Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Tayanch so‘z va iboralar
Guruh
- odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish 
xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa. 


61 
Dunyoqarash
- odamning tevarak-atrofdagi olamga va unda o‘zining tutgan 
o‘rniga qarashlaridan kelib chiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, 
aqliy va estetik qarashlari yig‘indisi. 
Yo‘nalish
- shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’iy 
nazar ma’lum yo‘lga yo‘naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi. 
Ijtimoiylashuv
- inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - 
faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni. 
Kasb
- faoliyat shakllari birlashmasi bo‘lib, mazmun, vosita, tashkilot, 
mehnat natijalari hamda mehnat sub’yektini tayyorlashga qo‘yiladigan talablar 
majmui avtomatlashgan usullari. 
Muloqot
- ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi. 
Melanxolik
- temperament turlaridan biri bo‘lib, psixik faollikning sust, tez 
ta’sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga 
berilishi bilan xarakterlanadi.
Sangvinik
- temperament turlaridan bo‘lib, chaqqon, harakatchan, 
taassurotlari tez o‘zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik 
xislatlari bilan xarakterlanadi. 
Temperament
- shaxsning individual-psixologik xususiyatlari majmui 
bo‘lib, u kishida faoliyat va xulq-atvorning dinamik va emotsional tomonlari bilan 
xarakterlanadi. 
Flegmatik
– temperament turlaridan biri bo‘lib, harakatlar sekinligi, 
barqarorligi, emotsional xolatlarning tashqi ko‘rinishlari kuchli emasligida 
namoyon bo‘ladi. 
Xarakter
- kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning individual birligi 
bo‘lib, shaxsning mehnatga, narsa va xodisalarga, o‘ziga va boshqa kishilarga 
munosabatlarida namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin