Kasbidan baxt topgan inson


Shukronalik hikmati. (Onam uchun bitdim)



Yüklə 96,94 Kb.
səhifə10/10
tarix03.08.2023
ölçüsü96,94 Kb.
#138511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ruslan 597 232

Shukronalik hikmati. (Onam uchun bitdim).


To’qson bilan to’qnashib, yuz bilan yuzlashib borayotgan Otajonimning latif suhbatlari zarofatga to’la hikoyalari va ajoyib qo’shiqlari meni hamisha zavqlantirib, hayrat va hayajonga solib kelgan. Hayotning barcha balandi-yu, pastini totgan, bor izzatu-minnatiga yelka tutgan, hamisha boride ham yo’qiga ham chidab kelgan, bir etak bolalarni dunyoga keltirib, tarbiya qilgan mushfiq mehribon umr yo’ldoshini yo’qotib qo’ygan, bu ko’xna dilozor otajonimning harkuni ertalab “men haliyam tirikmanmi, o’lmadimmi” - degan so’zlari also noshkurlik emas. Aslida birgina mana shu so’zning o’zida, bir asrlik umrning qanchalar chuqur hasratiyu-dardi, quvonch-u, hikmati bor.
Mening ushbu kitobim sahifalaridan joy olgan Otajonim va onajonimning soda va samimiy suhatlari, dil so’zlari, o’git va nasihatlarining harbiri yashash tilsimidan, hayot haqiqatlaridan so’zlaydi.
Onajonimdan qolgan ajoyib manzara bu ular yaratgan katta bog’ hovlimiz oldidagi ajib bir gulzor edi. Bu bog’nining ajoyib sehrgari siz edingiz. Onajonim sizning mehringiz va aql idrokingiz mana shunday chiroyli manzarani yaratar ekan, men bu mehr oldida bosh egaman, men sizdan faxrlanaman, sizdek mehribon ustoz, oqil ayolning qizi ekanligimga beadad shukronalar keltiraman. Iloim joylaringiz jannatlarda bo’lsin. Onajon, yaxshidan bog’ qoladi deb shuni aytsalar kerak. Illo Allohim sizga bu oliyjanob ishlaringiz uchun ohiratda ajrini ham bergan bo’lsin ona. Bu dunyoda qolgan xayrli ishlaringizni farzandlaringiz ro’yobga chiqarmoqda ona. Siz to umringizning oxirigacha o’z maqsadlaringiz sari intilib yashadingiz ona. Siz bizning bog’imiz, jannatimiz eknasiz ona.
Butun hayotini el, yurtga bag’ishlagan ilmu, urfon yo’lida o’zini fido qilib, butun bir yoshligini el, yurt bolalarini tarbiyasi uchun sarflagan, istarasi issiq harqanday suhbatdoshinini ham lutfi bilan o’ziga rom qilib oladigan bu mening Otajonim. Bog’bon onajonim esa hayotligida esimni taniganimdan buyon bog’u-rog’lar shaydosi edi. Ular bu dunyoni tark etib ketgunlariga qadar hamon tetik va tinib-tinchimagan ayol edilar. Ular huddi ichiga qirq yigitning shijoatini qamab olgandek edilar. Men ushbu satrlarni yozar ekanman, ulardi o’tmishi hayotning achchiq-chuchugi, baland-u, pastini ko’rgan bobo-yu, momolarning shukronalikga to’liq toza va beg’ubor qalbi ko’rinadi.
Men hardoyim qiz bola kezimda biron joyga borib, sal kechroq qolib ketsam, onam ko’z o’ngimda xuddi meni izlayotgandek bo’lganidan-mi, ularning siymolari ko’z o’ngimdan ketmasdi. Bunga ham ancha vaqt bo’ldi. Keyin yillar o’tdi, biz ulg’aydik, turmushga chiqdik. Farzandli, keyinchalik kelinli va nevarali bo’ldik. Lekin hanuzgacha onam siymolari o’sha-o’sha ko’z o’ngimdan ketmaydi. Men uchun huddi ular tirikdek, omonmisan qizim deb eshikdan kirib keladigandek tuyulaveradi. Ana shu mehr meni chorlayotgandek tuyuladi gpo’yo. Men esa ularga qarab, ona men keldim deyishimni kutaman. Ota-onam ziyoli, ma’rifatli kishilar. Ular farzandlari kamoli yo’lida hechnimani ayamasdi. Shuning uchun ham biz farzandlarini hechnimaga zor qilmasdan, bekami-ko’st qilib o’stirdi. Hayotning kutilmagan qarama-qarshiliklari va og’ir zarbalariga duch kelsa-da, uni kulib sabrli bo’lib qarshi olardilar. Qismat onamizni ham, bizga ko’p ko’rdi. Og’ir kasallik ularni bevaqt bu olamdan olib ketdi. Mening cho’g’dek umidlarim esa sarobga aylandi. Onajonimning g’animat ekanligini judayam kech angladim. Odamning boshi, taqdirning toshi, o’lim haq deganlari ham shu bo’lsa kerak.
Bolaligim, umrimning olis bir nuqtalarida hamon bu sog’inchli xotiralarni juda ko’p eslayman. Bilasizmi onajonimdan qolgan ajoyib manzara bu ular yaratgan katta bog’lar edi. Bog’ning mashaqqati esa ko’p bo’ladi. Ular alohida e’tiborga, parvarishga muhtoj. Harbir nihol yonida girsitton bo’lib, ularga mehr bilan qaramasangiz, harbir bargini silab, siypalamasangiz, sovuqdan, izg’irin shamollardan asrab avaylamasangiz siz bog’bon emassiz derdi Onajonim. Bog’lar ham bog’bonning megriga qarab o’sishini endi faxmlayapman. Shuni aytsalar kerak yaxshilarning bog’I aziz deb. Bog’imizning ajoyib sehrgari esa bu onajonim ekanlar. Ularning mehr bilan ekkan nihollari hanuzgacha mahobatli, chiroyli manzara bo’lib, har bahor kelganida hanuz ularni eslatib turadi. Onajonim yaratgan bog’larda bir bora bo’lgan kishi bog’bonning aql-idrokiga tahsinlar o’qiydi.
Men va boshqa farzandlaringiz ham hamisha sizning yoningizda kezimizda ko’proq narsa o’rganib qolishga intildik Ona. Biz yosh kezimizda ko’pchilik meva daraxtlariga va endi qadalgan ko’chatlarga payvand berib chiqqanimiz esimda. Ularning qaysidir meva daraxti bilan chatishtirardingiz, harkuni ularga o’n martalab, suv berib, o’zingiz bizga bosh-qosh bo’lib yurardingiz ona. Yerga qadalgan qalamchalaringiz, barg chiqarsa ularni xuddi o’z bolalaringizdek, fasllardan asrardingiz.
O’sha qalamchalar hozir kattakon daraxtlarga aylanganini bir marotagina o’z ko’zlaringiz bilan ko’rganingizda edi, bag’ri dilimiz ochilardi ona. Lekin ming afsuski siz ularni ko’rolmaysiz. Bularni mahobatli bo’lib ketganini ko’rish esa otajonimga nasb qilyabti. O’sha daraxtlarning soyasida nevara, evaralaringiz o’ynab, mevalaridan yeb katta bo’lishyabti. Harbirimiz uchun bunday bog’larni yaratish ham qarz, ham farz ekanligiga endi tushundim ona. Ba’zan hayotda shunday hodisalar, tashvishlar sodir bo’lar ekanki, sen uchun aziz va qadrli insonlar bu olamdan o’tib ketarkan. Ayni chog’da sen o’ylamay, o’sha insonlar sen uchun g’animat ekanligini bilmay, sezmay qolarkansan kishi. Bilganingda, ular uchun dod-faryod qilganingda esa juda kech bo’larkan, judayam kech. Ota-onamning g’aroyib hayoti va ustozlik faoliyati ularning ko’pchilik shogirdlari uchun hozirda ibrat maktabini o’tamoqda.
Oyijon siz dardga chalinib, ko’p umr ko’rmaganingiz bilan, o’zingizdan keyingi avlodlarga yaxshi nom, o’chmas iz qoldirdingiz. Lekin men-chi? Men nima qildim? Oyi, bu savolga oldingizga borsam qanday javob beraman oyi. Qanday? ……. Panjaralar ortida, to’rt devor ichida harkuni tongacha, uxlamasdan sizni o’ylab, derazaga termulib tong otishini kutib yotaman ona. Gohi-gohida siz bilan hammamiz birgalikda yashagan eski pastak uyimizni tushlarimda ko’raman. Tushimni aytishga, boshimni qo’yishga bir yelka topolmay qiynalaman, faryod chekaman. Unsiz, yig’layman. Vujudim titrab, yostig’im yolqa yuviladi oyi. Sizning bir og’iz qizalog’im esonmisan, omonmisan degan so’zlaringizni qumsayman. Yoshligimda betob bo’lganimda qo’llarimga uzatgan bir payola choyingiz ham dardimni darmoni bo’lar, menga yaxshi bo’lib qoldingmi? Degan so’zingiz meni dunyolarga hokim qilardi Ona. Menga ko’p taskin, tasalli berib, hamisha suyanch bo’lardingiz. Ajabtovur hikoyalar, sog’inchli she’rlar bitganimda, hozir yonimda bo’lganingizda ularni bir-bir o’qib quvonardingiz ona. Ularni sizga o’zim o’qib berardim, siz esa kulib “Voy aylanay, o’zimni shoyir qizimdan” deb meni erkalardingiz ona. Bilaman ona siz ham adabiyotga, she’riyatga oshufta edingiz. Siz og’ir, vazmin va sabr-qanoatli, xushfe’l, kengfe’lli ayol bo’lganingiz uchun ham hamma qarindoshlar sizni judayam yaxshi ko’rishardi. Siz haqiqiy donishmand ayol edingiz Ona. Shuni aytsalar kerak kenga-keng, torga-tor dunyo deb. Judayam keng edingiz, judayam.
Allohim ham bu hayotni chidaganga berarkan. Bu sog’inchli xotiralarni daftarimga qoralayapmanu, lekin hayol epkinlari esa shuurimnii hartomonga tortqilaydi. Shogirdlaringiz esa hanuzgacha biz samimiy, ochiqko’ngil, to’g’riso’z va mehribon ustozdan ayrildik deb sizning haqqingizga duolar o’qishadi. Otajonim yonlariga kelishib, qur’onlar tilovat qilishadi, bir-bir hammalari o’tgan kunlarni, bolalikdagi sho’xliklarini aytishib, sizni eslashadi. Shu payt otajonim ham hechkimga bildirmasdan ko’’zlaridan oqayotgan sog’inch yoshlarini artib qo’yadilar. Ichidan ovoz chiqarmay dod-faryod qiladi otajonim ham. Ular sizni judayam sog’ingan ona, judayam. O’sha siz bizni tashlab ketgan mudxish kun biz uchun juda ayanchli kun bo’ldi. Sizning tobutingizni olib ketishgan kecha otajonim tuni bilan polni urib xonalarida uxlolmay chiqqan ekan. Men buni ertasi tong otgach bildim. Bir mahal eshikni taqillatib xonasiga kirsam ular menga qarab, shu qadar dod solib tagiga to’shalgan qalin ko’rpachani urib, mushti bilan tushirib ko’z yosh qildilar. Otamning xonalariga akam, ukam va yangamlar tovushlarini eshitib yugurib kirdilar-u, otajonimning ahvolini va ular ko’zidagi oqayotgan hasrat yoshlarini ko’rishib, karaxt bo’lib qolishdi. Hammalari otamga yopishib bir-bir quchoqlab, yig’lashdi. Ularni yupatishdi, hammamiz chuqur qayg’uda ekanligimizni aytishdi. Qabristonga ularni qabrlarini ziyorat qilishga birga borishlarini aytib, ularning yuragiga taskin berishdi. Ular haqida qayg’urishdi.
Men qalin ko’rpacha ustida, issiqqina pechka yonida uxladim. Onang-chi, onang bolam qaro yerni quchib uxlamadimi? Onasi, meni nega yolg’iz tashlab ketding degan so’zlari qulog’im tagida haliyam turgandek go’yo menga. Bu gaplar menga hanuzgacha yuragimga sanchilgan nayzadek og’riq beradi. Ona eshiryapsizmi? Bu voqea kechagidek esimda. Shu tobda qaniydi imkoni bo’lsa, o’sha siz bilan birga yashagan sho’xchan bolalik damlarimni bir kuniga shu qolgan umrimni almashtirgan bo’lar edim ona. O’sha birga yashagan kezlarimni ko’p qumsayman, o’sha kunlar men uchun juda aziz va qadrli. Aqalli bir kun bo’lsa-da oldingizda yursam armonim yo’q edi meni ona. Keyin Allohim omonat jonimni olsa ham mayli edi. Afsus o’sha siz jon berayotgan lahzada yoningizda bo’lmaganim uchun o’zimni hechqachon kechirolmay nadomatlar chekaman. Siz butun umr nafsingizni tiyib o’tkinchi xoyu-havaslarga, dabadaba-yu, mol-dunyoga hirs qo’ymadingiz. Qayerga borman yoningizdan biz qizlarni qo’ymas yoki bo’lmasa Ro’zigul xolamlar bilan birga borardingiz. Ularni ham alloh o’z rahmatiga oldi. Joylari jannatda bo’lsin ularni. Singlingizni ham xuddi sizga o’xshab yuzlaridan nur taralardi, hamisha gapirganda tillaridan sizga o’xshab bol tomardi ona. Siz ketgach, ular ham bizni tashlab ketdilar. Men hamisha ikkalangizning orqangizdan tikilib havas bilan qarab qolardim. Ularning ichki dunyosi, fe’l-atvori ham sizga o’xshamas, juda xushchaxchaq, hazilkash ayol edilar. Siz esa hazilni yoqtirmas edingiz. Hamisha yaqinlaringiz va mahalla kuy to’ylarida, ma’rakalarida ham o’tirgan o’rningiz to’rda edi. Sizlar kirgan xonadonning fayzi bo’lakcha, ikkalangiz ham hammaga o’rnak edingiz. Ro’zigul holam, biz qizlar ularni shunday chaqirardik. Ular ko’pchilik qarindoshlarning to’y, ma’rakasimi, yoki qiz uzatish to’ylarimi, ularning sepiga tikkan quroqi ko’rpachalarini ko’rib, ko’z quvonardi.
Doyim ko’rpachalar tikkani-tikkan edi. Esingizdami ona ular bizga ham ko’rpachalar tikib berardi. Biz qizlarning seplarimiz ichida ham xolamning o’z qo’llari bilan tikkan quroqli ko’rpachalari bor edi. O’shanda bizga sizlarga atab, niyat qilib tikdim qizlarim. Yaxshi niyat-yarim davlat derdi xolajonim. Hamma qarindoshlar o’sha chiroyli ko’rpachalarga tikilib havasi kelganidan ular ham xolamga irim qilib tiktirishardi. Mana sizlar ketib qolgan singillaringiz ham qizlarni ko’p eslashadi. Ayniqsa Zarafshon xolamlar sizlarni sog’inaverib ichinib ketdi, xuddi o’zlarini yolg’zilanib qolgandek his qiladilar. Ba’zan ko’z yosh to’kib ham oladilar. Ona Ro’zigul xolamning haligacha meni “go’mma qizim, qurmush qizim”, - deb atashlari esimda, ularni ko’p eslayman. Balkim, ular ham siz bilan birgadir deb o’ylab qo’yaman. Balkim jannat bog’larida birgadirsiz ona. Bilasizmi yaqinda Shahargul yangam ham og’ir kasalligidan bu dunyoni tark etdilar ona. Men ham bu haqida yaqinda singlimdan eshitdim. Unga qo’ng’iroq qilsam, azador ekan. Nima bo’ldi desam shu xabarni aytib yig’lab yubordi ona. Yangamga atab “Shahargulim azasi”, “Alvido gulim” - nomli she’rlarimni bitdim. Nima qilay, bu yerdan chiqolmasam ona, dardimni satrlarga to’kdim, yig’ladim boshqa iloj ham topa olmadim. Qattiq qayg’uga cho’mdim ona. Hayolan shu she’rlarim orqali ular bilan rozi-rizolik qildim, kechirim so’radim. Oldilariga hol-ahvol so’rab borolmadim. Aqalli bir kun dardlariga sherik bo’lolmadim. Og’ir betob bo’lib yotgan kezlarida ham bu g’amxonada edim. Endi yaqinda ozodlikga chiqib, borib ko’raman deganimda, ularning joni uzildi degan shum xabarni eshitdim ona. O’z-o’zimni koyidim ham yig’lab ranjidim ham lekin foydasi yo’q.
