Kasb tanlashga doir psixologik tadqiqotlar



Yüklə 164 Kb.
səhifə18/27
tarix02.06.2023
ölçüsü164 Kb.
#123246
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
KASB TANLASHGA DOIR PSIXOLOGIK TADQIQOTLAR

Dispersion tahlil – o‘rganilayotgan o‘zgaruvchiga turli omillarning ta’sirini tahlil etish imkonini beruvchi statistik usuldir. Dispersion tahlilning mohiyati shundaki o‘rganilayotgan sifat mustaqil tarkibiy qismlarga bo‘linib ketadi, bu qismlarning har biri u yoki bu omilning yoki o‘zaro aloqaning ta’sirini tavsiflab beradi.
Korrelyatsion tahlil – o‘rganilayotgan sifatlar yoki omillar aloqasining shakli, belgisi yoki zichligini baholash statistik metoddir.
Omilli tahlil – ko‘p o‘lchovli matematik statistika metod bo‘lib, bu usul statistik jixatdan bog‘liq sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu usul ilmiy tadqiqotlarning boshlang‘ich bosqichlarida sermahsul hisoblanadi, chunki bu paytda o‘rganilayotgan sohadagi qonuniyatlarni ajratish kerak bo‘ladi. Tadqiqotlarga matematik ishlov berishning boshqa metod ham mavjud. Biz eng ko‘p tarqalgan usullarini ko‘rib chiqdik. Tadqiqot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, matematik ishlov berish ko‘pgina muhim psixologik tavsiflarni, ularning aloqalari, munosabatlari, qonuniyatlarini o‘rnatish va tasvirlashning samarali vositasi hisoblanadi.
Tadqiqot usullarini tavsiflash xulosalarida shuni ta’kidlash kerakki, ayrim usullarni boshqalariga qarama-qarshi qo‘yish yoki qaysilarinidir imkoniyatlarini absolyutlashtirib bo‘lmaydi. U yoki bu usulni tanlash tadqiqot predmeti va vazifalari bilan belgilanadi. Har qaysi psixologik tadqiqotlarda o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi va haqqoniy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi usullar kompleksi qo‘llaniladi.


Nazorat savollari:

  1. Kasbiy psixologiya fanining predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalarini tushuntiring.

  2. Kasbiy psixologiya fanini o‘rganishning ahamiyatini tushuntiring.

  3. Kasbiy psixologiya fanining qanday tadqiqot metodlarini bilasiz?

  4. Mehnat psixologiyasi va kasb psixologiyasi predmetlarini farqini tushuntiring.

  5. Kasb psixologiyasining metodologik asosi nima?

  6. Kasb psixologiyasi metodlari qanday metodologik tamoyillarga asoslanadi?

Mustaqil ish uchun mavzular:

  1. Mustaqillik yillarida milliy kadrlarni tayyorlash sifatiga bo‘lgan zamon talablari.

  2. Kasbiy psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari ilmiy-amaliy masalalari.





    1. Yüklə 164 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin