Kasbiy psixologiya fanining yuridik psixologiya tizimida tutgan o‘rni
Yuridik psixologiya ko‘pgina sohalarni o‘z ichiga qamrab oluvchi amaliy fan hisoblanib, bir tomondan psixologiya, ikkinchi tomondan umumiy huquqshunoslik fanlari doirasiga kiradi. Bu fan ijtimoiy- gumanitar fanlarning integrallashuvi jarayonlarining mahsuli sifatida XVIII asrdan boshlab paydo bo‘la boshlagan.
Yuridik psixologiya o‘z ichiga sud, kriminal va huquq psixologiyasi yo‘nalishlarini qamrab oladi. Gumanistik nuqtai nazardan sud psixolo- giyasi muammolarini M. M. Sherbatov (1733–1790) o‘rgana boshlagan. ХIХ asr oxiri va ХХ asr boshlarida I. M. Sechenov, S. M. Bexterov,
A. F. Koni faoliyat yuritgan davr yuridik psixologiyaning o‘sish davri hisoblanadi. Jinoyatchi shaxs psixologiyasi ustidagi izlanishlar natija bera boshlaydi va ayni shu davrda yuridik psixologiyani mustaqil fan sifatida qabul qilish zarurati tug‘iladi.
Gans Grosning 1898-yilda chop etilgan «Kriminal psixologiya»si ko‘plab psixolog olimlarning mashaqqatli mehnatlarini o‘zida aks ettirgan birinchi ilmiy adabiyot sanaladi.
Alfred Bine 1900-yilda nashr ettirgan «Ta’sir etish» asarida yosh bolalarning guvohlik berishida ta’sir ko‘rsatishning muhimligi muammo- sini o‘rgangan.
1925-yilda birinchi bo‘lib Rossiya davlatida Jinoyat va jinoyat- chilikni o‘rganish instituti tashkil etiladi.
1964-yilda «Yuridik psixologiya» fani huquqshunoslik yo‘nali- shidagi barcha institutlarning o‘quv dasturlariga kiritiladi.
1970-yilda Amerika milliy ruhiy sog‘lomlashtirish markazida o‘tka- zilgan 45 ta izlanish natijalari asosida «Jinoiy xromosoma anomaliyasi»
mavjudligi haqida ma’ruza qilinadi. Kriminal psixologiya nazariyasiga ko‘ra, Klaynfelter gipotezasi tahlil qilinadi va 5242 nafar jinoyatchi (aynan bo‘yi balandlari) tajribadan o‘tkaziladi. Olingan natijalarga ko‘ra, baland bo‘yli erkak jinsiga mansub shaxslarning 2 % ida, o‘rta bo‘yli shaxslarning 0,7 % ida, qonunga itoatkor deb topilgan shaxslarning 1,0 % ida tajovuzkor xulqning shakllanishiga bog‘liq xromosomalar aniqlangan.
Yuridik psixologiya fanining rivojlanishiga S. S. Romanov,
M. I. Yenikeyev, V. L. Vasilyevlar katta hissa qo‘shganlar. Shu ma’noda yuridik psixologiya psixik qonuniyatlarning huquqiy faoliyat va huquqiy tartibga solish jarayonlarida paydo bo‘lishi hamda amalda qo‘llanishini o‘rganuvchi fandir1.
Yuridik psixologiya ilmiy-amaliy fan sifatida birinchidan, qonunga itoatgo‘ylik xulqi (huquqiy ong, axloq, ijtimoiy fikr, ijtimoiy stereo- tiplar); ikkinchidan, jinoiy xulq (jinoyatchi shaxsining xulq-atvoridagi og‘ishlar, jinoiy stereotip, jinoiy guruh tarkibi, tuzilishi, kriminogen vaziyat, jabrlanuvchining shaxsi, xulq-atvori va ularning jinoiy xulq genezisdagi roli); uchinchidan, huquqni muhofaza qilish faoliyati (profilaktik faoliyat psixologiyasi, tergov faoliyati psixologiyasi, sud- psixologik ekspertiza); to‘rtinchidan, huquqbuzarlarni resotsiolizatsiya qilish (jinoiy jazoni ijro etuvchilar psixologiyasi, ozodlikka chiqqanlar psixologiyasi); beshinchidan, voyaga etmaganlar kabilarning psixologik asoslarini ishlab chiqadi.
Yuridik psixologiya bir qator vazifalarni, jumladan, huquq va huquqni muhofaza qilish faoliyatida alohida shaxs, guruh va jamoalarga ta’sir qilishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish; ikkinchidan, qonunchilikni mustahkamlash, huquqni muhofaza qilish ishlarining samaradorligini oshirish, jinoyatga yarasha jazo tayinlash, jinoiy yo‘lga kirganlarni qayta tarbiyalash bo‘yicha ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish kabi vazifalarni hal qiladi.
Yuridik psixologiya fanining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.
kriminal psixologiya;