Yashash bilan bog’liq xotiralarim hanuz esimda, ular bir umr yuragimga muhrlanib qoladilar. Axmad tog’amlarga, nasiba singlimizga, Hasan-Husan kelinlarga qiyin bo’ldi-da. Yangamni joyi jannatlarda bo’lsin deb duolar o’qiyapman ular uchun ham ona. Ona o’zingiz bilasiz ularning hayotida ham qancha voqealar yuz bermadi deysiz. Bolalariga xuddi sizga o’xshab ham mehribon ona, ham fidoiy ustoz edi. Biroq ular ham xuddi sizga o’xshab sabrlilik bilan hayot tashvishlariga chidab keldilar. Turmushining achchiq mushtlarini ko’rdilar, hayot ularni ham chinakam tobladi. Ustoz maqomiga yetdilar. Qo’llaridan qanchadan-qancha shogirdlarni chiqardilar, o’zlaridan yaxshi nom qoldirdilar. Oilasi va farzandlari uchun suv kelsa simirdi, tosh kelsa kemirdi. Asaliga ham, turmushning mushtiga ham chidadilar. Ona hali ular juda ham yosh edi. Endigina 61-bahorni qarshi olgan edilar. Akam bilan esingizda bo’lsa, teppa-tenglar. O’g’lingiz va keliningiz ham bu xabarni eshitib, chuqur qayg’uga botishgan bo’lsalar kerak ona. Bu gaplarni sizdan yashirolmayman. Hayot insonni juda ham tez ulg’aytirar va chinakam toblar ekan. Hayot sinovlari meni hali o’yinqaroq bolaligimdayoq ulg’aytirgan ekan. O’sha kezlarimiz esingizdami siz bilan tut yaproqlarini sipirardik, paxta dalalaridan pechak o’tlat terardik, ko’sanlar yulardik, ko’l qamishlaridan qamish o’rib uyga olib kelib sigirimizga yedirardik. U bo’lsa og’zi ko’kka tegishi bilan chelakchelak sut berardi. Siz esa sigirni sog’ib, uning sutidan bizga pishirib berardingiz ona. O’sha kezlari biz farzandlaringizni o’qimishli qilaman deb, o’zingizni o’tga, suvga urdingiz, qildingiz ham. Mana hamma bolalaringiz, nevaralaringiz, hatto kelinlaringiz ham sizlarning ortingizdan borib ota kasbini tanlashdi ona. Orzularingizni ro’yobga ham chiqardingiz. Hamma bolalaringiz oily ma’lumotli bo’lishdi. O’sha kunlarni ham o’z ko’zingiz bilan ko’rdingiz ona.
Ona men gohida hayolan siz bilan hamsuhbat bo’laman sizga oilamiz haqida aytib turaman keyin yozgan she’r va hikoyalarim haqida gapiraman, ba’zilarini o’qib ham beraman. Sizga atab yozgan she’rlarimni gohida yoddan pichirlab o’qib yuraman ona. Sizni aniq tasavvur qilishga ko’p urinaman. Bu o’y, hayollar esa hardoyim meni yaxshilikka yetaklaydi. Shu kezda meni ijodga undaydi. Ona men yana bu uchun yoddan o’tgan ota-bobolarimizga, momolarimiz, amma-yu xolalarimga duolar o’qib, ularni eslab, xotirlab turaman. Sizning bosib o’tgan hayotingizni ayrim jihatlari ularga borib taqalagani sabab, men ular haqidayam kitoblarimga keltirib yozdim. Ularning nurli hayot yo’llarida hayolan kezaman, ularning savobli qilgan ishlaridan o’zimga andoza olaman.
Ona hozir qizingiz sizga atab kitob yozmoqda. Ushbu kitobimni sizni sog’inganimdan, unsiz faryodlar-u, ko’zimdan oqayotgan mungli yoshlarim bilan bitayabman. Mening sog’inchlarim va armonlarimni esa chek chegarasi yo’q. Men sizning oldingizda gunohkorman oyi. Eshitayapsizmi gunohkorman.
Mening dardim minglab kitobxonlarga ularning yurak-yuragiga borib yetguvchi, ular mendagi og’riqni his qiladigan, bu kitoblarimni o’qiganlarida, o’z dardlarini ham sezib, bilib borishlarini ularga yetkazish eshityapsizmi ona. Toki mening bu qismatim ularda ham takrorlanmasin deyman. Insonlar bir-birlari uchun kech bo’lmasidan g’animat ekanligini tushunsin keyin yuragi to’la armon bilan menga o’xshab yashashmasin deyman. Ona rozi-xudo rozi degan aqidaga quloq solishlarini xohlayman Ona. Ota-ona Allohim dargohiga mag’rifat bo’layotgan jon talvasasida yotganida yonlarida bo’lib yuzlarini silashsin, bag’riga bosib to’yib-to’yib yig’lashsin deyman. Keyin kech bo’lishi mumkin. Judayam kech ona. Men unsiz bu faryodlarimni oq qog’ozga tushurishimga ichimdan
Yüklə 96,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin