19
chiqdi. O‘z-o‘zidan ravshanki bu bilan psixologiya falsafadan chetda qolib, undan
butunlay uzoqlashgani yo‘q. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosini
falsafadagi
ilmiy-falsafiy tasavvurlar, turli falsafiy qarashlar tashkil qiladi. Shu
bilan birga psixologiya sohasida erishilayotgan ilmiy va amaliy yutuqlar o‘z
navbatida falsafa fanini, falsafiy amaliyot va nazariyani boyitadi.
Kasbiy psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik
mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib,
inson omiliga aloqadorligi, uning shu
yo‗nalishdagi muammolarni ma‘lum ma‘noda o‗rganadigan barcha fanlar bilan
bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi novbatda ijtimoiy-gumanitar fan
sohalari bo‗lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‗ziga xos va yetakchidir.
1.
Falsafa
va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy
falsafa qismi bilan bo‗lgan aloqa bu ikkala fanning
inson va uning hayoti
mohiyatini to‗la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o‗rni
va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining
rivojlanishiga oid bo‗lgan umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni kasbiy psixologiya
falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o‗zi ham inson ongi va tafakkuri
qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma‘lumotlarga ega bo‗lishiga
yordam beradi. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik mafkurasi va milliy
ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy
qonuniyatlarni izlashda ham
yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va kasbiy psixologiyaning hamkorligi
bevosita sezilmoqda. Bu bog‗liqlik, avvalo, yangicha tafakkur va dunyoqarashni
shakllantirish muammosi ko`ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va
milliy g‗oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.
2.
Sotsiologiya
fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‗z
taraqqiyotining muhim bosqichiga o‗tgan ekan, kasbiy
psixologiya ushbu fan
erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‗lami kengayishiga baholi
qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan,
bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan kasbiy
psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‗lib, ular jamiyatda ijtimoiy
taraqqiyot va progressni ta‘minlash ishiga xizmat qiladi.
Qolaversa, xuquqiy,
20
demokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan
O‗zbekiston aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o‗zgarishlarga
psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta‘minlash, bu sohada muntazam tarzda
ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi o‗zgarishlarni o‗z vaqtida o‗rganish,
bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar
metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: