So‘roq – tergovchi bilan so‘roq qilinuvchi o‘rtasida uzoq davom etadigan bevosita muloqot jarayoni. So‘roq dialog shaklida bo‘lib, ushbu jarayonda haqiqat izlanadi va aniqlanadi. So‘roq vaqtida ikki xil dunyoqarash, ikki xil iroda, ikki xil kurash taktikasi va turli manfaatlar to‘qnashadi. Ko‘pincha so‘roqda so‘roq qilinayotgan shaxs va boshqa odamlarning taqdiri hal bo‘ladi. Tergovchiga bu kurashda g‘alaba qozonishda psixologiya va so‘roq taktikasi sohasidagi maxsus ilmiy bilimlari hamda suhbat olib borishning kasbiy ko‘nikmalarida namoyon bo‘ladigan mahorati yordam beradi. Shu bois so‘roq natijasi ko‘p jihatdan ishtirokchilarining bilimlariga, hal qiluvchi darajada esa tergovchining kasbi uchun zarur bo‘lgan psixologik sifatlariga bog‘liq. Prinsipial, adolatli, halol, xayrixoh tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsda hurmat uyg‘otadi, to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish va tergovga ko‘maklashish istagini yuzaga keltiradi.
So‘roqning samaradorligini tergovchining boshqa ijtimoiy- psixologik xislatlari ham ta’minlaydi. Ularga sabr-toqat, vazminlik, hissiy barqarorlik, hayotiy tajriba, kasbiy bilim, so‘roqni mantiqan to‘g‘ri olib borish mahorati kabilar kiradi. So‘roq qilinuvchiga kerakli individual-psixologik yondashuvni topa olish tergovchining asosiy vazifalaridan biri. Bu yondashuv so‘roq qilinayotgan shaxsning yoshi, jinsi, ma’lumoti, kasbi, hayotiy tajribasini, madaniyat darajasi, manfa-
atlari, qarashlari, so‘roq paytida his qilayotgan ruhiy holatini inobatga olishni nazarda tutadi.
Tergovchining kommunikativligiga tashqi ko‘rinishi, jismoniy jihatlari, o‘zini tutishi, kiyinishi kabilar kiradi. Tergovchining batartib- ligi, ozodalik, oddiyligi, kirishimliligi, kiyimining ozodligi, e’tiborliligi, xayrixohligi – bularning bari – ishonch paydo bo‘lishiga, so‘roq qilinuvchining muloqotga tayyor bo‘lishiga yordam beradi.
So‘roqqa chaqirtirilgan guvohning ruhiy holatini ham inobatga olish zarur, chunki aksariyat odamlar uchun tergovchining huzuriga chaqir- tirilish noodatiy voqea bo‘lib, hayajon va sarosima keltirib chiqaradi. Tergovchining ayrim psixologik xislatlari, jumladan hech kimga ishonmasligi, odamoviligi, muloqot qila olmasligi ham so‘roqda kerakli psixologik vaziyatni hosil qilish yo‘lidagi to‘siqdir.
Barcha holatlarda so‘roqdan oldin tergovchi guvoh bilan suhbatlashishi kerak. Uning qarashlari, qiziqishlari, kayfiyati, psixologik xususiyatlarini hisobga oladigan suhbat ruhiy zo‘riqishni yo‘qotish, ishonchsizlikni bartaraf etish, to‘g‘ri ko‘rsatmalar berishga tayyor bo‘lish holati paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Jabrlanuvchilarni so‘roq qilish yanada katta psixologik tayyor- garlikni talab etadi.
Jabrlanuvchilarning ko‘rsatma berishda xatoga yo‘l qo‘ymasliklari uchun doimo ularning jinoyat sodir etilayotgan paytdagi holatlari va jinoyatchi shaxsini idrok etish xususiyatlarini inobatga olish muhim. Eksperiment orqali shu narsa isbotlanganki, ular his qilayotgan qo‘rquv, g‘azab, uyat, alam kabi hissiyotlar idrok etishning buzilishiga sharoit yaratishi mumkin. Bunday vaziyatda idrok etishning hajmi torayadi, ko‘pincha bir qator faktlar, belgilar, tafsilotlar noto‘g‘ri baholanadi.
Psixologik aloqa o‘rnatish usullari juda ko‘p va xilma-xildir. Ularning tanlanishi yuzaga kelgan tergov vaziyati, shaxs xususiyatlari, so‘roq qilinayotgan shaxs va tergovchining psixologiyasiga bog‘liq. Psixologik aloqa jabrlanuvchi, guvohlarning ijtimoiy-psixologik xislat- lariga ta’sir ko‘rsatish orqali o‘rnatilishi mumkin. Ba’zan tergovchi jabrlanuvchilar, guvohlarda o‘ziga nisbatan ishonch, qiziqish uyg‘otib, psixologik aloqa o‘rnatilishiga erishadi.
Tergovchi guvoh, jabrlanuvchiga nima sababdan so‘roqqa chaqirtirilganliklarini tushuntirib, ular bilan erkin suhbat olib borishi kerak. Bu so‘roq qilinayotgan shaxsga fikrini jamlash, voqea-hodisalarni eslash, tergovchiga esa kuchli ta’sir ko‘rsatadigan va javobga yo‘naltiradigan savollar qo‘yishdan qochish imkonini beradi. Guvohlar
va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalarini hurmat qilish va ularga ishonish tergovchi uchun majburiy shart bo‘lishi lozim. U shaxsga nisbatan qo‘pollik qilishi, uning ustidan kulish, unga nisbatan ko‘rinib turgan ishonchsizlik, e’tiborsizlik, shoshqaloqlik kabilarni namoyish etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
So‘roq qilinuvchining nutqiy faolligini oshirish tergovchining aniq savollar berish mahoratiga bog‘liq. Tergovchining savollari tizimi shaxsga huquqiy psixologik ta’sir etish vositasidir. So‘roqning muvaf- faqiyati uni yaxshi boshlanishi va so‘roq qilinuvchi bilan aloqani to‘g‘ri o‘rnata olishdadir. So‘roqning boshlang‘ich bosqichida tergovchi so‘roq qilinuvchining shaxsini, shaxsiy xususiyatlarini, voqeaga nisbatan munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Tergovchi so‘roq taktikasi haqida oldindan xulosalar chiqarib, so‘roq qilinuvchi bilan kommu- nikativ aloqa o‘rnatadi. Kommunikativ aloqa kishilar o‘rtasida axborot almashinuvi zarurligiga asoslangan.
So‘roq qilish harakati hamda butun tergov jarayonining muhim muammosi yolg‘on ko‘rsatmalarni aniqlash va fosh qilishdir. Yolg‘on ko‘rsatmalarni fosh etishning universal usullari yo‘q. Bu borada yolg‘onning aniqlash indikatori va psixosamatik reaksiyalar – qaltiroq tutish, nafas olishining o‘zgarishi, tomoq qurish, to‘qimalarning torayishi yoki kengayishi, terining oqarib ketishi va qizarishi ham ishonchli vosita emas. Shu bilan birga, ko‘rsatma beruvchining nutqidagi to‘xtalishlar, ohangga ham e’tibor berish kerak. Lekin yolg‘on tez fosh qiluvchi taassurotdir. Yolg‘on ko‘rsatma beruvchi o‘zining yolg‘on ko‘rsatmalari tergovchi tomonidan qanday baholanishini kuzatadi, tergov jarayonini qo‘lga olib, suvdan quriq chiqishga intiladi.
Xo‘sh, tergovni samarali olib borish uchun yolg‘on ko‘rsatmani aniqlash boshqa mamlakatlarda qanday olib boriladi? AQSHda yolg‘on ko‘rsatmalarni aniqlash maqsadida poligraf (lay detektor) – test jarayonida insonni psixologik reaksiyalari o‘zgarishini aniqlovchi tizimlar tarkibi (puls, chastota, qon bosimining o‘zgarishi, nafas olishning o‘zgarishi) keng qo‘llaniladi. Shu qatorda mashhur italiyalik kriminalist vrach Ch. Lombrazo gumonlanuvchilarning so‘roq vaqtida qon bosimini o‘lchash, yolg‘on ko‘rsatmalarni shu tariqa aniqlash mumkinligini ilgari surgan. Haqiqatda alohida fiziologik reaksiyalarni yolg‘on ta’siri mohiyati bilan adashtirib bo‘lmaydi. Lekin ushbu usullar mutaxassislarga shaxslarni holatlar yuzasidan yashiringan voqealarga oydinlik kiritishiga imkon beradi. Bunda tekshiriluvchiga ahamiyatli
yoki ahamiyatsiz savollar beriladi. So‘roq davomida yolg‘on ko‘rsatmalarni fosh etishning eng ishonchli omili bu muloqotdir1.
Muloqotda inson odatda nafaqat aniq vazifalarni hal qilib qolmay, balki shaxsiy xohishlarini ham amalga oshiradi: o‘zi haqida yaxshi taassurot qoldirishga, mustaqilligini, bilimini ko‘rsatishga intiladi.
So‘roq qilish jarayonini taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin.
(Kirish qismi) Tergovchi tomonidan og‘zaki shaklda kerakli ma’lumotlarni olish, ya’ni demografik ma’lumotlar. Bu ikki shaxsning bir-biri bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqoti.
Tergov qilishning asosiy qismi. Bunda tergovchi so‘roq qilinuvchi shaxsdan kerakli hamma ma’lumotlarni oladi, ya’ni tergov to‘g‘ri olib borilsa, u holda kerakli ma’lumotlar olinadi. Tergovchi so‘roq jarayonida birinchi olingan ma’lumotlar bilan keyingi olinganlarini taqqoslashi, noaniqlarni yo‘qotishi kerak.
Tergov qilishning xulosa qismida tergovchi olgan dalillarni har xil usullar bilan ko‘rib chiqishi kerak.
So‘roq qilinuvchi shaxslar xotirasidagi axborot tergovchining tartibli savollari ruhiy ta’sir qilishi orqali tiklanadi. Tergovchi so‘roq vaqtida turli xil axborotlar yig‘indisiga to‘qnash keladi. Uning vazifasi esa ushbu ma’lumotlarni tartibga solib, voqea-hodisani ochib beruvchi «kalit»ni topishdan iboratdir. So‘roq tergovchining mahoratidan kelib chiquvchi jarayondir, chunki bu holatda tergovchining malakasi, bilimi va so‘roq qilinuvchi bilan til topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘p hollarda tergovchi so‘roq vaqtida nutqiy qobiliyati passiv bo‘lgan so‘roq qilinuvchiga duch keladi. Bunday vaziyatda so‘roq qilinuvchining nutqiy faoliyatini faollashtirish tergovchining kommunikativ vazifasi hisob- lanadi. Har bir kishi nutqining kuchli, kuchsiz tomonlari bo‘ladi, bu psixologik nuqtai nazardan so‘roq qilinuvchi shaxsga ta’sir qiluvchi omildir.
So‘roq qilish jarayonining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bor:
tergov jarayoni jinoyat-protsessual qonunlari bilan tartibga solinadi;
tergovchi va so‘roq qilinuvchi shaxs o‘rtasida majburiy muloqot yuzaga keladi va bu shaxsning psixologik holatiga ta’sir qiladi;
so‘roq vaqtidagi hamma muloqot so‘roq bayonnomasida qayd qilinadi.
1 Qarang: ЕникеевМ.И.Юридическая психология. – М., 2005. – С. 179 – 180.
Kommunikativ aloqa axborot almashish jarayoni bo‘lib, qayta aloqaga asoslangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jinoyatchi shaxslar bilan psixologik aloqa o‘rnatishning o‘ziga xos psixologik xususiyatlariga ega. Psixologik aloqa o‘rnatishda hamjihatlik va hamkorlik, aloqa o‘rnatishda ijobiy yaqinlashuv bo‘lajak muloqotning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. O‘rnatiluvchi aloqaga tergovchining hodisaga bir tomonlama yondashuvi, ayblash holatlari, e’tiborsizligi, vaziyatni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi belgilarga e’tibor ber- masligi salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Demak, tergov jarayonida tergovchi ishga mos aloqa o‘rnatish uchun so‘roq qilinuvchini kommunikativ aloqa o‘rnatishga qiziqtiruvchi holatlarni o‘rganishi zarur. Tergovchi jinoyatlarni tergov qilish jarayonida terish uchun qulay usullarni tanlaydi. Ushbu usullarning eng muhimi psixologik aloqa o‘rnatishdir. Psixologik aloqa o‘rnatishga ijobiy ta’sir etuvchi omil esa tergovchi nutqining aniqligi, mantiqiyligi, ishonarliligi va yetarlicha yoritilishidir.
Yuridik adabiyotlarda so‘roq quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
I) ishning holatini o‘rganish va tahlil qilish;
so‘roqqa psixologik tayyorgarlik ko‘rish;
Jinoyatchi shaxs o‘jar, janjalkash bo‘lsa, u holda quyidagi metodlar qo‘llaniladi:
yolg‘on (gapirish)ga yo‘l qo‘yish;
favquloddagi holat (savol);
savolning ketma-ketligi;
diqqatini chalg‘itish;
so‘roq sur’atini oshirish;
so‘roq sur’atini birdan pasaytirish;
shaxsning nozik joyini topish.
Tergov eksperimenti shuni ko‘rsatadiki, 5–7 yoshdagi bolalar diqqati 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmaydi, 7–10 yoshdagilarniki 20 daqiqa,
10–12 yoshdagilarniki 25 daqiqa, 12 yoshdan kattalarniki 30 daqiqa bo‘ladi.
Jinoyat qilgan shaxsning psixologiyasi faqat o‘zini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, buni bildirmaslikka harakat qiladi.
So‘roq qilinayotganda gumon qilinuvchiga aybini tan olishi jazosini yengillashtirishini aytish lozim. Guvoh va jabrlanuvchiga yolg‘on ko‘r- satma bergani va ko‘rsatma berishdan bosh tortgan uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi eslatiladi.
Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va tergovchi o‘rtasida doimo psixologik to‘siq mavjud, tergovchining vazifasi shu to‘siqni yo‘q qilishdir.
Tergovda tergovchi liderlikni o‘z qo‘liga oladi, bundan ko‘zlangan maqsad so‘roq qilinayotgan odamni ezish emas, balki unda psixik faollikni yuzaga keltirish va shu orqali shaxsning qandayligini aniqlashdir.
Tergovchi so‘roq qilishda faqat shaxsning og‘zaki javobiga emas, balki uning mimika, pontomimika, ovozidagi o‘zgarishlarga ham e’tibor berish kerak. Birinchi uchrashuvdagi taassurot doimo aldamchi taassurot bo‘ladi.
Tergovchi tergov jarayonida shaxsning shaxsiyatiga tegadigan gap aytish kerak emas. Hech qachon so‘roq qilinayotgan shaxsga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lmaslik tergovchilarning oltin qoidasiga aylanishi lozim.
Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning ismini aytib murojaat qilsa, u tergovchining munosabatini ijobiy qabul qilishi mumkin. Tergovchi so‘roq qilinayotgan shaxsning quyidagi o‘ziga xos ichki kechinmalarini doimo yodda tutishi kerak:
jinoyat qilib qo‘yganidan qattiq hayajonda;
qamab quyishlaridan qo‘rqadi;
odatiy hayoti (turmush tarzi) buziladi.
Tergovchi, shuningdek so‘roq qilinayotgan odamning ijobiy tomonlari to‘g‘risida gapirishni ham hech esdan chiqmasligi lozim. So‘roq jarayonida gumon qilinuvchining ustidagi kiyimi, qo‘lidagi uzugi, tatuirovkasi yoki jargoni tergovchiga gap boshlash uchun sabab bo‘lishi mumkin, lekin shaxsiyatiga tegish kerak emas.