Kasbiy psixologiya


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Kasb va shaxs psixologiyasi haqida tushuncha bering 
2.
Shaxsiy fazilatlarning kasb tanlashdagi rolini tushuntiring 


62 
3.
Shaxsni kasbga yo‘llashda uning olamni idrok qilish imkoniyatlariga izoh 
bering? 
4. Shaxs tuzilmasini tushuntiring?
5. Shaxs qiziqishlari olami va imkoniyatlari nimalardan iborat?
6. Kasbiy oriyentatsiya va shaxs haqida ma’lumot bering? 
7. Kasbga yo‘llashda psixik jarayonlarning roli nimalardan iborat? 
5-mavzu. Muomala texnikasi. Shaxs insoniy munosabatlar tizimida 
Reja 
1. Insoniy munosabatlar psixologiyasi 
2.Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni 
3. Muloqotning psixologik vositalari 
Insoniy munosabatlar psixologiyasi 
Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi - 
uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishidir. Bu 
shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora 
qiladi. Har bir normal inson o‘zgalarni tinglashga, o‘z fikrini birovlarga 
yetkazishga, ya’ni gapirishga, fikrlarini ba’zan yozma tarzda bayon etishga tug‘ma 
qobiliyatliday o‘zini tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni tushunish va o‘z 
fikrlarimiz, o‘ylarimizni birovlarga yetkaza olish qobiliyati aslida bizning insoniy 
munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz o‘zimizga o‘xshash inson 
jamiyatisiz mavjud bo‘la olmasligimizni bildiradi. 
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita 
“yuzma-yuz”, u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf, faks) orqali amalga 
oshiriladigan, biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do‘stona 
bo‘lishi, sub’yekt - sub’yekt tipli (diologik), sub’yekt - ob’yektli (monologik) 
bo‘lishi mumkin. 
Insoniy munosabatlar o‘zaro shunday ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro 
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar 


63 
o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu - quvonchlar 
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi 
munosabatlar tajribasi ortgan sari umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar 
paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» 
ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday 
muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalar - bir-biridan charchash, gapiradigan 
gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi 
munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning 
barcha a’zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin (ona-
bola, qaynona-kelin va hokazo). 
O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlar munosabatdan ko‘zlaydigan asosiy 
maqsadlari - o‘zaro til topishish, bir - birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, 
betakrorligi shundaki, o‘zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil 
o‘ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan 
bo‘lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo‘lgan bo‘lar edi. Masalan, 
tasavvur qiling, uzoq vaqt ko‘rishmay qolgan do‘stingizni ko‘rib qoldingaz. Siz undan 
hol-ahvol so‘radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib, nimaiki demang, sizni ma’qullab, 
gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqot juda bemaza bo‘lgan va siz ikkinchi marta 
o‘sha odam bilan iloji boricha rasman salom-alikni bajo keltarib, o‘tib ketaveradigan 
bo‘lardingiz. Ya’ni, muloqot faoliyati shunday shart - sharoitki, unda har bir shaxsning 
individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va 
shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o‘ziga jalb etadi. Amerikalik olim Uolter 
Lippman har bir inson qalbining o‘ziga xosligi va buning muloqotda namoyon bo‘lishiga 
ishora qilib shunday yozgan edi: «Hamma bir xil fikr yuritgan yerda, hech kim ko‘p 
o‘ylamaydi», yani, odamlarning muloqotga intilishlarining asosida yotgan birlamchi 
motiv ham aynan suhbatlar mobaynida turlicha qarashlarga ega bo‘lish, o‘z fikrlarini 
takomillashtirishdir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin