11
Kasbiy
faoliyat psixologiyasi
fani
kasb doirasidagi munosabatlar,
odamlarning psixik faoliyatini boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini
o‘rganuvchi fandir. Bunda kasb egalarining psixologik asoslarini o‘rganish
maqsad
qilib qo‘yilgan.
Kasbiy
faoliyat psixologiyasi
fanining maqsadi
–
kasb egalari
faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro
munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va
malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Shu ma‘noda, kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining metodologik asosini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari,
faylasuf-allomalarning kasb
psixologiyasi faniga oid g‘oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari,
OvaO`MTVning buyruq va ko‘rsatmalari tashkil etadi.
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining predmetini quyidagilar tashkil etadi:
-
kasb egalari psixikasini har tomonlama o‘rganishdan hosil bo‘lgan
bilimlar;
-
kasb egalarining ongi, ruhiyati, onglilik va
ongsizlik holatidan hosil
bo‘lgan xulosalar;
-
kasb egasi shaxsining to`zilishi, uning faoliyati va faolligini o‘rganish
orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar.
Barcha fanlar singari kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining ham o‘z obyekti
mavjud, ular quyidagilardan iborat:
-
kasb egalarining psixologiyasi;
-
fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari;
-
shaxsning to`zilishi;
-
shaxsning faoliyati;
-
shaxsning faolligi va uning shakllari.
Shunday qilib, kasbiy faoliyat psixologiyasi kasb egalari xodimlari
faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
12
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fani ham ma‘lum bir psixologik qonuniyatlarni
o‘rganadi va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Psixologik qonuniyat
u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va
rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning ichki bog‘liqligidan iboratdir.
Bunday
psixologik qonuniyatlardan biri ma‘lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning
takror namoyon bo‘lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish - muayyan psixik
hodisani tushunish, oldindan ko‘ra olish va ularni qayta tiklash imkonini beradi.
Shuningdek, ichki ishlar idoralari xodimlariga fuqarolarning
ruhiy faoliyatlari
umumiy xususiyatlarini chamalab ko‘rishga, fikr yuritish va xulq-atvorlarini
belgilashga, ayniqsa, jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil
qilishda xatoga yo‘l qo‘ymasliklarida yordam beradi. Har bir xodim shaxsning
individual
xususiyatlarini, sof tasodifiy holatlarni keltirib chiqaradigan boshqa
narsalarni hamisha o‘rganib borishi va hisobga olishi shart. Psixologik
qonuniyatlar umumiy va jo`z‘iy bo‘lishi mumkin. Umumiy qonuniyatlar
hamma
shaxslarga yoki ko‘pchilikka aloqador bo‘lishi mumkin. Masalan, hamma
shaxslarda sezgilarning intensivligi (tez, jadal) qo‘zg‘atuvchining kuchiga nisbatan
(o‘rtacha kuchiga nisbatan) logarifma mutanosibligida o‘sib boradi.
Juz‘iy qonuniyatlar ba‘zi yoshdagi kasb egalari va ba‘zi toifadagi shaxslarga
xos qonuniyatlardir. Masalan, o‘smirlarda abstrakt fikrlashning tezlik bilan
rivojlanishi hamma shaxslarga emas, faqat o‘smirlarga xos bo‘lgan jo`z‘iy
qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o‘ylab tashkil qilingan hamda rejali
ravishda olib boriladigan tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik
murakkab bo‘lishidan qat‘iy nazar, ko‘pgina psixologik
tekshirishlar mutaxassis
uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin.
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba‘zi asosiy bosqichlarga ham bo‘lish
mumkin.
1.
Dostları ilə paylaş: