KASBIY MONOLOGIK NUTQ TUZISH
Reja:
1 Kasbiy monologik nutq tushunchasi
2 Monologik nutq
3
Monologik nutqning elementlari.
Dunyoda insonlar turli-tuman kasblarda faoliyat olib boradi. Ammo, mana
shu kasblar
ichida shunday bir kasb borki, u ham sharafli, ham mas’uliyatliligi
bilan ajralib turadi. Bu ustozlik va murabbiylik kasbidir.Barcha sohalarning
ustalari, mutaxassislari bir kasb egalari mehnati bilan shakllanadi.
Har birimizga
kimdir harf o‘rgatib, savodimizni chiqargan.
Bugun kim, qaerda, qanday vazifada ishlamasin, qachondir maktabda o‘qigan,
ustozlar tarbiyasini olgan.
Bugun yurtimizda o‘quvchilarning ta'lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar
jahon talablariga to‘la mos keladi. Istiqlol yillari barcha ilm maskanlari mukammal
ta'miralandi. Keng va yorug‘ darsxonalar, zamonaviy andozalar bilan jihozlangan
o‘quv labaratoriyalari, komyuter` texnikalari bolalarimiz xizmatida. Talabalarning
odob-axloq, bilim saviyasini yanada yuqoriga ko‘tarish, har bir talabaning ehtiyoji,
qiziqishi, iqtidori va imkoniyatiga yarasha qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish
borasida ustozlar tinmay izlanmoqda.
Talabalar ongiga bugungi dunyoda bo‘layotgan
shiddatli, fitnalik bir davrda
chinakam ma'naviyat va ma'rifatni singdirish juda muhimligini har bir ustoz
murabbiy dildan his etadi. O‘zbekiston bugungi dunyo hamjamiyatidagi o‘zining
munosib o‘rnini egallab, ta'lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda tenglar ichra
teng ovoz bilan xalqaro maydonda o‘z mavqeiga ega bo‘lishida
ustoz va
murabbiylarning o‘rni beqiyosdir. Shu o‘rinda alohida ta'kidlab aytishimiz lozimki,
barchalarimizga mana shunday shart-sharoitlarni yaratib bergan va haqiqiy yurt
fidoyisiqanday bo‘lishini ko‘rsatib bergan, taraqqiyot modelimizni ishlab chiqib
butun xalqimizga buyuk davlat barpo qilish sirlarini o‘rgatgan O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi
Prezidenti Islom Karimov, ayni paytda O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chin ma’noda barchamizga
murabbiy
hisoblanadilar.
2017-2021-yillarga
mo‘ljallangan
“Harakatlar
strategiyasi” O‘zbekistonimizni yanada gullab-yashnashi uchun dasturil amaldir.
Keyingi avlod, albatta, ular ko‘rsatib, o‘rgatib ketgan va ketayotgan yo‘llaridan
borib faqat va faqat rivojlanib boraveramiz. Chunki, yurtboshimiz ta'lim bergan
taraqqiyot yo‘li bu yuksaklikka intilish yo‘lidir.
So‘z mulkining sultoni bo‘lmish hazrati Alisher
Navoiy ilm tarqatuvchi
ustozlarni haqqini ado qila olmaslik to‘g‘risida shunday marhamat qiladilar:“Haq
yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,Aylamak bo‘lmas ado haqqin aning
yuz ganj ila”.
Monologik nutq
badiiy asar qahramonlarining o‘z-o‘ziga yoki o‘zgalarga
qaratilgan nutqidir. Ham shе’riy ham nasriy asarlarda ishlatiladi. Badiiy asarlardagi
maktublar, asosan, monologik yozma nutq ko‘rinishida bo‘ladi (eslang:
Kumushning
Otabеkka yozgan maktubi, yoki Otabеkning Kumushga yozgan
maktubi). Shе’riy matnlarda lirik qahramon kеchinmalarini tugal tasvirlash uchun
monologik nutqdan foydalaniladi. Ichki monologik nutq - «Qahramonning o‘z-o‘zi
bilan
ichdan gapirishi, fikrlashi, fikr va tuyg‘ularining ichki ifodasidir. Ichki
monologda qahramon o‘zining sirli, yashirin fikrlarigacha aytadi, shu boisdan ichki
monolog orqali qahramon kitobxon oldida o‘z-o‘zini ochadi.
Shuning uchun ham
uning shaxsiyatida hеch narsa sirli yoki tushunarsiz bo‘lib qolmaydi. Ichki
monolog so‘zlashuv nutqidan o‘zining ochiq va oshkoraligi bilan ajralib turadi».
1