Xvii— XVIII asrlarda ingliz va fransuz mutafakkirlarining ijtimoiy taraqqiyot haqidagi g‘oyalari



Yüklə 38,54 Kb.
səhifə3/6
tarix15.04.2023
ölçüsü38,54 Kb.
#98378
1   2   3   4   5   6
Yevropa mutafakkirlarinng shaxs va jamiyat haqidagi fikrlari

Tommazo Kampanella (1568-1639) italyan gumanisti, «Quyosh shahri», «Xristian monarxiyasi haqida», «Cherkov hokimiyati haqida», «I span monarxiyasi haqida» asarlarining muallifi.
U ko'plab ijtimoiy o'zgarishlami amalga oshirish zaairligi haqidagi fikrni bayon qiladi. Tomas Mordan farqli ravishda u ana shunday holatga ommaviy qo'zg'olon orqali erishish mumkiniigiga ishonadi. U o'ziga yoqmaydigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy tartiblarni ochiq va to'g'ridan-to'g'ri tanqid qilmaydi. Unda davlat Quyosh shahri timsoli birinchi darajali ahamiyat kasb etadi, tanqidiy fikrlar esa uning ortiga yashiringan.
Hokimiyat tarmoqlari faoliyat turlariga mos keluvchi uch yo'nalishga bo'linadi. Bu faoliyat turlari: birinchidan, harbiy ishlar, ikkinchidan — ilm-fan, uchinchidan aholini ishlab chiqarish, uni oziq-ovqat, kiyim- kechak ilan ta’minlash va tarbiyalash. Ushbu hokimiyat tarmoqlarini Qudrat, Donishmand, Muhabbat deb ataluvchi uch boshqaruvchi idora qiladi.
Hokimiyat tepasida Metafizik nomli boshqaruvchi turadi, u o‘z fuqarolaridan olimlik, iste’dod, tajriba va amaliyotda ustundir. U ruhoniylik va fuqarolik hokimiyatlarining boshlig'i, u barcha muammoli masalalarni hal qilish huquqiga ega. Oliy hukmronlikda Metafizik ilm-fan. davlatni boshqarish ishlari va hokazolarda undan ko'ra yuksakroq kishi paydo boiguncha turadi. Ana shunday kishi paydo bo'lsa, Metafizikning o'zi uning foydasiga hukmronlikdan voz kechishi kerak. Metafizikka davlatni boshqarishda uning aqlda, tashkilotchilikda, axloqda benazir bo'lgan uch yordamchilari ko'maklashadilar. Ana shu rahbarlar xalq irodasi bilan almashtirilmaydi. Boshqa barcha rahbarlar va mansabdorlar saylov yo'li bilan saylanadilar.
«Quyosh shahri»ning mazmuni ilk sotsialistik qarashlardagi ziddiyatlarni aks ettiradi. Ana shu ziddiyatlaming birini olib ko'raylik: shahar fuqarolari siyosiy jarayonlarda qatnashadilar, ammo ular bunda statistlar sifatida bo'ladilar, chunki ularning ovozi hal qiluvchi emas. Fuqarolaming barcha xatti-harakati yo'naltirilgan va nazorat ostida. Hamma narsa avtomatizmga keltirilgan. Ularning uy-joyi, kiyim-kechagi, faoliyati, o'yin-kulgilari va boshqalari bir xil. Alohidalik, har bir shaxsning qaytarilmas xislatlari, mustaqillikka intilishi, faolligi, o’ziga xos manfaat va qiziqishlari borligi hech qanday ahamiyatga ega emas. Hamma sohada davlat manfaatlari ustun.
Shu bilan birga Kampanella qarashlarida fanning katta ahamiyatini va aholining ta’lim darajasini belgilash, urushlarga chek qo’yish zarurligi, adolatli va oqilona boshqaruv kabi ilg'or jihatlar ham bor.
Anri de Sen-Simon (1760—1825) insoniyatjamiyati qonuniy ravishda ilgarilab, o'z taraqqiyotining «oltin asriga» tomon boradi deb hisoblagan. Uning fikricha, antik va feodalizm davrini o'z ichiga olgan teologik bosqich o'z o'rnini burjua davrini ifodalovchi metafizik bosqichga bo'shatib beradi. Undan so'ng kishilaming barcha ehtiyojlarini qondiradigan, ularni baxtli yashashlarini ta’minlaydigan pozitiv (ijobiy) bosqich boshlanadi. Agar birinchi bosqichdajamiyatda hukmronlik ruhoniylar va feodallarda, ikkinchi bosqichda yuristlar va metafiziklarda bo'lgan bo'lsa, uchinchi bosqichda u olimlar va sanoatchilarga o'tadi.
Jamiyatni o'zgartirishni u ba’zi bir xususiy reformalardan boshlashni taklif qiladi: boyliklari avloddan-avlodga o'tuvchi kishilarni boshqarishdan chetlashtirish. qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanmaydigan yer egalaridan yerlarni sotib olish, dehqonlar ahvolini yengillashtirish va hokazo. Ana shundan so'ng siyosiy sohani o'zgartirishga o'tiladi: ishlab chiqarmaydigan sinflar (feodallar va «o'rta sinflar»: yuristlar, harbiylar, ijarachi yeregalari) hokimiyatdan chetlatiladi va siyosiy hokimiyat «sanoatchi»larning talantli vakillariga beriladi. Xalq ommasi hech narsaga aralashmaydi, hamma narsa uning uchun qilinsa-da u chetda passiv kutib turadi. Bilimlar va axloqiy rivojlanishni Sen-Simon ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi kuchi deb tushunadi.

Yüklə 38,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin