14-QADAM ISHGA JOYLASH. ISH BERUVCHI BILAN SUHBAT. Siz ish beruvchingiz bilan uchrashmoqchimisiz? Bu vaziyatda o`zingizga ishonmaslik va xavotir tushishingiz bu tabiiy holat hisoblanadi. O`zingizni qo`lga oling! Ish beruvchi bilan yakkama-yakka muloqot ko`plab afzalliklar beradi ya’ni bu sizga suhbatdoshni sizga nisbatan qiziqishsini orttiradi, o`zingizni taklif qilingan ish uchun eng munosib nomzod sifatida koʻrsatishga imkon beradi. Muvaffaqiyatli suhbatga oldindan yaxshilab tayyorgarlik koʻrish kerak.
Shunday qilib, ish beruvchi bilan uchrashuv: Bosqichma-bosqich.
Hech qachon uchrashuvni muvaffaqiyatsiz boʻladi deb o`ylamang.
Uchrashuvga borishdan oldin ijobiy qaror kuting. Siz ularni o`zingizga ishontirishingiz mumkinligini unutmang - bu sizning qo`lingizda.
Oʻzingiz istagan maqsadni aniqlab oling va e'tiboringizni aynan shunga qarating.
Asosiy maqsad ish beruvchini o‘zingizga jalb qilish, ularga o‘zingizni kerakli ishchi sifatida ko‘rsata olishdir.
Birinchi taassurotlarning ahamiyatli ekanligini unutmang. Soch turmagingiz va libosingiz haqida oʻylab koʻring. Yodingizda boʻlsin! Odamning tashqi koʻrinishi faqatgina kiyim, poyabzal yoki sochlar bilan bogʻliq emas. Bazan o`ta kamtar kiyingan odamlar o`zlariga bo`lgan ishonchni ko`rsata oladi. Uchrashuvda har bir odam bilan muloyim va doʻstona munosabatda boʻling
Suhbatingiz boshlanishidan 15 daqiqa oldin kelishga harakat qiling. Buning uchun yetib borishga ketadigan vaqtni oldindan hisoblab chiqing. Agarda siz kechiksangiz, qoʻngʻiroq qiling va kechikayotganingiz haqida albatta xabar bering. Kech kelgan boʻlsangiz, kechirim soʻrab, sababini qisqacha aytib bering.
Sizning malakangiz, ma'lumotingiz, qoʻshimcha bilim va koʻnikmalaringizni tasdiqlovchi hujjatlarni olib keling va zarur hollarda, ularni koʻrsating.
Suhbatda sizning savollaringiz va javoblaringizning asosiy yoʻnalishi ish haqqi to`g`risida emas balki, ishning mazmuni to`g`risida boʻlishi kerak. Ularning ishonchiga kirish maqsadida bu ishga kirish uchun qiziqishlaringiz yuqori ekanligini namoyon qiling.
Suhbat davomida ish beruvchi nafaqat ish to`g`risida ma'lumot olishni, balki sizning qanday odam ekanligingizni tushunishni ham xohlashini esdan chiqarmang. Koʻpincha nomzod haqida fikrlar sizni ishga qabul qilinishingizga xizmat qiladi.
Ish beruvchingiz bilan suhbatingizni oldindan mashq qiling. Sizga berilishi mumkin boʻlgan savollar va ularga javoblar haqida oʻylab koʻring.