O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
A K A D E M I YA
R.X. DUSHANOV, Y. A. FARFIYEV
KASBIY PSIXOLOGIYA
O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan Vazirlik oliy ta’lim muassasalari uchun darslik sifatida ruxsat etilgan
Toshkent — 2014
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan
T a q r i z ch i l a r:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti psixologiya kafedrasining mudiri
psixologiya fanlari doktori, professor E. G‘. G‘oziyev;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor, psixologiya fanlari nomzodi G‘. B. Shoumarov;
yuridik fanlari nomzodi, dotsent D. M. Mirazov
D-86 Dushanov R.X.
Kasbiy psixologiya: Darslik / R. X. Dushanov, Y. A. Farfiyev. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. – 319 b.
Mazkur darslik ta’lim standartlari hamda «Kasbiy psixologiya» fanining o‘quv dasturi asosida davlat tilida tayyorlangan dastlabki ishlardan biri bo‘lib, unda ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining psixologik jihatlari batafsil yoritilgan.
Yurisprudensiya va yuridik psixologiya sohalarida ichki ishlar xodimlari faoliyati psixologiyasini o‘rganayotgan tinglovchi va talabalar, uni tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilarga, shuning- dek, ichki ishlar organlarining amaliyotchi xodimlariga mo‘ljallangan.
BBK 88.4ya73
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014
K I R I SH
Bugungi kunda mamlakatimizning tinchligi, osoyishtaligini ta’min- lash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiya- timizda adolat hamda qonun ustuvorligiga erishish ichki ishlar idoralari xodimlari, qolaversa, har bir fuqaroning muqaddas burchidir.
Mamlakatimizda ichki ishlar idoralari sohasida amalga oshirilayot- gan islohotlar Vatan himoyasi, yurt tinchligi hamda davlat kelajagi uchun jonkuyar, olijanob, fidoyi, o‘z xizmat burchini sidqidildan baja- radigan vijdonli xodimlarni tarbiyalab yetishtirish vazifasini qo‘ymoqda. Chunki bugungi murakkab sharoitda ichki ishlar idoralari xodimlarining xalq oldidagi nufuzini ko‘tarish, unga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash bevosita ana shu islohotlar samarasiga bog‘liq.
Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov- ning ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatidagi kasb mas’uliyatiga oid quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: «Bu sohada xizmat qiladigan odamlar o‘zining professional kasb va fuqarolik burchini, o‘z vazifasini qanchalik halol va sidqidildan ijro etishi mubolag‘asiz butun hokimi- yatning obro‘si, kishilarimizning adolatga ishonchi qay darajada bo‘li- shini belgilaydi»1. Shu bois ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda o‘zlariga berilgan vakolatlarni suiiste’mol qilmas- liklari, aksincha har bir huquq va vakolat ortida xalq hamda davlat oldi- dagi burch, mas’uliyat turishini to‘liq anglab yetishlari zarur.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining samaradorligini belgi- lovchi omillar, shuningdek, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini tah- lil qilish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, shu orqali bu faoliyatni takomillashtirishning psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish davr talabidir.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishadi va bu muloqot jarayonida har ikki tomon o‘zining ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Ana shu ruhiy holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.
1 Каримов И. А. Ўзбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам бўлмайди. Т. 13. – Т., 2005. – Б. 189.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyati o‘ziga xosligi bilan aj- ralib turadi. Chunki ular doimiy ravishda turli toifadagi odamlar bilan uchrashadilar, muloqotga kirishadilar. Bu esa xodimdan kasbiy psixolo- giya fanini, jumladan ichki ishlar idoralari faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni yaxshi bilishni, ularga qarshi doimo tayyor turishni talab qiladi. Ana shu nuqtai nazardan kasbiy psixologiya fan sifatida o‘rganiladi.
Ushbu darslik aynan shu maqsadni ko‘zda tutgan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlari hamda kasbiy psixologiya fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi. Uni tayyorlashda psixolog olimlar –
M. I. Yenikeyev, A. M. Chufarovskiy, E. G‘. G‘oziyev, V. M. Karimova,
S. V. Asyamov va boshqalarning ilmiy ishlaridan keng foydalanildi.
O‘z navbatida shuni ta’kidlash joizki, darslik ushbu yo‘nalishda davlat tilida yaratilgan dastlabki ishlardan biri bo‘lganligi bois, unda ayrim kamchiliklar, juz’iy xatolar bo‘lishi tabiiy. Mualliflar darslik yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar hamda uni to‘ldirish, takomillashtirish borasidagi takliflarni bajonidil qabul qildilar va kelgusi ishlarida albatta inobatga oladilar.
I bob.
Dostları ilə paylaş: |