Kasbim-kelajagim


-QADAM SUHBATGA TAYYORGARLIK



Yüklə 125,25 Kb.
səhifə18/22
tarix23.05.2022
ölçüsü125,25 Kb.
#59106
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
10-11-sinf Kasbim kelajagim mashg\'ulotlari

15-QADAM
SUHBATGA TAYYORGARLIK
Jumlalarni davom eting.
1. Menga koʻproq yoqqan soha ____________________________________________________________________
2. Mening shu sohadagi qiziqishlarim ____________________________________________________________________
3. Kasbimda men uchun eng muhim narsa ... ____________________________________________________________________
4. Men quyidagi ish bilan shugʻullanmoqchiman ... ____________________________________________________________________
5. Qaror qabul qilsam, albatta ... Dan maslahat soʻrayman.
____________________________________________________________________

Agar Siz oʻzingizning qiziqishlaringiz, imkoniyatlaringiz va xarakter xususiyatlaringizga mos keladigan kasbni tanlab olgan boʻlsangiz, demak siz professional muvaffaqiyatga erishasiz.


Bugungi kunda odamlar ish izlashda koʻproq mehnat birjasi xizmatlaridan foydalanmoqdalar.
Yashayotgan joyingizda qanday boʻsh ish oʻrinlari borligini bilib oling va sizning imkoniyatlaringizni oʻylab koʻring, eng muhimi, ish beruvchi sizning nomzodingiz bilan qiziqishi uchun harakat qiling.
ISH BERUVCHI BILAN UCHRASHUV” ESLATMA.
Har qanday savolga javob berish uchun maslahatlar:
1. Toʻgʻri oʻtirib oling. Suhbatdoshga nafaqat yuz bilan, balki butun vujud bilan oʻgirilib oʻtirish kerak. Buning uchun stulni siljitish kerak boʻlsa, ikkilanmang.
2. Koʻz bilan aloqani saqlang. Savolni tinglayotganda, suhbatdoshning yuziga diqqat bilan qarang. Shu tarzda siz savolni yaxshiroq tushunasiz. Javob berayotganda pastga, yon tomonga yoki shiftga qaramaslikka harakat qiling.
3. Savolni toʻxtatmasdan oxirigacha tinglang. Muammoga e'tibor va qiziqish bildirishga harakat qiling.
4. Savolni tushunganingizga amin boʻlsangiz, javob berishni boshlang. Ba'zida intervyu oluvchi savolni uzoq vaqt va oʻziga xos boʻlmagan tarzda tuzadi. Bunday vaziyatda soʻrash yaxshidir: Men sizni toʻgʻri tushundimmi? Bunday holatlarda suhbatdosh savolni aniqlab beradi va shu bilan sizga toʻgʻri javob berishga yordam beradi.
5. Uzoq gapirmang. 2-3 daqiqa - bu maksimal javob berish vaqti. Agar savol qiyin boʻlsa, unda javobingizda eng muhim boʻlgan asosiy ma'lumotlarni keltiring.
6. Savolning mohiyatidan chetga chiqmang. Savol shunday boʻlsa ham, sizning javobingiz qisqa boʻlsin, uyalmang. Gapirishdan oldin, suhbatdoshingizning qiziqishini bilib oling.
7. Sabrli boʻling.
8. Juda sekin yoki juda baland ovozda gapirmang.



Yüklə 125,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin