71
TEMPERAMENTNING PSIXOLOGIK XARAKTERISTIKASI
Oliy nerv
faoliyatining
tiplari
Qo‘zg‘alish va tormozlanish nerv jarayonlarining
xarakteristikasi
Temperament
turlari
Kuchi
bo‘yicha
Muvozanati
bo‘yicha
Harakatlanishi
bo‘yicha
Kuchli
Kuchli
Muvozanatli
Harakatchan
Sangvinik
To‘xtatib
bo‘lmaydigan
Kuchli
Muvozanatsiz
Harakatchan
Xolerik
Inert
Kuchli
Muvozanatli
Kam harakatchan
Flegmatik
Kuchsiz
Kuchsiz
Muvozanatsiz
Kam harakatchan
Melanxolik
Temperamentlarning tiplari
“Temperament” termini antik davr fanining individual-psixologik
farqlari
tabiatiga bo‘lgan qarashlariga borib taqaladi. Qadimgi yunon tibbiyotining yirik
vakili Gippokrat (er.ol.V asr) fikricha organizmning holati asosan “sharbat”larning,
ya’ni, organizmda mavjud suyuqliklarning (qon, limfa, o‘t)
miqdoriy nisbatiga
bog‘liqdir. Bu sharbatlarning aralashtirilgandagi nisbati grekchasiga “krasis”
(“go‘zal” ma’nosida) so‘zi bilan atalgan. Bir necha asr keyinroq ishlagan rimlik
vrachlar bu tushunchani lotincha temperamentum so‘zi
bilan ataganlar,
“qismlarning tegishli nisbati” degan ma’noni bildiradi. Bundan “temperament”
degan termin kelib chiqqan. Asta-sekin antik fanda odamlarning ruhiy xususiyati
krasisga
yoki temperamentga, organizmda asosiy “sharbat”lar aralashib ketgan
nisbatga bog‘liq, degan fikr qaror topdi. Eramizdan ilgari II asrda yashagan rimlik
anatom va vrach Galen birinchi bo‘lib temperamentlarning kengaytirilgan tasnifini
berdi: u 13 turni o‘z ichiga qamrab oladi. Temperament
turlari soni qadimgi
tibbiyot vakillari tomonidan keyinchalik to‘rttaga qadar kamaytirildi. Ularning har
biri qandaydir suyuqlikning boshqalardan ko‘pligi bilan ajralib turadi.
72
Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan
xarakterlanadi) sangvinik temperament deb ataldi (lotin tilidagi “sangvis”-qon
so‘zidan); limfa ko‘p bo‘lganda flegmatik temperament (grekcha “flegma”-
shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganini xolerik temperament (grek
tilidagi “xole”-o‘t so‘zidan)
va nihoyat, qora o‘t ko‘p bo‘lgan melanxolik
temperament deb (grekcha “meloyna xole”-qora o‘t) ataladi.
Antik fan yaratgan temperamentning organik asosi to‘g‘risidagi ta’limot
hozir faqat tarixiy jihatdan qiziqish uyg‘otadi, xolos.
Kishining temperamenti qanaqaligi haqidagi
tasavvur odatda shu shaxs
uchun xarakterli bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.
Har bir kishining o‘z temperamenti bo‘ladi. Lekin har qaysi odamning
temperamentlarida mana shunday individual tafovutlar bo‘lishi bilan birga, bu
temperamentlarning umumiy, o‘xshash belgi va alomatlari ham bo‘ladi. Hamma
xilma-xil temperamentlarni mana shunday umumiy
belgilariga qarab ajratish,
ya’ni klassifikatsiya qilish mumkin.
Barcha temperamentlarni qadimdan to‘rt tipga: 1) xolerik, 2) sangvinik,
3) melanxolik va 4) flegmatik temperamentga ajratish rasm bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: