Reja: 1.Temperamentning psixologik tavsifi va temperament turlariga psixologik xarakteristika. 2. Xarakter. Xarakter tuzilishi va xususiyatlari. 3. Xarakter tipologiyalari bo’yicha tavsif. 4. Qobiliyatlar va ularning turlari
Shaxsning individual xususiyatlari
Shaxsning individual xususiyatlari
Temperament
Xarakter
Qobiliyat
Temperament – (lot. «temperamentum» - aralashma) inson psixikasining individual jihatdan o`ziga xos, shaxs faoliyati va xulqining dinamik, ya’ni o`zgaruvchan va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi xususiyatlar majmuidir.
safro yunon “chole” shilimshiq yunon “‘hlagma” qon lotin “sangius” qora o`t (yunon - “meliane chole”)
Temperament haqida ta’limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460 – 356 yillarda) tomonidan yaratilgan bo`lib, uning ta’limotiga asosan «temperament” tushunchasi paydo bo`lgan va temperament turlarining nomlari shu kunga qadar saqlanib qolgan. Gippokrat fikricha inson organizmida 4 xil suyuqlik mavjud:
Xarakter - ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tipik xulqatvor usullarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir. (yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg`a»). Xarakter hamisha shaxsning o`ziga xos bo`lgan sifatlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyat sharoitida o`zini qanday tutishini oldindan ko`rish imkonini beradi. Xarakter tug`ma bo`lmaydi. Faqat layoqat nishonlari tug`ma bo`lishi mumkin, ular nerv sistemasining xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. U kishining hayot va faoliyat sharoitlariga bog`liq holda tarkib topib, o`zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir. Maxsus sharoitda ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xususiyatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xususiyatlarini shakllantirish mumkin.
Munosabatlarning xarakterdagi o`rni xususida V.S.Merlin ularning mazmunida ikki komponentini ajaratadi:
Psixologiyada xarakterning quyidagi tizimi e’tirof etiladi:
- mehnat faoliyatida namoyon bo`ladigan xarakterologik xususiyatlar - mehnatsevarlik, mehnatkashlik, tashabbuskorlik, ishga layoqat, mas’uliyat, dangasalik, qo`nimsizlik va boshqalar; - insonlarga nisbatan bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan xarakterologik sifatlar - odoblilik, mehribonlik, takt, jonsaraklik, muloqotga kirishuvchanlik, altruizm, g`amho`rlik, rahm-shafqat va boshqalar; - o`z-o`ziga munosabatga aloqador xarakterologik sifatlar - kamtarlik, kamsuqumlilik, mag`rurlik, o`ziga bino qo`yish, o`z-o`zini tanqid qilish, ibo, sharmu-hayo, manmansirash va boshqalar; - narsalar va hodisalarga munosabatlarda namoyon bo`ladigan xususiyatlar - tartiblilik, oqillik, saronjom-sarishtalik, qo`li ochiqlik, ziqnalik, tejamkorlik, pokizalik va boshqalar.
Xarakter aktsentuatsiyasining tiplarga bo’linishiGipertem tipDistim tipSikloid tipTa’sirchan tipTo’xtaluvchan tipSinchkov { pedant} tipTashvishli tipJo’shqin tipNamoyishkorona tipEkzaltirlashgan tipEkstraversiv tipIntravertiv tip
Bundan tashqari David G. Mayers bo’yich xarakter tiplarini quyidagilarga ham bo’lib o’rganish mumkin: Boshqaruvchi tip. Bu tip insonlar o‘ziga ishongan va g‘ayratli, ahamiyatsiz sotsial manfaatlarga, agar bular mavjud bo‘lmasa. Ular faol, ammo sotsial rejada emas, ularga boshqalarning baxt-saodati ahamiyatsiz, ular tashqi olam ustidan hukmronlik qilish xos. Asosiy haѐtiy muammolarini ular dushmanlik, antisotsial hal etadilar (jinoyatchilar, narkomanlar, qonunbuzarlar). Oluvchi tip: tashqi olamga tekinxo‘rlik va o‘zining ehtiѐjlarining ko‘p qismini boshqalar hisobiga qondirishga intiluvchi odamlar. Ularda sotsial manfaatlar yo‘q, ular boshqalardan ko‘proq narsa olishga intiladilar. Ularning faolligi yuqori emas, ularning boshqalarga azob- uqubat keltirish ehtimli kamroq. Qochuvchi tip: bu insonlarning sotsial qiziqishlari ,, shaxsiy muammolarni hal etishdagi majburiy faolligi past, ular muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqadilar va haѐtiy muammolarini echishdan qochadilar. Ular qiyinchilik ѐki omadsizlik tug‘diradigan barchasidan qochadilar.
Qochuvchi tip: bu insonlarning sotsial qiziqishlari ,, shaxsiy muammolarni hal etishdagi majburiy faolligi past, ular muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqadilar va haѐtiy muammolarini echishdan qochadilar. Ular qiyinchilik ѐki omadsizlik tug‘diradigan barchasidan qochadilar. Sotsial tip: Bu etuk talabga javob beradigan, sotsial manfaatlar bog‘lab turadi va yuqori faollikka ega. Bu inson boshqa insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatuvchi, ular bilan munosabatga qiziquvchi, insonlarning asosiy haѐtiy muammolarini hal etuvchi muammolarni-ish, sevgi, do‘stlik-hamkorlikni, shaxsiy mardlikni, mas’uliyatni talab etishini biladi va boshqa insonlarning rohat-farog‘atida o‘zining hissasi qo‘shishga tayyor
Qobiliyatlar - shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni, osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishni ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir. Inson qobiliyatlar yordamida bilim, ko`nikma va malakalarini nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo`ladi.