Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə2/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA ICHKI ISHLAR IDORALARI FAOLIYATINI PSIXOLOGIK TA’MINLASH


  1. Kasbiy psixologiya fanining obyekti va predmeti


Ichki ishlar idoralari xodimi fuqarolarning xavfsizligi, tinchligi, haq- huquqi va erkinliklarini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan davlat xizmatchisi hisoblanadi. Ana shu mas’uliyat xodimdan birinchi navbatda o‘z kasbining bilimdoni, ustasi bo‘lishni talab qiladi.


O‘z kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafaqat yuridik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa har bir ichki ishlar idorasi xodimidan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti- harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish – hayotni, insonni o‘rganish degani. Kerak bo‘lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib, odamlarga ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o‘rganish kerak»1, – degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, mulo- qotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qizi- quvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.
Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi.
Xo‘sh, psixika nima?



1 Qarang: Каримов И. А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари – олий қадрият. – Т. 14. – Т., 2006. – Б. 121–122.
Psixika – yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan1. Psixikaning asosiy vazifalari – aks ettirish – faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir.
Uning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya – psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan.
Psixologiya yunoncha «psixologos» so‘zidan olingan bo‘lib, «jon»,
«ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushun- chalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko‘lamga ega bo‘lib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas tomonlarini o‘zida aks ettiradi.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Obyekt – kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‘rganiladigan masalalar).
Psixologiya fani: umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogik psixologiya, zoopsixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, yuridik psixologiya, harbiy psixologiya, tibbiyot psixologiya, savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo‘linadi. Bunda:

  • umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus soha hisoblanadi;




1 Qarang: Ғозиев Э. Умумий психология. – Т., 2002. – Б. 25.

  • pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi;

  • yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning tug‘il- ganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi tamoyillarini o‘rganadi;

  • ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinma va xulq-atvorlarni o‘rganadi;

  • muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari operatorlarining faoliyatini, odam-texnika o‘rtasida funksiyalarni taq- simlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi;

  • harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o‘rtasidagi muno- sabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi;

  • savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik shart- sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi;

  • tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi.

Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixolo- giyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, sport psixologiyasi, psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi ko‘plab sohalar mavjudki, ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning fan sifatidagi o‘rni va maqsadidan kelib chiqadi1.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyati jamiyatda mavjud bo‘l- gan barcha kasblardan, birinchidan, davlat tomonidan qat’iy belgilab berilgan qonunlar, buyruqlar, nizom va yo‘riqnomalar asosida ish ko‘- rishi; ikkinchidan, bevosita jinoyatchilar dunyosi bilan ishlashi; uchin- chidan, hayotining doimo xavf-xatar ostida bo‘lishi; to‘rtinchidan, davlat hokimiyatining vakili sifatida ish ko‘rishi bilan ajralib turadi. Ana shu faoliyat ma’lum psixologik qonunlar, usullar asosida ish ko‘rishni talab etadi. Bu esa ichki ishlar idoralari faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni alohida fan – kasbiy psixologiya sifatida o‘rganishni taqozo etadi.
Xo‘sh, kasbiy psixologiya fanining bahs mavzui nima?



1 Qarang: Каримова В. Психология: Ўқув қўлланма. – Т., 2002. – Б. 20–21.
Kasbiy psixologiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, yuridik psixologiya fani tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda kasbiy psixologiya o‘ziga xos predmet bo‘lib, yurisprudensiya va psixologiyaning nozik tomonlarini qamrab oladi. Ya’ni bu fan huquq bilan psixologiya sohalarining kesishuvida yuzaga keladi. Huquq insonning xulq-atvorini, xatti-harakatlari bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi. Psixologiya esa muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi. Bundan ko‘rinadiki, har ikkala fanning obyekti va subyekti shaxs, inson hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya yuridik psixo- logiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya’ni ichki ishlar idoralari faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rga- nishga bag‘ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiya- ning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin