8
psixologiyaning fan sifatidagi vazifalari, yoshlarning ma’naviyatini shakllantirish,
ta’lim-tarbiyanin roli. kasbiy psixologiyaning tutgan o’rni.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga
kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon
yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy
olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi.
Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.
Inson psixikasi moddiy va ma‘naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli
yaratuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik
rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi.
Xo‘sh, psixika nima?
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi
(xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq
manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishidir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va
kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan faoliyat va xatti-
harakatlarni boshqarishdir
1
.
Uning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi psixik
(bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayo`l, nutq va diqqat),
psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e‘tiqodlilik, bardamlik, tetiklik,
qiziquvchanlik,
hayratlanish,
ishonchlilik,
ijodiy
ruhlanish),
shaxsning
xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy
salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas‘uliyat) da kuzatiladi.
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari,
shuningdek, insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining
hilma-hil
ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan.
Psixologiya yunoncha «psixologos» so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh»
haqidagi fan, ta‘limot degan ma‘noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon»
tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. Chunki lingvistik
1
Qarang:
Dostları ilə paylaş: