Charchash faoliyat natijasida mehnat qobiliyati vaqtinchalik pasayishining qonuniy jarayonidir. Charchash - faoliyatga normal reaktsiya.
Ishga qiziqish tashabbus ko`rsatishga, topshiriqni bajarishning yangi usullarini izlashga da`vat etadi. Bunda ishga layoqatlilik ba`zan pasaymaydi, balki ancha ortadi.
Toliqish va o`ta toliqishning asosiy sababi – mehnat faoliyatining o`zidir. Biroq, ishlab chiqarishda paydo bo`ladigan qo`shimcha omillar tufayli ancha murakkablashishi mumkin.
Toliqish va o`ta toliqishning asosiy sababi – mehnat faoliyatining o`zidir. Biroq, ishlab chiqarishda paydo bo`ladigan qo`shimcha omillar tufayli ancha murakkablashishi mumkin.
Toliqish va o`ta toliqish uch xil bo`ladi:
1)Jismoniy(o`tin yorish, er ishlari);
2) Aqliy(pedagogik yoki o`quv mehnati );
3) Emotsional(xavfli sharoitlarda ishlash).
Aniq seziladigan toliqish – faqat psixogigiena qoidalari buzilgan hollardagina vujudga keladi.
O`ta og`ir toliqish – bu kasallikdir. Toliqishning juda xarakterli tomoni –kunduzgi uyquchanlik va kechalari uning buzilishidir.
Adabiyotlar
Kasbiy psixologiya, Z.N.Yulchiyeva, Toshkent – 2019.
Psixologiya, O.Suyunov, D.Norboyeva, A.Shonazarov, O‘.Zubaydullayev, Samarqand – 2016.
Psixologiya, E.G’.G’oziyev, “O’qituvchi” Toshkent – 2008.