Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə3/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Kasbiy psixologiya fani huquq doirasidagi munosabatlar, odamlar- ning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyat- larini o‘rganuvchi fandir. Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumon- lanuvchilarning ko‘rsatmalari hamda so‘roq olib borishning psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Shu ma’noda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning psixologiya faniga oid g‘oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, Ichki ishlar vazirligiing buyruq va ko‘rsatmalari tashkil etadi.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat:

  • ichki ishlar idoralari xodimlarining psixikasini har tomonlama o‘rganishdan hosil bo‘lgan bilimlar;

  • jabrlanuvchi, aybdor, guvoh, gumon qilinuvchi va hokazolarning ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo‘lgan xulosalar;

  • jinoyatchi shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o‘rganish orqali olingan nazariy va amaliy xulosalar.

Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o‘z obyekti mavjud, ular quyidagilardan iborat:

  • ichki ishlar idoralar xodimlarining psixologiyasi;

  • jabrlanuvchi, aybdor, guvohlarning psixologiyasi;

  • fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari;

  • shaxsning tuzilishi;

  • shaxsning faoliyati;

  • shaxsning faolligi va uning shakllari.

Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani ichki ishlar idoralari xodim- lari faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.



  1. Yüklə 2,38 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin