Xvii— XVIII asrlarda ingliz va fransuz mutafakkirlarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi g‘oyalari



Yüklə 38,54 Kb.
səhifə1/6
tarix15.04.2023
ölçüsü38,54 Kb.
#98378
  1   2   3   4   5   6
Yevropa mutafakkirlarinng shaxs va jamiyat haqidagi fikrlari



Mavzu:Yevropa mutafakkirlarinng shaxs va jamiyat haqidagi fikrlari
Reja:

  1. Uyg‘onish davri mutafakkirlarining

inson va jamiyat to'g'risidagi fikrlari

  1. XVII— XVIII asrlarda ingliz va fransuz mutafakkirlarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi g‘oyalari

Uyg'onish davri tafakkuri, mafkurasi va madaniyati uchun insonning ijodiy qobiliyatlarini, aql-idrok, yerdagi baxt-saodatga intilishni tan olish hal qiluvchi tendensiya hisoblanadi. Insonparvarlik g'oyalarining amalga oshirilishi, o'tmish madaniy boyliklari erishgan muvaffaqiyatlarni o'zlashtirib olishni nazarda tutadi. Shuning uchun Uyg'onish davri antik madaniy merosga, qadimiy falsafiy fikrlarni o'zlashtirishga qiziqish uyg'otadi. Bunda Platon va Aristotel, stoiklar, epikurchilar, Sitseron va boshqalar qaytadan, yangidan kashf qilinadi.
Biroq Uyg'onish davri gumanizmini ideallashtirish ham noto'g'ri bo'ladi va undagi ichki ziddiyatlami ham ko'rmaslik mumkin emas. Ular XI1-XV asr tarixiy voqcligi bilan belgilanadi. Masalan, axloqning insonparvarlik g'oyalari ta’lim olishga imkoniyati bo'lgan yuqori tabaqalarga mo'ljallangan edi. Uyg'onish davri g'oyalari asosan shahaming oliy tabaqa vakillari, monastir va cherkovning ilg'or xodimlari tomonidan himoya qilinar edi.
Uyg'onish davri o'z taraqqiyotining ilk bosqichida, ya’ni XIV—XV asrlarda asosan «gumanistik» shaklda Italiyada taraqqiy topdi, XVI-XVII asrlarda esa asosan «tabiiy ilmiy yo'nalish» shaklida boshqa Ycvropa mamlakatlarida rivojlandi.
Dante Aligyeri (1265—1321) o'zining insonparvarlik dunyoqarashini «Ilohiy komediya» asarida aks ettirgan. Unda yaxshilik va yomonlikni tushunishda inson aql-idrokining qudrati ta’kidlanadi, insonning o'z xohish-istagini erkin izhor qilish huquqi tan olinadi.
Inson o'zining baxt-saodati uchun o'zi javobgar, bunda uning boyligi yoki meros qilib olingan mavqeyi emas, balki shaxsiy sifatlari hal qiluvchi rol o'ynaydi. Insoniyatning vazifasi aql-idrok imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, ularni amaliy faoliyatga joriy qilishdan iborat. O'z nuqtayi nazarining siyosiy ma’nosini u «Monarxiya» asarida ishlab chiqadi.
Cherkov «abadiylik» masalalari bilan shug'ullanishi, amaliy hayot, yerdagi ishlar esa kishilarning vazifasi bo'lishi, kishilar intilishlari esa baxt-saodat, tenglikka va umumiy tinchlikka asoslangan jamiyat qurishga sarflanishi lozim.
Franchesko Petrarkani (1304—1374) ko'pincha «birinchi gumanist», «gumanizmning otasi» deb atashadi. U «abadiylik»ni, Dantedan farqli ravishda umuman inkoretadi. Petrarkani ko'proq insonning ichki, axloqiy masalalari qiziqtiradi. «Mening sirim» falsafiy dialogida u insondagi ichki ziddiyatlaming qanchalik murakkabligini ochib beradi va uni yengib o'tish yo'llarini ko'rsatadi. Petrarkaning ijodi realligi, inson xursandchiliklari va azoblarini chuqur tushunishi bilan ajralab turadi.
Piko della Mirandola (1463—1495) bilish amaliy jihatdan ta’sirchan va foydali bo'lishi kerak deydi. Inson taqdirini g'ayritabiiy kuchlar
belgilamavdi, u inson tabiiy erkin faolligining natijasidir. «Insonning qadr- qimmati to‘g‘risida»gi asarida u unson o'ziga xos mikrokosmosdir deydi.
Mirandolaning fikriga ko'ra, inson o'z irodasi, xatti-harakatini ixtiyoriv tanlashi bilan o*z shaxsini yaratish huquqiga ega. Shunday qilib. inson tabialning boshqa jonzotlaridan farq qiladi. Inson o'z baxtining yaratuvchisidir. Piko insonni dunyoning markaziga qo'yadi. Insonning tabiati hayvonot dunyosi tabiatidan jiddiy farq qiladi. u yuqori darajada tashkil topgan va yetukroqdir.

Yüklə 38,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin