Kasbiy psixologiya



Yüklə 2,38 Mb.
səhifə95/114
tarix24.12.2023
ölçüsü2,38 Mb.
#191758
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114
farfiyev-kasbiy-psixologiya-lot

Nazorat uchun savol va topshiriqlar



  1. Kriminogen sharoitning holatiga ta’sir qiluvchi psixologik omillar. OAVning aholi huquqiy psixologiyasiga ta’sirini izohlang.

  2. Profilaktika xizmati xodimlarining aholi bilan samarali muloqot qilishning psixologik sharoitlari nimalarni o‘z ichiga oladi?

  3. Huquqbuzarlarga ta’sir o‘tkazishning psixologik omillari nimalardan iborat?

  4. Fuqarolar murojaatlarining psixologik tahlili qanday amalga oshiriladi?

  5. Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatlarning oldini olish faoliyatning psixologik asoslarini tushuntirib bering.

  6. Oilada giyohvandlik va ichkilikbozlikning oldini olishning psixologik asoslarini izohlang.

  7. Turli toifadagi fuqarolar bilan ishlashning psixologik xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

  8. Profilaktik xizmat xodimi shaxsiga qo‘yiladigan talablar sanab bering.



  1. bob.

JINOYATCHILARNI TERGOV QILISHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI


    1. Jinoyatlarni tergov qilish faoliyatiga psixologik tavsif


Respublikamizda hozirgi siyosiy ahvol, zamon bilan hamnafas o‘sib borayotgan jinoyatchilikning turli ko‘rinishlari ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga ulkan va mas’uliyatli vazifalarni yuklamoqda. Bu borada respublika hukumatining bir qator qonun, qaror, farmonlari qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 va 2004-yillarda Respublika ichki ishlar organlari faoliyatini takomillash- tirish to‘g‘risidagi farmonlari qabul qilingandan so‘ng ichki ishlar organlari, xususan tergov bo‘limlari faoliyatida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 7-maydagi 206–35-sonli qarorining qabul qilinishi ham bu boradagi ishlarning naqadar dolzarbligidan dalolatdir.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olishda xalqimizning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Biz o‘rganayotgan dastlabki tergov faoliyatining o‘ziga xos jihatlari ko‘pgina fanlar tomonidan o‘rganiladi va ularning obyekti hisoblanadi. Masalan, kriminalistika, tezkor-qidiruv, pedagogika, jinoyat protsessi kabi fanlar ushbu muammoga o‘z nuqtai nazaridan qaraydi va ilmiy asosda tadqiq etadi. Dastlabki tergov faoliyati tergovchi va jinoyatchi o‘rtasidagi o‘zaro psixologik qarama-qarshilikdir.
Yuridik psixologiya fani dastlabki tergov harakatlarini olib borish, voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv va boshqa tergov harakatlarining psixologik jihatlarini boshqa fanlar bilan bog‘langan holda tadqiq etadi. Bu borada bir qator psixolog olimlar (A. V. Dulov,
A. R. Ratinov, V. V. Romanov, N. Selivanov, M. I. Yenikeyev,
V. L. Vasilyev va boshq.) o‘z qarashlarini ilmiy ishlarida bayon etishgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.
Biroq sud ish holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi uchun dastlabki tergov deb ataladigan tayyorgarlik ishlari talab qilinadi.
Dastlabki tergov faoliyati – tergovchi topilgan izlar bo‘yicha sodir etilgan jinoyatni qayta tiklashdan iborat bo‘lgan va muayyan maqsadni
ko‘zlaydigan jarayon. Shu ma’noda dastlabki tergov faoliyati faqat amaliy faoliyat bo‘lmay, balki nazariy idrok etish jarayoni hamdir. Qonunchilikda tergov harakatlarining ayrim jihatlarigina belgilanib qolmasdan, tergovning boshdan-oyoq tartibi tasdiqlab qo‘yilgan.
Dastlabki tergov faoliyatining maqsadi asosiy ijtimoiy qadriyatlarni huquqiy qo‘riqlash, tergov qilish chog‘ida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha haqiqatni aniqlash, aybdor shaxslarni odil sudlovga topshi- rishdir. Shu bois tergovchi shaxsining kasbiy-psixologik sifatlari uning faoliyatiga xos ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va psixologik xususiyatlar bilan bog‘liq.
Dastlabki tergov faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • jinoyat hodisasi haqida kelib tushgan ariza yoki xabarni tergovgacha tekshirish;

  • jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqidagi masalani hal etish;

  • jinoyatlarni tergov qilish;

  • jinoyatlarning oldini olish;

  • fuqarolarni tarbiyalash va ma’rifatli qilish;

  • tergov materiallarini umumlashtirish, bir tizimga solish, taqqoslash va takomillashtirish choralarini ko‘rish;

  • jinoyatni ochish – jinoyat hodisasi va jinoyatchi shaxsini aniqlash;

  • jinoiy dalillarni mustahkamlash, tekshirish va dastlabki tartibda baholash. Bundan maqsad aybdorni sudga topshirish, ya’ni uning bir tomondan aybiga muqarrar bo‘lishiga, boshqa tomondan esa yetarlicha asoslarga ega bo‘lishga erishishdir.

Shu nuqtai nazardan dastlabki tergov faoliyatida kelib tushayotgan ma’lumotlarning mazmun-mundarijasi tergovchining xohish-istagiga to‘g‘ri kelmasligi, bitta tizimga mos tushavermasligi mumkin. Tergov faoliyatidagi vazifalar xilma-xilligi jihatidan o‘ziga xos bo‘lib, ularni hal etish turli shaxsiy fazilatlar, ko‘nikmalar, bilimlarni talab qiladi.
Tergovchining dastlabki tergov boshlanishida zarur ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi uning muayyan darajada noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishiga olib keladi. Ish mobaynida tergovchining tafakkuri faqat o‘z faoliyatini aks ettirib va yo‘naltiribgina qolmay, ishning barcha ishtirokchilari va ishga daxldor shaxslarning aqliy (intellektual) darajasi, ruhiy holatlarini hisobga olishi, uni qiyoslashi, muvofiqlashtirib borishi lozim. U nafaqat o‘zi, balki o‘zgalar uchun ham fikr yuritishi, qaror va xatti-harakatlarni oldindan ko‘ra olishi, ularni yo‘naltirib turishi hamda ana shu barcha omillardan kelib chiqib, o‘z xulq-atvorini idora etishi
zarur. Ushbu jarayonda manfaatlari turli-tuman, bir-biriga mos kelmay- digan, ba’zan butunlay qarama-qarshi bo‘lgan shaxslar: tergovchi va ayblanuvchi, so‘roq qiluvchi va so‘roq berayotgan hamda hokazolar to‘qnash keladilar.
Dastlabki tergov jarayonida turli-tuman manfaatlararo ziddiyatlar hamda ularning to‘qnashuvi tergov taktikasiga ehtiyoj tug‘diradi. U psixologik nuqtai nazardan ma’lum darajada tergovchi va ishda ishtirok etayotganlar aql-idrok, iroda, xarakter, axloqiy tamoyillarining o‘zaro kurashi tarzida namoyon bo‘ladi.
Jamlanayotgan ma’lumotlarning mantiqiy tahlilida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun tergovchi mantiqiy tafakkur qonuniyatlari va shakl- tamoyillarini yaxshi bilishi va ularga rioya qilishi, ma’lumotlarga ma’lum faktlar asosida yondashishi, u yoki bu xulosani chiqarishda dalil- isbotlarning to‘laqonligini doimo nazorat qilib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Muayyan xulosaga kelishda xayolan jinoyat sodir etilish jarayonida o‘zini ayblanuvchi o‘rniga qo‘yib ko‘rish, ayblanuvchining moddiy va ma’naviy manfaatdorligi nuqtai nazaridan fikr yuritishi tergov uchun qimmatli natijalarni berishi mumkin.
Tergov qilinayotgan holat yuzasidan jinoiy ishlarni ochish va zudlik bilan tergov harakatlarini boshlash talab qilinadigan vaziyatlar tergovchi uchun psixologik jihatdan o‘ta murakkab jarayon hisoblanadi. Jinoiy ishlar bo‘yicha tergov harakatlari hamda shaxslarni hibsda ushlab turish muddatlari tugagan vaziyatni eng qiyin deb hisoblash mumkin. Bunday vaziyatlarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish bir qator bilim, qobiliyat, fazilat, malaka va ko‘nikmalar: ishlar bo‘yicha samarali reja tuzish, his- tuyg‘ularni jilovlash, psixologiya tili bilan aytganda ruhiy tetiklik, hissiy barqarorlik va o‘zini uyushtira bilish kabi sifatlarni talab etadi. Tergovchining belgilangan muddatda aybdor shaxslarni aniqlash uchun jinoyat ustida ish olib borayotgan guruhga bosh bo‘lishi va uning haqiqiy yetakchisiga aylanishi undan boshqaruvchanlik qobiliyatini talab etadi.
Tergovchi tergov jarayonida talab qilinadigan o‘ziga xos jihatlarni hech qachon diqqat-e’tibordan chetda qoldirmasligi zarur. Jumladan, tergov xatti-harakatlari mobaynida hissiyotlarga berilmaslik va shoshma- shosharlikka yo‘l qo‘ymasligi, o‘zining irodaviy sifatlarini namoyon qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kasbiy vazifani muvaffaqiyatli ado etish, jinoyatni tezroq ochish, ishda aybdor shaxslarni fosh etish uchun yo‘l-yo‘riq va vositalarni tanlash, tergov yo‘nalishlarini belgilashga har tomonlama, atroflicha fikr-mulohaza qilgan holda yondashish muhimdir.
Ma’lumki, tergovchi davlat nomidan faoliyat olib borar ekan, hokimiyatining obro‘si va hukmron kuchi unga ruhiy madad beradi, uning qo‘lida turli sanksiyalarni qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bu vakolatdan oqilona va qonun doirasida foydalanish tergovchiga qo‘yila- digan asosiy professional talablardan biridir. Tergov sirini saqlash tergov jarayonining o‘ziga xos qonun-qoidasi hisoblanadi. Tergov harakatlariga xalaqit berish maqsadida jinoyat sodir etgan shaxs hamda uning sheriklari har doim tergov harakatining yo‘nalishi, tergovchining niyat- lari va qarashlari haqida imkon boricha ko‘proq ma’lumotlarni bilib olishdan manfaatdor bo‘ladilar. Tergovchining daliliy materiallar, o‘z maqsadi va yo‘nalishlarini bevaqt oshkor etib qo‘yishi tergovni muvaffaqiyatli olib borishga to‘sqinlik qiladi va jinoyatni fosh etishda yordam bergan shaxslar hayotini xavf ostida qoldiradi.
Tergovchi xizmat sirlarini oshkor etmaslik maqsadida, jinoyat ishi bo‘yicha shug‘ullanayotgan shaxslar bilan pinhona ish ko‘rish (konspiratsiya)ning maxsus talablariga so‘zsiz rioya etishi zarur. Bu talablarni bajarish va unga rioya etish tergovchining kasbiy odati va ko‘nikmasiga aylanishi kerak.
Shu bilan birga, tergovchi faoliyatiga tergov vositalari va mud- datlarining protsessual jihatdan tartibga solinganligi, ijtimoiy vazifa- sining shakllanganligi; muayyan bilish-izlash faoliyati; harakatlarining tezkorligi va niqoblanganligi; manfaatdor shaxslarning ehtimol tutilgan qarshiliklarini yengishga shayligi va yo‘nalganligi; hokimiyat vakolat- larining mavjudligi, keng miqyosdagi ijtimoiy kommunikativlik (kiri- shimlilik), qabul qilinadigan qarorlar uchun nihoyatda katta shaxsiy mas’uliyat kabi xislatlar xosdir.
Tergovchi faoliyati psixologiyasi tuzilishining asosiy hal qiluvchi jihati uning xilma-xil faktlarni to‘plash va tekshirish borasidagi bilish faoliyatidir.
To‘plangan faktlar asosida u o‘tmishda bo‘lgan voqeani, ushbu hodisa bilan bog‘liq turli shaxslarning o‘zaro munosabatlarini idrok qiladi va xotirada tiklaydi, jinoyat sodir etgan subyektning shaxsini aniqlaydi. Aynan dastlabki tergovda o‘tmishda sodir etilgan jinoyatning xayoliy modelini yaratish jarayoni amalga oshiriladi.
Tergovchi faktlarni to‘plash jarayonini boshlar ekan, ko‘pincha ushbu ma’lumotlarni to‘plash qanday natijaga olib kelishi mumkinligini bilmaydi, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqeaning to‘liq fikriy modelini tasavvur eta olmaydi. Bilish faoliyatining bu xususiyati olingan ma’lumotlarni to‘plash, tanlash va baholashda jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi, u yoki bu
faktlarning tabiati va haqiqiy qadr-qimmati, alohida faktlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa masalasida nihoyatda ko‘p va turli-tuman tusmollar (taxminlar)ni ilgari surish va tekshirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Tergovchining faoliyatida mavjud axborotni tushunish, yetishmayotganlarini izlash, zarur ma’lumotlarni to‘g‘ri tanlash uchun sharoit yaratadigan kriminalistik bilim va amaliy tajriba katta ahamiyat kasb etadi. Bu bilim va tajriba tiklovchi xayolotni faollashtirish uchun ham zarur hisoblanadi.
O‘tmishdagi voqeani idrok qilish, xotirada tiklash va bilish doimo ayni paytdagi faktlarga asoslanadi. Shu sababli mavjud faktlar va hodisalarning bo‘lib o‘tgan voqea bilan o‘zaro aloqalarining fikriy modellarini qurish zarurati yuzaga keladi. Bilish jarayonlari (diqqat, xotira, tafakkur, sezgi, idrok, xayol) o‘rganilayotgan faktlar, hodisalarni tekshirish va baholashga qaratilgan amaliy faoliyatni ham qamrab oladi. Ushbu faoliyat jarayonida aniqlangan obyektlar bilan keng miqyosdagi eksperimentlar o‘tkaziladi1.
Dastlabki tergovda bilish jarayoni axborot kelib tushishining muayyan tartibsizligi bilan ajralib turadi. Jinoyat tadqiqot predmeti sifatida murakkab va ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, u jinoyat sodir etilishiga doir barcha elementlarni, ya’ni jinoyatga tayyorgarlik harakatlari, ishtirokchilarning til biriktirishi, subyektlar o‘rtasidagi aloqa, jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar va boshqalarni mushohada etmaslik mumkin emas. Bularning barchasi birgalikda ma’lum bir faktlar orqali aniqlanadi (isbotlanadi).
Umuman olganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, dastlabki tergov nazariy bilish faoliyati emas, balki jinoyat-protsessual qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan amaliy faoliyatdir. Qonun nafaqat tergov harakatlarining ayrimlarini tartibga soladi, balki butun tergovning muayyan tartibini belgilaydi.
Odillik, xolislik, ayblovga yon bosishdan qochish, qonunni og‘ishmay amalga oshirish – tergov faoliyatining asosiy talablari hisoblanadi.
Tergov faoliyatining vazifalari nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turadiki, ularning to‘g‘ri hal qilinishi tergovchidan turli-tuman xislatlar, kasbiy ko‘nikmalar va bilimlarni talab qiladi. Tergovchiga tibbiyot, pedagogika, buxgalteriya va psixologiya singari turli sohalardan olina- digan maxsus bilimlar kerak bo‘ladi. Bu bilimlar tergovning murakkab



1 Qarang: Селиванов Н. Критерии допустимости применения тактических приемов при расследовании // Законность. – 1999. – №. 3. – С. 23–28.
vaziyatlarida qo‘llash uchun muayyan tartibga solingan bo‘lishi zarur. Tergovchi u yoki bu tergov harakati davrida amal qiluvchi obyektiv psixologik qonuniyatlardan samarali foydalanish uchun yana shaxsni atroflicha o‘rganish hamda axborot olish va qayta tarbiyalash maqsadida unga ko‘rsatiladigan psixologik ta’sirni uyushtirishga qaratilgan psixologik dasturga ham ega bo‘lishi lozim1.
Tergov faoliyatiga jinoyat ishining muvaffaqiyatli tergov qilini- shidan manfaatdor bo‘lmagan shaxslarning qarshilik ko‘rsatishi tabiiy, albatta. Shu ma’noda, tergovchi jinoyatni tergov qilish hamda ochishga qaratilgan faoliyatiga aybdorlarning uyushgan holda qarshilik ko‘rsa- tishini va bu ushbu faoliyatni jiddiy qiyinlashtirishi mumkinligini inobatga olishi lozim.
Bundan avvalo jinoyatchining o‘zi eng ko‘p darajada manfaatdor bo‘ladi va, odatda, butun kuchini sarflab, tergovchiga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Bu borada u xilma-xil nayranglarni ishlatadi: shantaj, aldash, tuhmat qilish, qalbakilashtirish, guvohlarni sotib olish kabi u qo‘llay- digan vositalarning ushbu to‘plami amalda hech cheklanmagan. Tergovchi esa faqat qonuniy hamda axloqiy jihatdan nuqsonsiz vositalardangina foydalanishga haqlidir.
Tergovchi va manfaatdor shaxslar o‘rtasidagi tengsizlik manfaatdor shaxslar qaysi holatlarni yashirish ma’qulligini bilishlari bilan ham bog‘liq. Ayni vaqtda tergovchi ish yuzasidan aynan nima aniqlanishi kerak va mumkinligi xususida nihoyatda kam tasavvurga ega bo‘ladi. Tergovni o‘tkazayotgan shaxs jinoyat izidan borar ekan, doimo
«voqealar ortida» bo‘ladi. Jinoyatchi esa doimo vaqt va tashabbusda muqarrar ustunlikka ega bo‘lib, tergovchini nihoyatda qiyin vaziyatda harakat qilishga majbur etadi.
Bularning barchasi tergovga psixologik kurash tusini beradi, ushbu kurash ba’zan nihoyatda keskin shakllarga kiradi. Xavfli vaziyatlarni yengish, tergovchining yo‘lida atayin yaratiladigan to‘siqlarni bartaraf etish zarurati, unda turli emotsional reaksiyalarni yuzaga keltiradi, bu esa undan doimiy hissiy-irodaviy zo‘riqishni va kuchli aqliy faoliyatni talab etadi2.
Tergovchining kasbiga xos xislatlar orasida aqliy, irodaviy va

Yüklə 2,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin