9
nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma‘noni bildiradi. Lekin
«psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma‘noga, ko‘lamga
ega bo‘lib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas
tomonlarini o‘zida aks ettiradi.
Psixologiya
fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning
faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil
qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma‘naviy
borliq. Predmet - moddiy va ma‘naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va
o‘rganiladigan masalalar).
Psixologiya fani:
umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik
psixologiya,
zoopsixologiya,
yosh
davrlari
psixologiyasi,
muhandislik
psixologiyasi, yuridik psixologiya,
harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiyasi,
savdo psixologiyasi, kasbiy faol psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Bunda:
-
umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning
o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus soha hisoblanadi;
-
pedagogik psixologiya kishiga ta‘lim va tarbiya berishning psixologik
qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z
predmeti deb biladi;
-
yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug‘ilganidan to
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro
munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi
tamoyillarini o‘rganadi;
-
ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari
natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e‘tiqodlar, hissiy kechinma
va xulq-atvorlarni o‘rganadi;
-
muhandislik
psixologiyasi
avtomatlashtirilgan
boshqaruv
tizimlari
operatorlarining
faoliyatini,
odam-texnika
o‘rtasida funksiyalarni taqsimlash va
muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi;
-
harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon
bo‘ladigan
xulq-atvorini,
zobitlar
bilan
oddiy
askarlar
o‘rtasidagi
10
munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi;
-
savdo psixologiyasi - jamiyatda tijoratning psixologik shart- sharoitlari,
ehtiyojning
individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat
ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi;
-
tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyati psixologiyasini,
bemor xulq-
atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi;
-
kasbiy faoliyat psixologiyasi turli soha egalari psixologiyasini, kasb egalari
xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi.
Shuningdek, psixologiyada etnospixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi,
boshqaruv
psixologiyasi,
shaxs
psixologiyasi,
sport
psixologiyasi,
psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi ko‘plab sohalar mavjudki,
ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning
fan sifatidagi o‘rni va maqsadidan kelib chiqadi
2
.
Xo‘sh, kasbiy faoliyat psixologiyasi fanining bahs mavzui nima?
Kasbiy
faoliyat psixologiyasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, psixologiya fani
tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda
kasbiy psixologiya
o‘ziga xos
predmet
bo‘lib, psixologiyaning nozik tomonlarini qamrab oladi. Ya‘ni
bu fan
psixologiya sohalarining kesishuvida yuzaga keladi. Psixologiya muayyan shaxs,
uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlarini
o‘rganadi. Bundan ko‘rinadiki, har ikkala fanning obyekti va subyekti shaxs, inson
hisoblanadi.
Yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya faoliyat psixologiyasi
psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya‘ni
kasb faoliyatidagi
psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan fan
hisoblanadi.
Kasbiy
faoliyat
psixologiyasi
ilmiy-amaliy
fan bo‘lib, umumiy
psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanning samaradorligini oshirish
uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
2
Qarang:
Dostları ilə paylaş: