46
mashinalarning soz va nosozligidan shovqinni, tovushlar signali ratsiyasi va
boshqalarni ob‘ektiv qayd etish imkonini beradi. Ilg‗or
kasb hunar-texnika bilim
yurtida paydo bo‗la boshlagan stanok laboratoriyada bunday ob‘ektiv qayd etishlar
mehnat jarayonlarini samaralirok o‗rgatish uchun hilma - hil mehnat
operatsiyalarini o‗rgatish imkonini beradi. Usta o‗z faoliyati mahsulidan yaratgan
buyumlar ma‘lum tayyorlangan mahsulot uning ko‗polligini
ham, ishga
sovuqqonlik bilan qarashni ham, ehtiyotsizligi, ishidagi xato va barqarorlikni ham
ko‗rsatadi. Tayyorlangan buyumga qarab kishining qobiliyati funksiyasizligi va
mazkur ishga mutlaqo layoqatsizligi bo‗lishi mumkin. Agar buyumlarning soni va
sifati ish kunining ayrim qismlariga ko‗ra tahlil qilinsa, ishga kirishishi cho‗zilib
ketganini, eng serunum davrni va yaxshi mehnat rejimi
haqida xulosaga kelishi
mumkin. Xato harakatlar tahlilining samaradorligi "Buzilmaydigan qonuniyat
ko‗rinmasligi mumkin, ammo qonunning buzilishi uchun namoyon bo‗lishiga
yordam beradi"- deb ta‘riflagan qonun bilan belgilanadi. Misol: normal holda
ko‗rinmaydigan narsa potologiyada yaxshiroq namoyon bo‗ladi. Xato harakatlar -
bu o‗ziga xos" faoliyat patologiyasidir". Mehnatdagi xatolar ularning xarakteri
barqarorligi va takrorlanishi uddalay olmaydigan harakatlarni bajarish
qobiliyatining, bor-yo‗qligini, bu harakatlarni to‗g‗ri
bajarish qobiliyatining
yo‗qligini, e‘tibor bo‗lmaslikni, sovuqqonlik yoki ehtiyotsizlikni, o‗z-o‗zini bo‗sh
nazorat qilganligini, tez toliqish yoki psixologik holat va hokazolarni ko‗rsatadi.
O‗quvchilar xatolarining tekshirilishini hisobga olish malaka, ko‗nikma va
mahoratning shakllanish jarayonini, bu asosda esa,
mashqlar samaradorligini
baholash imkonini beradi. Xato harakatlarning sabalarini aniqlash va bartaraf etish
kasb hunar texnika ta‘limi metodikasini, mehnat sharoiti va rejimini
takomillashtirish, shu bilan birga mehnat faoliyatining unumdorligi va sifatini
oshirish imkonini yaratadi. Bu metod shuning uchun ham zarurki,
mustahkam
malakaga ega bo‗lgan tajribali ishchi faoliyat jarayonida normal ish sharoitida bu
avtomatlashtirilgan harakat qanday amalga oshirilayotgan harakat sezmaydi,
shuning uchun ham ularni tahlil qilish tushuntirish mumkin emas, chetdan
kuzatayotgan kishi esa, o‗rganilayotgan harakatning psixologik sturkturasini topish
47
imkoniyatiga hamisha ham ega bo‗lavermaydi. Malakalar
avtomat harakatini
buzish, ishlayotgan va ular harakatini kuzatayotgan kishiga sezilmagan narsalarni
ochadi.
Dostları ilə paylaş: