Kasbiy faoliyat psixologiyasi


«SHAXS KARTASINI» TO‘LDIRISH UCHUN MO‘LJALLANGAN



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

«SHAXS KARTASINI» TO‘LDIRISH UCHUN MO‘LJALLANGAN
KO‘RSATMALAR BAYONI 
 
Qaydnomadagi birinchidan to‘rtinchi savolgacha tushuntirish va baho 
qo‘yish
 
talab qilinmaydi. 
5.
Sog`lig`ini
 
baholash
: 5-«a‘lo» darajada; 4-sog`lig‘i
 
asosan bezovta qilmaydi; 3-
ba‘zan tez o`tadigan kasalliklarga chalinib turadi; 2-ishlash va o`qish qobiliyatiga 
ayrim asoratli kasalliklar ta‘sir qiladi; 1-asoratli kasalliklari ko`p va ular ishlash 
qobiliyatiga katta salbiy ta‘sir qiladi. 
6. Jismoniy chiniqish va unga munosabati quyidagicha baholanadi:
5- sport 
bilan muntazam shug`ullanadi, «razryadi» ham bor; 4-bola sport bilan muntazam 
bo`lmasada, qiziqish bilan shug‘ullanadi; 3-faqat ertalabki badantarbiya bilan 
shug‘ullanadi; 2-sport bilan juda kam shug`ullanadi; 1-sport bilan mutlaqo 
shug`ullanmaydi. 
7.
Oila sharoiti: 
5-har tomonlama barkamol; 4-barkamol, lekin hamisha ham 
qoniqtirmaydi; 3-mavhum,
aniq aytish qiyin (yaxshi ham deb bo`lmaydi, yomon 
ham); 2-tarbiyaviy iqlim o`rtacha, ko`ngilsiz holatlar uchrab turadi; 1-salbiy 
vaziyatlar juda ko`p uchraydi va bola tarbiyasiga salbiy ta‘sir qila boradi. 
8. Sinf jamoasi yoki tengdoshlari orasida tutgan o`rni
: 5-sinfda eng yaxshi 
obro‘ga ega. Hamma tengdoshlari uni hurmat qiladi. Sinfda ijobiy lider 
hisoblanadi; 4-tengdoshlari orasida yaxshi obro‘ga ega; 3-jamoada o`rtacha 
mavqega ega; 2-ba‘zi tengdoshlari bilan hamisha janjallashib yuradi; 1-ko`pchilik 
tengdoshlari bilan til topisha olmaydi. 
9. Qobiliyatlarning namoyon bo`lishi
. Shaxsning muayyan faoliyatini
muvaffaqiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning 
shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deyiladi. Kishi qobiliyatlari ikkita 
asosiy turga: maxsus qobiliyatlar va umumiy qobiliyatlarga bo`linadi

Kasbiy
faoliyatning faqat ayrim turlarida (masalan, musiqa, matematika, sport va 
boshqalar) namoyon bo`ladigan qobiliyatlarni maxsus qobiliyatlar deb ataydilar. 
Intellektual qobiliyatlar (ziyraklik va topqirlik diqqatning taqsimlanishini, biror
mavzuni tez esda qoldirish, aqlning o`tkirligi va boshqalar) umumiy qobiliyatlarga 
misol bo‘la oladi. 
O`quvchida mazkur sifatlarning bor-yo`qligi va qay darajada namoyon 
bo`lishiga qarab ko`rsatilgan har bir yo`nalishga (9.1dan 9.9 gacha) quyidagicha 
baho berish mumkin: 
5- mazkur sohaga oid qobiliyatlarning yaqqol namoyon bo`lishi; 
4- qobiliyatlarning qisman bo‘lsada ifodalanishi bilan boshqalardan ajralib turishi; 
3- mazkur sohaga oid qiziqish, ko‘nikma va malakalarning namoyon bo`lishi; 
2- qobiliyatning yo`qligi, malakalarning yetarli emasligi; 
1- mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyatsizlik va qiziqishlarning yo‘qligi. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin