Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

Temperament va tarbiya 
Temperamentning har bir tipi ham ijobiy, ham salbiy psixologik 
xususiyatlarda o‘zini namoyon qilishi mumkin. Agar xolerikning kuch-quvvati, 
ehtirosliligi munosib maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, qimmatli fazilatlar bo‘lishi 
mumkin, lekin yetarlicha bo‘lmagan muvozanatlik, emotsionallik va harakatsizlik 
zarur tarbiya bo‘lmaganda o‘zini tuta olmaslikda, keskinlikda, doimo qizishib 
ketishga moyillikda ifodalanishi turgan gap. Sangvinikning jonliligi va 
hozirjavobligi qimmatli xususiyatlardir, lekin tarbiya yetarli bo‘lmagan taqdirda 
ularni tegishlicha diqqatni to‘planishining yo‘qligiga, yuzakichilikka, bir yo‘la bir 
necha ishga qo‘l urishga moyillikka olib kelishi mumkin. Flegmatikning 
vazminligi, sabr-toqatliligi, shoshqaloqlikning yo‘qligi ahamiyatli xususiyatlardir. 
Lekin tarbiyaning noqulay sharoitlarida ular kishini bo‘shashtirib, hayotning 
ko‘pgina taassurotlariga befarq qilib qo‘yish ehtimoli mavjud. Hissiyotning 


77 
chuqurligi va barqarorligi, emotsional jihatdan sezgirlik melanxolikning qimmatli 
fazilatlari hisoblanadi. Biroq bu tip vakillarida tegishli tarbiyaviy ta’sirlar 
yetishmagan taqdirda o‘zlarining shaxsiy kechinmalariga butunlay berilib ketish, 
ortiqcha uyatchanlik rivojlanishi mumkin. 
Shunday qilib, temperamentning aynan bir xil boshlang‘ich xususiyatlari 
ularning qanday - ijobiy yoki salbiy tomonga rivojlanishini oldindan belgilab 
bermaydi. Shuning uchun tarbiyachining vazifasi bir xildagi temperamentni 
boshqasiga o‘zgartirishga urinib ko‘rishdan iborat bo‘lmasligi kerak (bu mumkin 
ham emas), balki muntazam ish olib borish yo‘li bilan har bir temperamentning 
ijobiy tomonlari rivojlanishiga ko‘maklashish va ayni paytda ushbu temperament 
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy jihatlardan holi bo‘lishga yordam 
berishdan iboratdir.
Faqat tarbiyalanmaganlik natijasi hisoblangan narsani temperament hisobiga 
o‘tkazmaslik kerak. Masalan, xulq-atvorda sabr-toqat va o‘zini tuta bilmaslikning 
yo‘qligi xolerik temperamentini bildirmaydi albatta, u har qanday temperamentda 
ham aynan tarbiyada yo‘l qo‘yiladigan kamchilikning oqibati bo‘lishi mumkin. 
Maktabda o‘quvchi jur’atsiz, deyarli o‘zini eplay olmaydigan bo‘lib ko‘rinishi, o‘ta 
melanxolik tipdagi odamning tasavvurini berishi, lekin amalda unday bo‘lmasligi 
mumkin. Masalan, uning xulq-atvoriga o‘quv predmetlaridan orqada qolib 
ketganligi ta’sir etgandir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin