75
namligini tutib turishdir. Balg‘am (shilimshiq modda)ning xususiyati sovuqlikdir.
Uning ishi - badanni sovitib turishdir. Gippokrat fikriga muvofiq,
har qaysi odamda
shu to‘rt xildagi suyuqlikdan biri ko‘proq bo‘lib, ustun turadi. Bu aralashma
(latincha temperamentum)lardan qaysi biri ustun bo‘lishiga qarab, odamlar
temperament jihatdan har xil bo‘ladilar. Xoleriklarda sariq o‘t ustun; sangviniklarda
- qon; melanxoliklarda - qora o‘t; flegmatiklarda esa balg‘am (shilimshiq modda)
ustun bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.
Gippokratning mana shu to‘rt xil moddalar aralashmasi to‘g‘risidagi
ta’limotidan kelib chiqqan temperament so‘zi qadimgi zamonlardan beri hozirgacha
saqlanib kelmoqda.
Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablari I.P.Pavlovning yuksak nerv
faoliyat tiplari haqidagi ta’limotida ochib berildi. I.P.Pavlov
yuksak nerv faoliyati
turlari deganda hayvon bilan odam nerv sistemasining faoliyatidagi eng muhim
xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi.
I.P.Pavlov itlar ustida ko‘p tajribalar o‘tkazib, reflekslarni tekshirishi
natijasida, hayvonlar nerv sistemasining a) qo‘zg‘alish va tormozlanishning kuchiga,
b) bu jarayonlarning muvozanatiga va v) ularning ildamlik
darajasiga qarab bir-
biridan farq qilishini aniqladi.
I.P.Pavlov ajratishicha, nerv sistemasining kuchi hujayralardagi fiziologik
moddalarning zahira miqdori bilan belgilanadi.
Kuchli tipdagi nerv sistemasida bunday zahira ko‘p miqdorda bo‘lib, kuchsiz
tipda ozdir.
Nerv sistemasining kuchi qo‘zg‘alish jarayoniga ham, shuningdek, tormozlanish
jarayoniga ham tegishlidir. Nerv sistemasining kuchi, avvalo, kuchli qo‘zg‘ovchilarga
«bardosh» bera olish qobiliyatida ko‘rinadi.
Nerv jarayonlari kuchining ahamiyati shundan ravshan ko‘rinib turadiki,- deydi
I.P.Pavlov,- atrofdagi muhitda odatdan
tashqari, favqulodda hodisalar, zo‘r kuchga
ega bo‘lgan qo‘zg‘ovchilar ma’lum darajada tez-tez voqe bo‘lib turadi, shu bilan
birga,
tabiiy ravishda, ko‘pincha, bu qo‘zg‘ovchilarning ta’sirini boshqalarning
talabiga va shuningdek, undan ham qudratli bo‘lgan tashqi sharoitning talabiga
76
muvofiq bosmoq, to‘xtatib turmoq zaruriyati tug‘iladi. Nerv hujayralari esa o‘z
faoliyatining bunday haddan tashqari zo‘riqishiga bardosh berishi kerak»
1
.
(I.P.Pavlov, Polnoe sobranie sochineniy, III tom, 2-kitob, 268-bet).
Nerv
sistemasidagi muvozanat, I. P. Pavlov ta’limotiga muvofiq, nerv
sistemasining qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuch darajasini teng baravar
holda tutib tura bilish qobiliyatida ko‘rinadi. Qo‘zg‘alish va tormozlanish baravar
darajada kuchli yoki kuchsiz bo‘lganda, nerv sistemasida muvozanat bo‘ladi. Shu
jarayonlardan biri kuchliroq yoka kuchsizroq bo‘lsa, nerv sistemasida muvozanat
bo‘lmaydi.
Nerv sistemasining ildamligi (labilligi) miya po‘stining biron qismidagi
qo‘zg‘alishning
tormozlanishi bilan yoki, aksincha, tormozlanishning qo‘zg‘alish
bilan naqadar yengil almashinishidan iborat. I.P.Pavlov nerv sistemasining bu
xususiyatiga ayniqsa katta ahamiyat bergan edi. «Ravshanki, eng muhimi
ildamlikdir,- deydi u,- hayot o‘zi
bilganicha qila beradi, hamma sharoitni o‘zgartirib
yuboradi, u juda ham o‘zgaruvchan, kimki sergaklik bilan bu o‘zgarishlarni darrov
payqab ola bilsa, ya’ni ildam esga ola biladigan nerv sistemasi bo‘lsa, o‘sha yutadi».
(«Pavlovskiye sredi», II tom, 244-bet).
Dostları ilə paylaş: