4) qomatning uzoq muddat majburan bir holatda bo`lishi;
5) ayrim organlar va sistemalar. Lokomotor apparat, nafas olish organlari, markaziy nerv sistemasi, sezgi a`zolarining zo`riqishi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog`liq zararlar:
A) Tabiiy omillar.
B) Kimyoviy va fizik-kimyoviy omillar.
Tabiiy omillar
1) Noqulay ob-havo sharoitlari; havoning nonormal harorati, nurlanish issiqligi, havo namligining haddan ko`p yoki kam bo`lishi, harorat, nurlanish issiqligi, namgarchilik va havo haroratining noqulay almashinishi;
2) Qisqa to`lqinli ochiq nurlanish, ul’trabinafsha, radioaktiv; nurning haddan tashqari ochiq manbai;
3) Normal havo bosimi (baland, past);
4) Shovqin va titrash.
Kimyoviy va fizik-kimyoviy omillar
1) Ishlab chiqarishda xomashyo yoki unga bexosdan qo`shilib qolgan aralashma sifatida, shuningdek ishlab chiqarilgan o`rtalik yoki oxirgi mahsulotda uchraydigan zararli moddalar;
2) Ishlab chiqarish;
3) Infektsiya yoki invaziya (mikroblar glistlar kanna va shu kabilar);
4) Ish binosining tuzilishi va saqlanishidagi nuqsonlar;
5) Ochiq havoda ishlaganda ob –havoda ishlaganda ob –havo sharoitining noqulay ta`siri.
Ishlab chiqarish muhitining muhim omili ish joyining yoritilishidir. Uni o`rganishga juda kattа e’tibor beriladi. Mehnat psixologiyasining ish joyini yoritilishini o`rganishdagi vazifasi – mazkur yoritilishda inson faoliyatining nimasi o`zgarishini, masalan, turli xil yoritilish sharoitida priborlar ko`rsatkichlarini o`qish tezligi va aniqligi qanday o`zgarishini ko`rsatishdan iborat.

Keyingi yillarda ishlab chiqarish muhiti tushunchasi faqat gigiena jihatidangina emas, balki estetik planda ham ko`rib chiqilmoqda. Gigiena hal qilinib, endi estetik muammo asosiy bo`lib qolgan korxonalar tobora ko`payib bormoqda.