Xvii— XVIII asrlarda ingliz va fransuz mutafakkirlarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi g‘oyalari



Yüklə 38,54 Kb.
səhifə6/6
tarix15.04.2023
ölçüsü38,54 Kb.
#98378
1   2   3   4   5   6
Yevropa mutafakkirlarinng shaxs va jamiyat haqidagi fikrlari

Volter (1694-1778) fransuz ma’rifatparvarligining asosiy vakillaridan biri sifatida erkinlik, insonparvarlik va bag'rikenglik (sabr- toqatlilik) talablarini yuqori ko‘tardi. Jamiyatda amal qiluvchi va yo'qotilishi lozim bo'lgan ijtimoiy yovuzliklarning ildizini Volter, eng avvalo, bilimsizlikda (jaholatda), xurofot va irim-chirimlarning kuchli ekanligida deb bildi. Volteming qat’iy ishonchiga ko'ra, diniy fanatizm har qanday erkinlikning asosi bo'lmish so'z va vijdon erkinligini o'z iskanjasiga oladi va halok qiladi. Katolik cherkoviga qarshi mardona kurash olib borsa-da, Volter din va diniylikni inkor etmaydi.
Volter demokratligi bilan ham ajralib turmaydi. Uning fikricha, ma’rifatparvarlik, uning tamoyiUari «tikuvchilar va etikdo'zlarga mo'ljallanmagan». Ilm-ma’rifatni, tafakkurni, fikrlash qobiliyatini yuksak darajada qadrlaydigan bu mutafakkir «qora xalq jiddiy o'ylay boshlasa, barcha narsa o'ldi demakdir», deydi.
O'z asarlarida o'sib kelayotgan buijuaziyaning barcha odamlarning tengligini talab qilishini ifodalagan Volter bu tenglikni siyosiy ma’noda, ya’ni barchaning qonun va huquq oldidagi tengligi ma’nosida tushungan. Ijtimoiy va mulkiy tengsizlik esa, uning fikricha, ijtimoiy barqarorlik va jamiyatning normal rivojlanishi uchun zaruriy asosdir.
Jan Jak Russo (1712-1778) o'z qarashlarida ijtimoiy tengsizlik masalalariga katta ahamiyat beradi. Russo fikricha, dastlabki davrda, ya’ni tabiiy holatda kishilarda xususiy mulk bo'lmagan paytda, barcha erkin va tengdir. Bu holatda ular orasida faqat tabiat ato etgan jismoniy tengsizlik bo'lishi mumkin. Tabiiy tenglikka zid bo'lgan xususiy mulkning va ijtimoiy tengsizlikning dunyoga kelishi bilan boylar va kambag'allar o'rtasida kurash boshlanadi. Bu holatdan chiqish uchun davlat hokimiyati va qonunlar tuzish haqida kelishuv tuzilishi kerak bo'lgan. Ammo bu mulkiy va siyosiy
tengsizlikni vujudga keltirgan. Russo haqiqiy tenglik o'matadigan ijtimoiy shartnoma tuzish taklifi bilan chiqadi. Bu ijtimoiy shartnomaning oqibati, uning fikricha, quyidagicha bo'ladi: «Shartnoma munosabatlariga kirishayotgan alohida odamlar birlashma (assotsiatsiya) tuzishlari natijasida umumiy yig'ilishdagi ovozlar miqdoriga teng bo'lgan shartli Yagona jamoani tashkil qiladilar. Bu Yagonalik umumiy «Men»iga, o'z hayoti va irodasiga ega bo‘ladi. Mazkur yuridik shaxs qachonlardir Fuqarolik jamoasi deb atalgan, hozir esa Respublika yoki Siyosiy organism deb atalmoqda: uning a’zolari mazkur Siyosiy organizmni uning passiv holatida Davlat, faol holatida esa Suveren, boshqa unga o'xshagan hodisalar bilan taqqoslashda esa Mamlakat deb ataydilar. Bunday assosiatsiyaning a’zolari oliy hokimiyatni boshqarishda qatnashuvchilar sifatida umumlashgan holda xalq, alohida holda esa fuqaro deb, davlat qonunlariga bo'ysunuvchilar sifatida esa fuqarolar deb nomlanadilar».
Davlatga o'tilishida, Russo tili bilan aytganda, kishilarning tabiiy hayot tarzini fuqarolik turmush tarziga «almashtirish» yuz beradi. Ijtimoiy shartnomaga ko‘ra, barcha kishilar «kelishuv natijasida va huquq jihatidan teng bo'lib qoladilar».
Xususiy mulkni inkor etmagan holda Russo fuqarolaming mulkiy holatini bir-biriga nisbiy yaqinlashtirishni taklif qiladi, haddan ortiq boylik va hashamlami, boylik va kambag'allikning keskin farqlanishini tanqid qiladi.
Umurnan olganda, ijtimoiy shartnoma, Russoning fikricha, siyosiy organizmga (davlatga) uning a’zolari ustidan cheklanmagan hukmronlikni beradi. Umumiy iroda tomonidan yo'naltiriluvchi ushbu hokimiyatni Russo suveren nomi bilan ataydi. Russoning fikri bo'yicha suverenitet yagonadir va u faqat xalq suvereniteti bo'lishi mumkin. Russo yagona suveren hisoblanmish «xalq» deganda yakobinchilar yoki marksistlar kabi jamiyatning muayyan ijtimoiy qatlamini (kambag'allar, «uchinchi tabaqalar», mehnatkashlar va h. k. kabi jamiyatning past qismini) emas, ijtimoiy shartnomada qatnashuvchi barchani (ya'ni, aholining, millatning katta yoshdagi barcha erkaklarini) ko'zda tutadi. Xalq hokimiyat shaklini o'zgartirish, ijtimoiy shartnomaning o'zini yo'qqa chiqarish va o'ziga tabiiy erkinlikni qaytarish huquqiga ega.
Yüklə 38,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin