar ko`p qo`llaniladi.
Har bir qidiruv tizimi Internet tarmog`ida o`z adresiga ega. Masalan yuqoridagi sanab o`tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.Rambler.ru, www,yahoo.com , www.Google, uz, www.Yandex, ru.
Qidiruv tizimidan foydalahishni Rambler qidiruv tizimi misolida ko`rib chiqamiz, Ramblerni ishga tushirish uchun internet Explorerniishga tushuramiz. Brauzerning adreslar satriga rambler qidiruv tizimining adresi - www.rambler.ru ni kiritibEnter klavishini bosamiz.Brauzer ma’lumotlar maydoniga Rambler qidiruv tizimining Veb-sahifasi chiqadi.
Avvalambor, Internetdan qanday axborot izlashni aniq bilish lozim. Rambler qidiruv satriga biror mavzu bo`yicha ma’lumot nomi yoki unda uchrashi mumkin bo`lgan so`z yoki jumla, ya’ni kalit so`z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Agar biror dastur toish kerak bo`lsa dastur nomi yoki vazifasi kiritiladi. Rambler qidiruv satriga kiritilgan axborotni Internet tarmog`idagi milionlab hujjatlar ichidan izlaydi. Natijada Veb-brauzer ma’lumotlar maydoniga bir necha (o`nlab yoki yuzlab) hujjatlarning gipermurojaatli adreslari va ularning qisqacha tavsiflaridan iborat Veb-sahifa chiqadi. Topilgan hujjatlar ichidan keraklisini berilgan qisqa tavsifiga ko`ra aniqlab olinadi.
Izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo`yicha izlash mumkin. Buning uchun ramblerning bo`limlar ro`yhatidan kerakli bo`lim tanlanadi. Ro`yhatda umumiy bo`limlar berilgan. Masalan “Sport”, “Yangiliklar”, “O`yinlar”, “Kinozal” va hokazo. Bo`lim tanlangach qidiruv satriga berilgan axborot Internetning faqat tanlangan bo`limiga tegishli hujjatlari ichidan izlanadi.
10-mavzu: Matnlar tarjimasi
Onlayn tarjimonlardan yoki qog'ozli lug'atlarni har doim ham qo'llash mumkin emas. Agar tez-tez ishlashni talab qiladigan xorijiy matnni ko'rsangiz, maxsus dasturiy ta'minotni ishlatishni tavsiya qilamiz. Bugungi kunda tarjimaning amalga oshirilishi bilan eng mos dasturlarning kichik ro'yxatini ko'rib chiqamiz.
Lingoes
Birinchi vakili - universal katalog, uning asosiy vazifasi so'zlarni izlashdir. Odatiy bo'lib, bir nechta lug'atlar allaqachon o'rnatilgan, ammo ular etarli emas. Shuning uchun rasmiy saytdan tavsiya etilgan yuklab olishingiz, onlayn versiyalaridan foydalanishingiz yoki o'zingiz yuklab olishingiz mumkin. Ajratib qo'yilgan menyuda qulay tarzda sozlangan.
Tanlangan so'zni talaffuz qiladigan ichki spiker mavjud, uning sozlamalari menyuda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, o'rnatilgan ilovalarning mavjudligiga, jumladan, valyuta konvertori va mobil telefon raqamlarining xalqaro kodlariga e'tibor berishingiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |