Kasbiy faoliyat psixologiyasi



Yüklə 73,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/118
tarix20.11.2023
ölçüsü73,25 Kb.
#166442
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118
Kasbiy faol psix Darslik

 
tabiiy fanlar.
 
Hozirgi vaqtda kasbiy psixologiya o‘zining alohida predmetiga, o‘zining 
maxsus vazifalariga va o‘zining maxsus tekshirish metodlariga ega. Kasbiy 
psixologiya sohasiga taalluqli bir qancha psixologik tashkilotlar, o‘quv yurtlari, 
nashriyotlar mavjud. Kasbiy psixologlarning ilmiy assosiatsiyalari, psixologlar 
jamiyatlari ish ko‘rmoqda. Psixologik muammolar bo‘yicha respublikamizda va 
xalqaro konferentsiyalar, kongresslar yig‘ilib turibdi. Psixologiya fanini, uning 
ilmiy va amaliy ahamiyatini hozirgi kunda hamma tan olmoqda. Ma‘lumki, 
psixologiya fani XX asrda falsafa fani tarkibidan mustaqil fan sifatida ajralib 


19 
chiqdi. O‘z-o‘zidan ravshanki bu bilan psixologiya falsafadan chetda qolib, undan 
butunlay uzoqlashgani yo‘q. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosini 
falsafadagi ilmiy-falsafiy tasavvurlar, turli falsafiy qarashlar tashkil qiladi. Shu 
bilan birga psixologiya sohasida erishilayotgan ilmiy va amaliy yutuqlar o‘z 
navbatida falsafa fanini, falsafiy amaliyot va nazariyani boyitadi. 
Kasbiy psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik 
mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi, uning shu 
yo‗nalishdagi muammolarni ma‘lum ma‘noda o‗rganadigan barcha fanlar bilan 
bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi novbatda ijtimoiy-gumanitar fan 
sohalari bo‗lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‗ziga xos va yetakchidir. 
1.
Falsafa
va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy 
falsafa qismi bilan bo‗lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti 
mohiyatini to‗la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o‗rni 
va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining 
rivojlanishiga oid bo‗lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni kasbiy psixologiya 
falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‗zi ham inson ongi va tafakkuri 
qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma‘lumotlarga ega bo‗lishiga 
yordam beradi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy 
ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlashda ham 
yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va kasbiy psixologiyaning hamkorligi 
bevosita sezilmoqda. Bu bog‗liqlik, avvalo, yangicha tafakkur va dunyoqarashni 
shakllantirish muammosi ko`ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va 
milliy g‗oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda. 
2. 
Sotsiologiya 
fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‗z 
taraqqiyotining muhim bosqichiga o‗tgan ekan, kasbiy psixologiya ushbu fan 
erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‗lami kengayishiga baholi 
qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, 
bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan kasbiy
psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‗lib, ular jamiyatda ijtimoiy 
taraqqiyot va progressni ta‘minlash ishiga xizmat qiladi. Qolaversa, xuquqiy, 


20 
demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan 
O‗zbekiston aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o‗zgarishlarga 
psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta‘minlash, bu sohada muntazam tarzda 
ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi o‗zgarishlarni o‗z vaqtida o‗rganish, 
bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar 
metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 73,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin