Kasbiy psixologiyaning predmeti – shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.
Bundan kelib chiqqan holda kasbiy psixologiya – bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir, – deb aytish mumkin.
Kasbiy psixologiyaning ob’ekti– shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kasbiy psixologiya psixologiya fanining mustaqil sohasi bo‘lib, u o‘zining tadqiqot predmeti va ob’ektiga ega. Shu jihatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi.
Mehnat psixologiyasi-inson psixik faoliyatining takomillashishi va qonuniyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, u mehnat jarayonida shaxsdagi jarayon, holatlar va xususiyatlarni o‘rganadi. Mehnat psixologiyasi vazifalariga psixologiyaning mehnat faoliyatini psixologik muammolarini, mehnat unumdorligini orttirishning psixologik shart-sharoitlari, mehnat va dam olish rejimi, mehnat turlarini psixologik tahlil qilish, kadrlarni ularning individual psixologik xususiyatlariga qarab tanlash hamda joy-joyiga qo‘yish, ishlab chiqarish avariyasi va travmasining psixologik sabablari kabi masalalar kiradi.
Mazkur farqlar jadvalda qo‘yidagicha ifodalaniladi:
Psixologiya fanlarining tarmoqlari
Tadqiqot predmeti
Tadqiqot ob’ekti
Mehnat psixologiyasi
Mehnat faoliyatining psixologik qonuniyatlari va xususiyatlari
Mehnat faoliyatining yangi va uning psixolo-gik, bajaruvchilik tavsiflari
Muhandislik psixologiyasi
Inson va texnikaviy tizimlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning psixologik qonuniyatlari
Inson-mashina tizimi
Pedagogik psixologiya
Ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlari
Ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsi
Yosh davrlari psixologiyasi
Shaxsning ontogenezda rivojlanishining psixologik qonuniyatlari
Shaxsning ontogenezda psixik rivojlanishi
Kasbiy psixologiya
Shaxsni kasbiy shakllanishining psixologik qonuniyatlari
Shaxsning “inson-kasb” tizimida kasbiy rivojlanishi