Xvii— XVIII asrlarda ingliz va fransuz mutafakkirlarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi g‘oyalari



Yüklə 38,54 Kb.
səhifə5/6
tarix15.04.2023
ölçüsü38,54 Kb.
#98378
1   2   3   4   5   6
Yevropa mutafakkirlarinng shaxs va jamiyat haqidagi fikrlari

Tomas (iohbs (1588—1679). Uning fikricha, kishilar bir-birlari bilan jismoniy va aqliy jihatdan teng yaratilgan, shuning uchun ularning har biri «hamma narsaga egalik qilish» huquqiga ega. Ammo insonda ayni holda shaxsiyatparastlik, ochko'zlikka intiluvchanlik. qo'rquv va shuhratparastlik xususiyatlari ham mavjud. U o'ziga o'xshagan, demak unga raqib bo'lgan, hasadgo'ylar, dushmanlarqurshovidadir. Shu ma’noda «kishi kishiga bo'ri», bundan esa jamiyatda barcha bir-biriga dushman, «barcha barchaga qarshi
urush olib boradi» degan xulosa chiqadi. «Hamma narsaga haqqi borlik» ana shunday o'zaro urush vaziyatida amalda hech narsaga huquqi yo'qlikka olib keladi. Ana shunday holatni T. Gobbs «insoniyatning tabiiy holati» deb ataydi.
Uning fikrcha, insonda «hammani hammaga qarshi urush»ga chorlovchi kuchlardan tashqari uni o'zining ayanchli tabiiy holatidan chiqishga chorlovchi xususiyatlar ham mavjud. Bular eng avvalo undagi boshqa barcha intilishlarni siqib qo'yuvchi o'limdan qo'rqish va o'z-o'zini saqlash instinktidir. Shu bilan birga insonda tabiiy aql, ya’ni o'z xatti- harakatlarining ijobiy va salbiy oqibatlari haqida sog'lom fikr yuritish xususiyati ham mavjud.
Eng asosiy tabiiy qonun insonga tinchlikka intilish zarurligini talab qiladi. Boshqa barcha narsalardan tinchlikka erishishning usullari sifatida foydalaniladi. Ularning ichida eng muhimi har bir kishining o'z huquqlaridan tinchlik va o'z-o'zini himoya qilish manfaatlari talab qiladigan darajada voz kechish hisoblanadi. Huquqlardan voz kechish ko'pincha ularni shartnoma bo'yicha muayyan shaxsga yoki muayyan kishilar guruhiga o'tkazish tarzida amalga oshiriladi. Kishilar o'zlari tuzgan bitimlami amalga oshirishlari kerak, aks holda shartnomalar hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaydi. Ana shu uchinchi tabiiy qonunda adolatning manbayi va boshlanishi mujassamlashgan.
Gobbsning fikricha, tabiiy qonunlarni amalga oshiradigan va linchlikning kafolati bo'ladigan kuch - davlatning absolut hokimiyatidir. Davlat hukmron shaxs va barcha kishilaming kuch va vositalaridan tinchlik va umumiy himoya uchun o'zi zarur deb hisoblagan yo'nalishda foydalanadi. Ana shuning ifodalovchisi suveren, ya’ni oliy hokimiyat egasi, hukm- dordir. U oliy hokimiyatga ega, boshqa barcha uning fuqarolaridir.
Bir marta ijtimoiy shartnoma tuzib, fuqaroviy holatga o'tgan individlar endi tanlangan boshqarish shaklini o'zgartirish, oliy hokimiyat ta’siridan ozod bo'lish imkoniyatidan mahrum bo'ladilar. Ularga suverenning qarorlariga qarshi chiqish, uning xatti-harakatlarini qoralash taqiqlanadi. Bu holat yana shunisi bilan xarakterliki, suveren o'z xalqi bilan hech qanday shartnoma bilan bog'lanmagan, ya’ni u shaklan xalq oldida hech qanday mas'uliyatga ega emas.
Gobbs davlatni ikki turga ajratadi: 1) ixtiyoriy kelishuvga asoslangan yoki siyosiy davlatlar; 2) jismoniy kuchga asoslanuvchi davlatlar. Davlat qanday turda bo'lmasin, ularda suverenning hokimligi doimo absolutdir, ya'ni chegarasizdir. Oliy hokimiyat topshirilgan shaxs (yoki ularning yig'ini) fuqaroviy qonunlar bilan ham, fuqarolar bilan ham bog'liq emas. Suverenning o'zi qonunlarni amalga kiritadi yoki harakatdan to'xtatadi, urush e’lon qiladi yoki sulh tuzadi, tortishuvlarni hal qiladi, mansab- dorlarni tayinlaydi va hokazo. Suverenning huquqi bo'linmaydi va boshqa hech kimga berilmay^i. Gobbsning fikricha, davlatni idora qilish monarxiya, demokratiya va aristokratiya kabi uch shaklda amalga oshirilladi.
Jon Lokk (1632-1704) o'z qarashlarida tabiiy huquq, ijtimoiy shartnoma, xalq suvereniteti, shaxsning ajralmas erkinliklari, hokimiyatlar muvozanati, zolim hukmdorga qarshi qo‘zg'olonning qonuniyligi va boshqa g'oyalarni rivojlantirdi.
Lokkning fikrga ko'ra, davlat vujudga kelgunicha kishilar tabiiy holatda bo'lishgan. Bu paytda «barchaning barchaga qarshi urushi» bo'lmagan. lndividlaro'z mulklamii tasarrufetishda va shaxsiyatlarini amalga oshirishda hech kimdan ruxsat so'rashmagan va hech kimga bog'liq bo'lishmagan. Bu holda tenglik hukmronlik qilgan, «unda har qanday hokimiyat va har qanday huquq o'zaro bo'lgan hamda hech kim boshqadan ko'p narsaga ega bo'lmagan».
Lokkning fikricha. davlat kishilarning o'zlari ishlab chiqqan va ular o'rtasidagi nizolarni hal etish hamda jinoyatchilarni jazolashga vakolatli bo'lgan sudlov instansiyalarini yaratuvchi umuniiy qonun ostida birlashuvidir. Davlat kishilarning boshqa turdagi jamoalaridan (oila. xo'jalik va mulkdorlar birlashmalari va h.k.) siyosiy hokimiyatni aks ettirishi bilan farqlanadi, ya’ni jamoatchilik manfaatlarini ifodalovchi (hamda turli sanksiyalarni ko'zda tutuvchi) qonunlar yaratish huquqiga ega, ular esa mulkni saqlash va muvofiqlashtirish, shuningdek ushbu qonunlardan foydalanish uchun hamjamoaning kuchini ishgasolish huquqini va davlatni chetdan bo'ladigan bosqinlardan himoya qilishni ko'zda tutadi.
Lokk Gobbsning individlar o'zlariga tegishli bo'lgan barcha tabiiy huquqlaridan davlat foydasiga voz kechadi, degan fikrni inkor qiladi. Uning fikricha, yashash huquqi. mulkka egalik huquqi. erkinlik va tenglik kabilarni inson hech qachon birovga hemaydi. Bular insondan begonalash- tirilmaydigan qadriyatlardir.
Qonunlar davlatning «asosiy va ulug' maqsadlarini» barchaga ma’lum bo'lgan va barcha tomonidan bajarilgan holdagina amalga oshiradi. Davlatda hech kim, hech qanday organ qonunga bo'ysunishdan ozod etilmasligi kerak. Lokkning bunday pozitsiyasi uning XVIII—XIX asrlarda ishlab chiqilgan «huquqiy davlat» g'oyasining asosiy talablaridan ancha ilgarilab ketganligini ko'rsatadi.
Davlatning o'/i kabi, har qanday qonun ham ko'pchilikning xohish- irodasi va qaroriga ko'ra oTnatiladi. Ko'pchilik bilan birga bitta hokimiyatga bo'ysunuvchi yagona siyosiy organizm tashkil qilishga rozi bo'lgan har bir kishi o'ziga «ko'pchilikning qaroriga bo'ysunish» majburiyatini oladi. Bu fikrlar Lokk qarashlarini liberal-demokratik ta limot deb tavsifiashga asos bo'ladi.
Erkinlikni ta'minlash, siyosiy hamjamoaning «asosiy va buyuk maqsadi»ni amalga oshirish, Lokkning fikricha, davlatning vakolatlari uning turli organlari o'rtasida aniq-ravshan bo'lib berilishini talab qiladi. Qonun qabul qilish vakolati (qonunchilik hokimiyati) butun xalq vakillarining yig'ini bo'lmish parlamentga tegishlidir. Qonunlarni hayotga
joriy qilish vakolati esa (ijro hokimiyati) monarxning, ministrlar mahkamasiiiing tasarniliga kiradi. Ular, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan aloqalarni ham tasarruf qiladilar.
Qachonki hokimiyat organlari (qonunchilik hokimiyati mi yoki ijro hokimiyatimi, baribir) huquq va umumiy kelishuvni e’tiborga olmasdan, davlatda qabul qilingan qonunlarni chetlab o‘ta boshlasalar, mamlakatni boshqarish parokanda bo'ladi, mol-mulk himoyasiz bo‘lib qoladi va xalq vayronalikka uchraydi.
XVI11 va qisman XIX asrda bir qator Yevropa mamlakatlarida va AQSHda eskirib qolgan feodal jamiyati tartiblariga qarshi vujudga kelayotgan kapitalistik jamiyat dunyoqarashini aks ettiruvchi ma’rifatparvarlik g'oyaviy yo'nalishi tarqaldi. Ma’rifatparvarlikning atoqli vakillari kishilaming «tabiiy tengligiga» asoslangan «tafakkur saltanati», siyosiy erkinliklar va fuqarolar tengligi o'rnatilishi uchun kurashganlar. Mazkur g'oya vakillarining barchasi yangi tartibot hukmronlik qiluvchi ana shunday jamiyatni vujudga keltirishda kishilarga bilimlar tarqatish katta ahamiyatga ega, deb hisoblashgan.

Yüklə 38,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin