47
xususiyati va temperamentining xususiyatlari kabi motivlarni sanab o‘tish mumkin.
Biroq motivlarning boshqa xillari ham uchraydi. Lekin holatning o‘zgarishiga
qarab
ulardan unisi yoki bunisi bosh maqsadga aylanib turadi.
Mazkur holatni tadqiq etgan yirik psixolog E.A.Klimov o‘spirinlar kasb tanlash
kezida; birinchidan, biror kasbning «nufuzli ekanligiga» baho berishdagi dogmalarga
asoslanish, ikkinchidan, kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish,
uchinchidan, biror kasb egasi bo‘lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy
munosabatda bo‘lishni tegishli kasbga ko‘chirish, to‘rtinchidan,
kasbning oddiy
kundalik tomonini nazar - pisand qilmasdan, uning tashqi tomoniga, sirtiga mahliyo
bo‘lish, beshinchidan, o‘rtoqlarining ta’siri ostida «kompaniya uchun» kasb tanlash
kabi xatoliklarga duch kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tadi.
O‘spirinlar kasb tanlash to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bo‘lmaganliklari
boisidan ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yadilar. Tanlangan yoki tanlanishi zarur bo‘lgan
kasb undan qanday shaxs fazilatlarini talab qilishini tushunib yetmaydilar. Ular o‘z
layoqatlarini oqilona baholashga qurbi yetmaganligi uchun u yoki bu kasbni
egallaganda qanday tezlikda va aniqlikda harakat qilishligini, sezish va idrok qilish
xususiyatlarini, asab tizimining muvofiqlashishi mumkinligini bilmaydilar.
Shuning uchun yuqorida bayon qilib o‘tilgan hatolarga yo‘l qo‘yadilar. Biroq
hozirgi davrda bunday ko‘ngilsiz xolatlarni oldini olish imkoniyatlari mavjud.
Buning uchun quyidagi pedagogik - psixologik va ijtimoiy xususiyatli umumiy
tomonlarga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq.
6.
Kasblarni o‘rganish
metodlarini ishlab chiqish, ularni tasniflash va
lo‘nda qilib ifodalash.
7.
O‘qituvchining kasb maorifi yuzasidan tashviqot ishlarini olib
borish, o‘quvchilar bilan kasbga doir individual konsultatsiyalar – maslahatlar
uyushtirish, o‘spirin va uning ota-onasi bilan kasbga yo‘naltirish
metodikasini
birgalikda ko‘zdan kechirish.
8.
O‘spirinlarni kasbning asosiy guruhlari, turlari bilan yaqindan
tanishtirish; muayyan kasb oldiga qo‘yiladigan shaxsning fiziologik,
psixologik
fazilatlari hamda kasb o‘rganishning yo‘llari bilan tanishtirishni tashkil qilish.
48
9.
Mehnat
ta’limi darslarida o‘quvchilarda dastlabki kasbiy
tayyorgarlikni yuzaga keltirish va unga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish.
10.
Psixodiagnostik va kasb tanlashga doir metodlarni amaliyotga tadbiq
qilishga moslashtirilgan turlarini ishlab chiqish.
7.
Tuman va shaharlarda zamon talabiga javob beradigan kasb tanlash
markazlarini jihozlash.
7. Kasb tanlashni tashviqot qilish yuzasidan o‘spirinlarni ommaviy axborot
vositasiga jalb qilish va ularni psixologik jihatdan tayyorlash kabilar.
Mehnat psixologiyasi namoyondalari kasb tanlashning o‘zgacha usullarini
tavsiya qilmoqdalar. Jumladan, barcha fanlarni o‘qitishda politexnik xususiyati va
xossasini
chuqurlashtirish; tabiiy - matematik sohadagi fanlarda atrofdagi ishlab
chiqarishdan ob’yekt sifatida foydalanish; ijtimoiy turkumdagi fanlarni o‘qitishda
o‘lkashunoslik materiallarini qo‘llagan holda faoliyat uyushtirish, o‘quvchilarning
kasbga nisbatan qiziqishini orttirish va mehnat qilishga ularni axloqan tayyorlash;
fan asoslarini egallashda kasb haqida axborotlar berib borish; mehnat sohalari
to‘g‘risida kasb tanlovchiga mustaqil tanishish sharoitini yaratishdir.
O‘quvchilarni professiogramma bilan tanishtirishda bosh maqsad quyidagi
tarkibiy qismlarni, jihatlarni o‘z ichiga qamrab oladi: a) asosiy mehnat qurollari -
kasb tanlovchining diqqati, shijoati, fikr - xayoli - xuddi shu qurollarga qaratilgan
va yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak; b) asosiy mehnat operatsiyalari:
mehnat quroli
bilan qanday faoliyatni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini aniqlash va qaysi
sohalarda ishlatish mumkin ekanligini bilish; ishlab chiqarish jarayonidagi
operatsiyalarning rolini to‘g‘ri tasavvur qila olish;
operatsiyalarning yangi
variantlarini qidirish va kashf qilish uchun harakat qilish; v) asosiy qurollar va
vositalar: qo‘l aslahalaridan - slesar, xirurg, skripkachi, g‘ijjakchi,
kamon
chaluvchi kabi kasb egalari foydalanadi; g) mehnat sharoitlari: kasb tanlovchini
o‘rab turgan tabiiy muhit va sharoitlar, kishilar va hokazo.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda, o‘spirinlarning
qiziqishi,
mayli, ehtiyoji, iqtidori, malakasini hisobga olgan holda to‘g‘ri yo‘naltirish
49
mamlakat taraqqiyoti uchun puxta zamin hozirlaydi. Bu haqda “Kadrlar
tayyorlashning milliy dasturi»da ibratli fikrlar bildirilgan.
Dostları ilə paylaş: