Kasbiy kompetentlikni shakllantirish



Yüklə 13,31 Kb.
səhifə1/2
tarix02.01.2022
ölçüsü13,31 Kb.
#41608
  1   2
Suleymanova Ra'no Dusbekovna


KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH

Suleymanova Ra'no Dusbekovna

Annotasiya: Mazkur maqolada bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarini tayyorlashda ularning kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagogik muammo ekanligi, kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Kalit so’zlar. Psixologik-pedagogik, kompetentlik, ta’lim, competence, «Maxorat», «malaka».

Psixologik-pedagogik adabiyotlarda, ko’pgina pedagog olimlarning ilmiy ishlarida «kompetentlik» degan tushuncha keyingi paytlarda keng qo’llanilmoqda. Ta’lim tizimiga kompetentli yondashuv xorijiy adabiyotlarda o’tgan asrning 60-yillarida shakllana boshlagan edi.

«Kompetentlik» - tushunchasi esa, shaxsning doimo o’sib boruvchi tasnifi bo’lib, real hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni yechish kobiliyati, o’z bilimi, o’quv va hayotiy tajribalari, qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari hisoblanadi.

«Kompetentlik» atamasi ta’lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib keldi. Bu tushuncha noan’anaviy vaziyatlarda yoki kutilmagan hollarda o’zini qanday tutish, muloqotga kirishish, raqiblar bilan o’zaro munosabatlarda yangi yo’l tutish, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to’la ma’lumotlardan foydalanishda, hamisha rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda qanday harakat qilishi kerakligi to’g’risida nazariy bilimlar zarurligini ko’rsatadi.

Inglizcha «competence» tushunchasining lug’aviy ma’nosi «qobiliyat» demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko’nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat kiladi. G’arb mamlakatlarida shakllangan an’anaga muvofiq mutaxassisning kasbiy malakasi uning kompetentlik, ta’lim tizimi esa — bilim, ko’nikma va malakalar darajasi bilan o’lchanadi. Xorijiy mamlakatlarda an’anaga muvofiq ishchining bilim va malakalarining o’ziga xos-xususiyati hisoblangan mutaxassislik (malakaviy) standartlari ishlab chiqiladi. Ushbu standart natijasinigina qayd etadi.

Kompetensiya o’z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o’z amaliy faoliyatida qo’llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo’lgan mutaxassis muammolarni yechishda o’zi o’zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo’lgan metodlarni tanlab olib qo’llashi, to’g’ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko’z bilan qarashi kabi ko’nikmalarga ega bo’ladi. Pedagogikada kompetent yondashish mutlaqo yangi hodisa emas, balki uning irmoqlari uzluksiz rivojlanib boruvchi ta’lim jarayonlarida mavjud bo’lib, ular bosqichma-bosqich shakllangan. «Mahorat», «malaka», «salohiyat» masalalari, faoliyat, shu bilan birgalikda, bir qator faoliyatlarning birikuvi M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner, V.V.Krayevskiy, G.P.Щyedrovidskiy, V.V.Davidov va boshka pedagogika sohasining olimlari ilmiy asarlari asosini tashkil etgan.

D.L.Tompson, D.Pristinlar: «Kasbiy kompetentlik - ishda kerak bo’lgan bilimlarning va barcha axloqiy qoidalarning yig’indisidir», - deb ta’kidlaydilar.

I.V.Grishina kasbiy kompetensiya shaxsning o’z professional faoliyatini qanchalik darajada egallaganligi, deb baho beradi va quyidagicha ta’riflaydi:

" - Ushbu faoliyatga bo’lgan munosabati, unga zarurat va qiziqishi, intilishlari, qadriyatlari, faoliyatdan maqsadi, o’zining ijtimoiy o’rnini tasavvur qilishi;

- o’zining shaxsiy o’ziga xosligi va mutaxassis sifatidagi mavqeiga, kasbiy bilim, mahorat va h.)ko’nikmalari, kasbiga xos boshqa xususiyatlariga baho berish;

- shu asosda o’zini kasbiy jihatdan shakllanishini va o’sishini boshqara bilishi"

A.K.Markova eng ko’p o’qituvchi mehnatining kasbiy kompetentligi asoslarini qidirgan pedagog olim. A.K.Markova fikri bo’yicha o’qituvchining mehnati kompetentlikka aylanadi qachon-ki o’qituvchi o’z faoliyatini yetarlicha yuqori hamda talabalarni o’qitish va tarbiyalashni yuqori darajada amalga oshirsa. Ushbu asoslar bilan birga o’qituvchining kasbiy kompetentligini to’rtga bo’lib o’rganadi:

Maxsus yoki faoliyatli kasbiy kompetentlik - bu faoliyatni yuqori kasbiy darajada olib borishi. Maxsus kasbiy kompetentlik nafaqat maxsus bilimlardan, balki bu bilimlarni amalga oshirishdan iborat;

Ijtimoiy kompetentlik - bu qo'shimcha faoliyatni olib borish yo’llarini bilish, hamkorlikda bajarish yo’llarini bilish;

Shaxsiy kompetentlik – o’zini rivojlantirish va o’zini ko’rsatish yo’llarini bilish (mutaxassis o’zining faoliyatini rejalashtirish, mustaqil qaror qilish, ma’lumotlar bilan va o’z ustida ishlash).

Individual kompetentlik - bu o’zini boshqarish yo’llarini bilish, kasbiy rivojlanishga tayyorgarlik va kasbiy yangiliklar yaratish. Shu bilan birga o’qituvchining bilimlari yangiliklar bilan boyigan bo’lishi, psixologik va pedagogik fazilatlar yuqori darajada bo’lishi.

Kasbiy kompetensiya tuzilishi va mazmuni ikki asosiy tarkibiy qismdan iborat. Kasbiy kompetensiya - bu bilim, mahorat va tajriba o’zviyligi bo’lib, loyixalash mutaxassis faoliyatini ruyobga chiqaruvchi omil hisoblanadi. Turli mualliflar tomonidan e’lon qilingan kasbiy kompetensiya muammolari tug’risidagi ilmiy maqolalarda ijodiy izlanish eng asosiy sifatlardan biri ekanligi qayd etiladi. Ayniqsa, kasb ta’limi o’qituvchilari uchun bu o’ta muhim jihat sanaladi hamda mutaxassisning kasbiy kompetensiyasida ijodkorlik masalasiga alohida urg’u beriladi.

Ijodiy dunyoqarash va qo’rqmay ijodiy faoliyat ko’rsatish, Hatto u turmush masalalari bo’lsa ham; «talaba» va uning mashg’ulotlari erkin tarzda takomillashib borishini chin dildan istashi va uni tashkil etish maqsadiv talabaning o’sishi va har tomonlama rivojlanishi uchun shaxsiy mas’ullik ana shular jumlasidandir.





Yüklə 13,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin