Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

12.5. Ijodiy xayol:
5-xayolini boshqara oladi. Tafakkur orqali yangi-yangi obrazlarni o‘ylab topadi, 
mavhum narsalardan aniq narsalarni keltirib chiqaradi. Ayrim fantaziyalardan 
kichik kashfiyotlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aktiv va tasavvur xayoli kuchli; 
4- mustaqil ravishda yangi obrazlar yarata oladi; 
3- aktiv va passiv (shirin) xayol turlari tez-tez almashinib turadi
2-xayolidagi salbiy illatlarni boshqara olmaydi; 1- real hayot va real 
imkoniyatlariga to‘g‘ri kelmaydigan xayollarga juda ko`p beriladi 
13.
Shaxs tuzilishining biologik asosi
Shaxs tuzilishining biologik asosi, avvalo, oliy asab faoliyatining o`ziga xos 
sifatlari «kuchi», «harakatchanligi» va «muvozanatlashganligi» bilan bevosita 
bog‘liqdir. I.P.Pavlov o`zining ko`p yillik tadqiqotlarida buni har tomonlama 
asoslab bergan. Demak, o`quvchilarning xulq-atvori, qabul qilishi, odamlarga 
munosabati va o‘quv topshiriqlarini qay darajada bajara olishi ko`p jihatdan 
ularning asab tuzilishi sifatiga, aniqrog`i yuqorida aytilgan uchta sifatning (kuchi, 
harakatchanligi va muvozanatlashganligi) shakllanganlik darajasiga ham bog‘liq 
ekan. O‘qituvchi esa, o`z о`quvchilaridagi bunday o`ziga xos sifatlarni bilish va 
shu asosda ish tutishi lozim. 
13.1. Asab jarayonlari xususiyatlarining kuchiga, 
ya‘ni asab sistemasining 
kuchli qo`zg‘ovchilariga chegaradan
 
tashqari tormozlanishga uchramasdan, uzoq 
vaqt bardosh bera olish qobiliyati kiradi. Qat‘iy va uzoq vaqt davom etadigan 
qo`zgalish jarayoni hosil qiladigan qo`zg‘ovchilar kuchli qo`zg‘ovchilar deyiladi. 
Bunda inson narsa va hodisalarni tez qabul qila oladi va uzoq muddatda ular 
haqida chuqur fikrlay oladi, tegishli xulosalar chiqarishga qodir. Ushbu holat 
yorqin va hamisha namoyon bo‘lib turadigan kishilarga eng yuqori ball - 5 ball 
yoki 4 ball hisoblanadi. Asab faoliyati qo`zg‘alishining o`rtacha darajasiga 3 ball, 
nisbatan past darajada bo`lishiga esa 2 yoki 1 ball qo`yilishi mumkin. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin