13
o‘rganishdan boshlanadi.
2.
Tekshirish metodikasini tanlash.
Psixologik kuzatishlar turli metodlar (bu
metodlar haqida quyida batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning
muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p jihatdan metodni tanlashga bog‘liq bo‘ladi.
3.
Aniq ma’lumotlarni to’plash.
Ma‘lumotlar, I. P. Pavlov ta‘biri bilan
aytganda, olim uchun go‘yo havodek zarur narsadir. To‘plangan ma‘lumotlar
o‘rganilayotgan muammoga mos kelishi zarur. Ilmiy ma‘lumotlarga bo‘lgan asosiy
talab - ularning to‘liq va izchil bo‘lishidir. To‘plangan ma‘lumotlar
o‘rganilayotgan masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak.
4.
Aniq ma’lumotlarni ishlash.
To‘plangan ma‘lumotlarni matematik va
mantiqiy jihatdan ishlab chiqish umumiylikni, tipiklikni
topish va ularni tasodifiy
materiallardan ajratish imkonini beradi. Bunda to‘plangan materiallarning o‘rtacha
miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va boshqalar aniqlanadi, songa oid
ma‘lumotlar jadvallarga joylashtiriladi, grafik, diagramma ko‘rinishlarida aks
ettiriladi. Murakkab mutanosiblikdagi ma‘lumotlarni aniqlashda esa variatsion
statistika metodlari qo‘llanadi.
5.
Qonuniyatning ifodalanishi.
Bu tekshirishning eng qiyin va mas‘uliyatli
bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda ma‘lumotlarning
mohiyatini chuqur
tushunish, ularning o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish kerak bo‘ladi, binobarin, bitta
ma‘lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko‘pincha chiqarilgan xulosalar
taxminiy xususiyatga ega bo‘lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos
bo‘ladi.
6.Qonuniyatni amalda qo’llash.
Aniqlangan qonuniyat ma‘lum bir amaliyot
sohasida, masalan, tergov jarayonida gumon qilinuvchini so‘roq qilish
psixologiyasini o‘rganishdan to‘plangan tajriba keyingi
tergov jarayoni uchun
kerak bo‘ladi. Ko‘pgina xodimlar amaliy faoliyatlarida hamisha shaxsiy hamda
boshqalarning tajribalarini umumlashtiradilar. Lekin, shunday bo‘lsa ham, har
holda bunday umumlashtirishlar ilmiy jihatdan yetarli asoslangan bo‘lmaydi,
boshqacha qilib aytganda muhim aniqlik va teranlik bilan ajralib turmaydi.
Kasbiy faoliyat psixologiyasi fani o‘rganishi kerak bo‘lgan qonuniyatlarni
14
quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
1)
shaxs va mexnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan psixik
qonuniyatlar;
2)
soha egasining psixikasini o‘rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar;
3)
kasb egalariga har hil sabablar bilan murojaat qiladigan fuqarolarning
psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan psixologik qonuniyatlar.
Hozirgi kunda o‘zbek psixolog olimlari ushbu
muammolar ustida ilmiy
izlanishlar olib bormoqdalar.
Kasbiy faoliyat psixologiyasining o‘ziga xos prinsiplari mavjud. Har qanday
usulda o‘tkaziladigan psixologik tekshirishlar qator prinsiplarga rioya qilishni talab
etadi. Masalan: subyektiv (psixologik) asosga nisbatan obyektiv (moddiy) asosning
birlamchiligi, psixikaning taraqqiyotida faoliyatning yetakchilik roli, psixik
hodisalarning o‘ziga xos bog‘liqligi prinsipi, psixologik faoliyatni o‘rganishda
obyektivlik prinsipi, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi prinsipi.
Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asosning birlamchiligi prinsipi
psixika
moddiy bo‘lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay olmasligidan kelib chiqadi.
Shaxsni o‘rganishda biz psixik faoliyatning ko‘plab tashqi ko‘rinishlariga duch
kelamiz. Ulardan asosiylari:
- og‘zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o‘zi (shaxsiy hisobot
ma‘lumotlari) haqidagi mulohazalari g‘oyat muhim hisoblanadi. Nutq orqali
shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarashlari, intilishlari, bilimi va boshqalar haqida
xulosaga kelish mumkin;
-
shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o‘z qo‘llari
bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar,
turli yasamalar, rasmlar va boshqalar
aniqroq ma‘lumot beradi;
-
psixik faoliyatning tashqi ko‘rinish va tanada namoyon bo‘lishi. Bu ko‘z
qarashining ma‘nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon
aylanishining o‘zgarishi, miya elektr faolligining o‘zgarishi va hokazo.
Shuni ham ta‘kidlab o‘tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi
namoyon bo‘lishigina emas, balki psixikaning o‘zi tashqi namoyon bo‘lishiga
15
qarab ham o‘zgaradi. Masalan, soha egasi ishida xatoga yo‘l qo‘ydi. Ushbu faktni
aniqlashdan avval xatoning sabablarini bilish lozim.
Psixikani tashqi namoyon bo‘lish shakli orqali o‘rganish
vositali bilish
deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o‘rganishning
asosiy metodi sifatida o‘z-o‘zini kuzatish (introspensiya) metodidan foydalanib
kelingan. Biz o‘z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o‘z-
o‘zini kuzatish metodi o‘ta qulay tuyo`ladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir,
chunki o‘z-o‘zini kuzatish ko‘pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash
imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto‘g‘ri ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: