Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə7/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Subyektiv asosga nisbatan obyektiv asosning birlamchiligi prinsipi
psixika moddiy bo‘lmasa ham moddiylikdan ayri holda yashay
olmasligidan kelib chiqadi. Shaxsni o‘rganishda biz psixik faoliyatning ko‘plab tashqi ko‘rinishlariga duch kelamiz. Ulardan asosiylari:

  • og‘zaki va yozma nutq. Psixolog uchun shaxsning o‘zi (shaxsiy hisobot ma’lumotlari) haqidagi mulohazalari g‘oyat muhim hisoblanadi. Nutq orqali shaxslarning fikrlari, hissiyotlari, qarashlari, intilishlari, bilimi va boshqalar haqida xulosaga kelish mumkin;

  • shaxs faoliyatining mahsuli. Shaxslar psixikasi haqida ularning o‘z qo‘llari bilan yasagan buyumlar, asbob-uskunalar, turli yasamalar, rasmlar va boshqalar aniqroq ma’lumot beradi;

  • psixik faoliyatning tashqi ko‘rinish va tanada namoyon bo‘lishi. Bu ko‘z qarashining ma’nodorligi, yuz mimikasi, imo-ishora, nafas olish va qon aylanishining o‘zgarishi, miya elektr faolligining o‘zgarishi va hokazo.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, bunday holatda faqat psixikaning tashqi namoyon bo‘lishigina emas, balki psixikaning o‘zi tashqi namoyon bo‘lishiga qarab ham o‘zgaradi. Agar tergovchi yoki aybdor masalan, so‘z yozishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Ushbu faktni aniqlash (bir harf o‘rniga boshqa harf yozilgan)dan avval xatoning sabablarini bilish lozim.
Psixikani tashqi namoyon bo‘lish shakli orqali o‘rganish vositali bilish deyiladi. Psixologiya fani tarixida uzoq yillarga qadar psixikani o‘rganishning asosiy metodi sifatida o‘z-o‘zini kuzatish (introspensiya) metodidan foydalanib kelingan. Biz o‘z ichki dunyomizni bevosita his qilamiz. Psixologiya uchun o‘z-o‘zini kuzatish metodi o‘ta qulay tuyu- ladi. Lekin masalaga bunday qarash xatodir, chunki o‘z-o‘zini kuzatish ko‘pincha umumiydan oddiy yoki tasodifiyni farqlash imkonini bermaydi, psixik faoliyat jarayonini noto‘g‘ri ko‘rsatadi.
Psixika taraqqiyotida faoliyatning yetakchi o‘rin tutishi prinsipi inson psixikasining mehnatda yuzaga kelishi va faoliyatda tarkib topishidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra, psixikani kishining amaliy faoliyatidan ayri holda o‘rganish mumkin emas.
Psixik hodisalarning o‘zaro bog‘liqlik prinsipi bizning ichki dunyo- miz yagona, bir butun ekanligidan, ma’lum shart-sharoitlarda shakllan- gan, muayyan shaxslarga xos miyaning mahsuli ekanligidan kelib chiqadi. Shu jihatdan shaxslarning ayrim tomonlarini, uning psixikasini o‘rganishning o‘zi asosiy maqsad bo‘lib qolmasligi kerak. Har bir tekshirishda biror psixik hodisaning boshqa psixik hodisalar bilan uzviy aloqasini va ta’sirini hisobga olish lozim bo‘ladi.
Psixik faoliyatni o‘rganishda obyektivlik prinsipi boshqa tekshiruvchilar qatori psixologdan ham hodisaning aniq tafsilotlarini o‘rganishni, real holatni ifodalamaydigan shoshilinch umumlashtirish va xulosalarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi.
Nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi prinsipi nazariya amaliyot uchun asos ekanligini, u o‘z qobig‘iga o‘ralib olmasdan amaliyot uchun yangi-yangi yo‘nalishlar ko‘rsatishni anglatadi.
Kasbiy psixologiya fanining bu prinsiplari birgalikda qo‘llaniladi va ular har bir aniq psixologik metodning asosini tashkil qiladi.
Kasbiy psixologiya fanining o‘ziga xos ilmiy o‘rganish metodlari mavjud. Psixologiya fanini ilmiy o‘rganish metodlari («metod» grekcha so‘z bo‘lib, «biror narsaga borish yo‘li» degan ma’noni anglatadi) psixik jarayonlar, holatlar va individual xususiyatlar to‘g‘risidagi bilimlarni egallashda qo‘llaniladigan nazariy tadqiqotlar hamda amaliy harakat qilish usullari va ularning yig‘indisidir.
Kasbiy psixologiya yurisprudensiya va psixologiya sohasining obyektiv qonuniyatlarini o‘rganishda uning metodlaridan keng foydalanadi. Ushbu metodlar o‘zining maqsadi va yo‘nalishiga qarab tasniflanadi. Tadqiqot maqsadiga ko‘ra sud psixologiyasi metodi quyidagi uch guruhga bo‘linadi.
Ilmiy tadqiqot metodi. Ushbu metod yordamida shaxslarning huquq normalariga nisbatan munosabatining psixik qonuniyatlari o‘rganiladi, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi amaliyot xodimlari uchun ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin