Kasbiy psixologiya


Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilish psixologiyasi



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə102/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilish psixologiyasi


Ilmiy adabiyotlarda guvohlar va jabrlanuvchilarning so‘roq qilish psixologiyasiga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor berilgan. Bunday qiziqish, avvalo, guvohlar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari jinoyat ishlari bo‘yicha eng kerakli dalil ekani bilan izohlanadi.
Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilishga tayyorlashning psixologik jihatlari quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat:

  1. ish materiallari hamda aniqlanishi kerak bo‘lgan masalalar doirasini tahlil qilish;

  2. so‘roq qilinayotgan shaxsni o‘rganish;

  3. so‘roq qilish muvaffaqiyatli o‘tishi uchun zarur shart-sharoitni ta’minlash;

  4. tergovchining o‘zini tutishi.

Kutilayotgan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish bir qarashda oson tuyilsa ham, bari bir jiddiy va puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladi. So‘roq qilishning asosini reja tashkil qiladi. Unda aniqlanishi talab etilayotgan masalalar doirasi, ularning mazmuni va ketma-ketligi belgilanadi. So‘roqdan avval ish hujjatlarini o‘rganish, guvoh, jabrlanuvchini so‘roq qilish chog‘ida aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalar doirasi bilan bog‘liq dalillarni tahlil qilish zarur. Agar tergovchi so‘roq qilishga yaxshi tayyorlanmagan bo‘lsa, uni ishonchsizlik bilan va maqsadga qaratilmagan holda o‘tkazishi deyarli aniq. Tergovchining so‘roqqa tayyorgarlik ko‘rmaganligini so‘roq qilinayotgan shaxs sezmasligi mumkin emas, bu esa so‘roq qilinayotgan shaxsning hayajonini kuchaytiradi, zarur ma’lumotlarni eslash jarayonini qiyinlash- tiradi, umuman olganda, so‘roq natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bila turib yolg‘on ko‘rsatma berayotgan guvoh va jabrlanuvchilarga kelsak, tergovchining yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagani ularning ustunligini kuchaytiradi, xolos.
So‘roqni boshlashdan avval guvoh va jabrlanuvchilarning shaxsini o‘rganish zarur. Bunga ularning tarjimai holi, kasbi, ma’lumoti, ish sharoiti, turmush tarzi, rivojlanish darajasi, qiziqishlari, eng muhim shaxsiy psixologik xislatlari, jinoyat hodisasini qanday qabul qilishi, jinoiy qilmishga, jinoyatchiga munosabati kabi ma’lumotlar kiradi.
Tergovchi so‘roqning rasmiy qismidan avval bo‘ladigan bevosita muloqotda kuzatish orqali guvoh, jabrlanuvchining tashqi qiyofasi, ularning madaniyat darajasi, nutqi, mimikasi, imo-ishoralari, o‘ziga xos xususiyatlari, ko‘zga tashlanadigan psixofiziologik reaksiyalari va holatlari (parishonligi, hayajonlanishi, qo‘rqishi, xotirjamligi, befarqligi, adovati va h.k.), tergovga yordam ko‘rsatish istagi yoki, aksincha, juda kam va muhim bo‘lmagan ma’lumotlar bilan cheklanib qolishga intilishi kabilar haqida ma’lumot oladi. Guvoh, jabrlanuvchining shaxsiga oid
ma’lumotlar tergovchiga ruhiy aloqa o‘rnatishi, so‘roqning eng oqilona taktikasini tanlashida katta yordam beradi.
Guvohlar va jabrlanuvchilarni chaqirtirishning aniq vaqti va usuli, shuningdek, tergov harakatini o‘tkazish sharoiti va joyi psixologik ahamiyatga ega. Umumiy qoidaga ko‘ra, guvoh va jabrlanuvchilar iloji boricha so‘roq qilinishlari kerak. Biroq, bunda ham istisnoli holatlar mavjud. Agar jabrlanuvchi, ba’zan esa guvohlar ham sodir etilgan jinoyat natijasida ruhiy hayajon, zo‘riqish, parishonlik holatida bo‘lsalar, so‘roqni kechiktirish lozim.
Bezorilik, bosqinchilik, banditizm, terrorchilik, nomusga tegish jinoyatlarini tergov qilayotganda kechiktirib bo‘lmas so‘rov chog‘ida jinoyatchini qidirish va ushlash uchun ma’lumotlar olinganidan so‘ng, jabrlanuvchilar va guvohlarni takroran batafsil so‘roq qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shuningdek, psixologiyada ma’lum bo‘lgan reminissensiya, ya’ni takroran xayolda tiklashni yaxshilash hodisasini inobatga olish kerak. Shu bois ko‘rsatmalarni tergovchi yetarlicha to‘liq emas, tushunish qiyin bo‘lgan joylari bor, ko‘rsatmalari ish uchun juda muhim bo‘lishi mumkin bo‘lgan guvoh va jabrlanuvchilarni takroran so‘roq qilgan ma’qul. Birinchi so‘roq natijasida assotsiativ aloqalar yuzaga kelganidan so‘ng o‘z-o‘zidan eslash jarayoni davom etishi hamda guvoh, jabrlanuvchi jinoyat voqeasi huquqbuzar sha’ni bilan bog‘liq muhim faktlar va holatlarni eslashi ham mumkin.
Psixologik nuqtai nazardan guvoh, jabrlanuvchini chaqirtirish vaqtini belgilashda ish manfaatlarini chaqirtirilayotgan shaxslarning imkoniyatlari va manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilish kerak. Chaqiruv so‘roq qilinayotganlarga ortiqcha qiyinchilik va noxush kechinmalar tug‘dirmasligi kerak. Zero, bu ularning tergovchi bilan bo‘ladigan munosabatlarini qiyinlashtirishi mumkin. Masalan, chaqirila- yotgan odamni o‘z vaqtini rejalashtira olmaydigan tarzda chaqirtirish, qabulxonada uzoq vaqt kutishga majbur qilish, so‘roqni boshqa vaqtga ko‘chirish kabilar bo‘lmasligi kerak. Guvoh, jabrlanuvchini yaxshisi ishdan tashqari vaqtda, o‘quvchilarni esa mashg‘ulotdan oldin yoki keyin so‘roq qilish kerak.
Agar chaqirtirilayotgan shaxslarning ko‘rsatmalari ish uchun juda muhim bo‘lsa, ularni chaqirtirish uchun telefondan foydalangan ma’qul. Telefon qo‘ng‘irog‘i nafaqat psixologik aloqa o‘rnatishga yordam beradi, balki so‘roqqa chaqiriladigan odamlarga xos bo‘lgan va kerakli faktlarni
eslashga to‘sqinlik qiladigan ortiqcha hayajonni yo‘q qilishga imkon beradi. Tergovchi guvoh yoki jabrlanuvchini huquqni muhofaza qilish organlariga taklif qilish faktini uning qarindoshlari, qo‘shnilari, begona shaxslardan yashirish uchun ham telefon orqali chaqirtirishi mumkin. Ularni jabrlanuvchi, guvohlarning uy manziliga yuboriladigan yelimlab yopishtirilgan va begona shaxslar tanishishiga yo‘l qo‘ymaydigan konvertdagi chaqiruv qog‘ozi orqali ham so‘roqqa chaqirtirish mumkin.
Psixologik jihatdan guvoh, jabrlanuvchini so‘roq qilish joyi haqidagi masalani ham hal qilish muhim. Ushbu masala qonunda hal qilingan, guvoh tergov o‘tkazilayotgan joyda so‘roq qilinadi deb belgilangan bo‘lsa-da, so‘roq qilishga tabaqalashgan holda yondashish lozim. Agar, masalan, guvohlar, jabrlanuvchilar jinoyat hodisasining ish uchun muhim bo‘lgan holatlarini unutgan, ularning mexanizmi, ketma-ketligi, ayrim tafsilotlarini eslay olmasalar, ularni voqea joyida so‘roq qilish uchun asos bo‘ladi. Uyida, tartibni saqlash jamoat punktida so‘roq qilish ham psixologik jihatdan o‘zini oqlaydi. Bunda tezkor-taktik mulohazalarga ko‘ra jabrlanuvchi, guvohni chaqirtirish faktini oshkor etmaslik nazarda tutiladi.
So‘roq qilish joyini tanlashda axloqiy masalalarni ham unutmaslik kerak. Yoshi o‘tgan yoki bemor shaxslarni tergovchining huzuriga chaqirtirish tavsiya etilmaydi. Ushbu holda uning o‘zi mazkur shaxslarning oldiga borib, ularni so‘roq qilgani ma’qul. Buning iloji bo‘lmaganida tegishli tergovchi yoki surishtiruv organiga bu shaxsni turar joyida so‘roq qilish haqida alohida topshiriq yuborish zarur. Bemor jabrlanuvchi, guvohni faqat shifokor ruxsati bilan va bemor davolanayotgan joyda (kvartira yoki shifoxonada) so‘roq qilish mumkin.
So‘roqning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan u o‘tkazilayotgan joydagi sharoitga bog‘liq. Guvohlarni so‘roq qilish tartibining psixologik asoslari qonun normasida keltirilgan. Xususan, aynan bir ish bo‘yicha chaqirtirilgan guvohlar alohida-alohida va boshqa guvohlar yo‘qligida so‘roq qilinadilar, bunda tergovchi aynan bir ish bo‘yicha guvohlar o‘zaro muloqot qila olmasliklari chorasini ko‘rishi kerak.
«Ko‘z ko‘zga tushib», begona shaxslarsiz so‘roq qilish eng muhim psixologik qoida hisoblanadi. Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilish odatda tergovchining xizmat kabinetida o‘tkaziladi. Kabinetdagi sharoit muhim ahamiyatga ega. Oddiylik, ishga oid va qat’iy uslub ko‘pincha ishonchli va jiddiy suhbatga sharoit yaratadi. Butun so‘roq davomida tergovchi, jabrlanuvchi, guvohning diqqatini hech narsa chalg‘itmasligi,
tergovchiga telefon qo‘ng‘iroqlari, kabinetga kiruvchi xodimlar xalal bermasligi muhim.



    1. Yüklə 2,38 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin