Kasbiy psixologiya


Muloqotning vazifasi, turi, shakli, ko‘rinishi va bosqichlari strukturasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Muloqotning vazifasi, turi, shakli, ko‘rinishi va bosqichlari strukturasi 


64 
Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni 
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, 
hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, 
muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini 
saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘lolmaydi. Shuning uchun muloqotning 
shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini, bizning 
hayotimizda bajaradigan vazifalarini tahlil qilamiz. 
Har qanday muloqotning eng elementar funksiyasi - suhbahdoshlarning o‘zaro 
bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, 
suhbatdoshni ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir 
va buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan 
kutib oladi, hol-ahvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da ham 
ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa 
millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. 
1. 
Suhbatdoshlarning 
o‘zaro 
bir-birini 
tushunishlsrini 
ta’minlash.
2. Ijtimoiy tajribaga asos solish (mauglilar); 
3. Odamni u yoki bu faoliyatga hozirlash, ruhlantirish (M.Sifr). 
Muloqotning 
vazifalari 
Muloqot bosqichlari 
1. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti; 
2. Boshqalar bilan muloqoti;
3. Avlodlar o‘rtasidagi muloqot.
1.
Rasmiy; 
2.
Norasmiy; 
3.
Shahsiy; 
4. Ijtimoiy yo‘naltirilgan;
5. Гуруҳдаги предметга йўналтирилган 
Muloqot ko‘rinishlari 
- Bevosita «yuzma - yuz» bo‘lishi; 
U yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga 
o‘xshash) orqali;
-professional faoliyatda amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; 
sub’yekt - sub’yekt tipli (dialogic, sheriklik) yoki sub’yekt - 
ob’yektli (monologik) bo‘lishi mumkin. 
Muloqot turi 
ва
 
шакллари


65 
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat 
odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. 
Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o‘g‘irlanib ketilishi, so‘ng ma’lum 
muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lish faktlari shuni ko‘rsatganki, 
«mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda 
qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday holat boladagi bilish qobiliyatlarini ham 
cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi. 
Muloqotning uchinchi muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga 
hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan 
odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat 
o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlarda 
izolyasiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishni uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan. 
Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo‘lgan odamda idrok, tafakkur, xotira, hissiy 
holatlarnnng buzilishi qayd etilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin