Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

to‘rtinchi
- hal qiluvchi bosqichda 
qiziqishlar doirasi sezilarli darajada torayib, professional yo‘nalish shakllanaib 
bo‘ladi va u kasb tanlash bilan yakunlanadi. 
O‘zining yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan qiziqishlar o‘spirinning 
professional yo‘nalishi va to‘g‘ri kasb-hunarni tanlashiga zamin yaratadi. Ular 
boladagi individual - psixologik xususiyatlar va jinsiy farqlar bilan bog‘liq 
bo‘lgani uchun ham o‘g‘il bolalar ko‘proq texnik va iqtisodiy yo‘nalishlarni, qizlar 
esa ijtimoiy-gumanitar va badiiy sohalar bilan bog‘liq kasblarni tanlaydilar. 
Umuman, inson hayotida 
professional o‘z-o‘zini anglash
katta o‘rin tutadi 
va u juda yoshlik paytidanoq shakllana boshlaydi. Bu jarayonni bosqichlarda 
tasavvur qilish mumkin. 
Birinchi bosqich: bolalar o‘yini, bunda bola ilk yoshlikdanoq u yoki bu 
kasbga bog‘liq professional rollarni qabul qiladi va uning muhim elementlarini 
o‘zicha «o‘ynaydi» («o‘qituvchi», «doktor», «traktorchi», «futbolist», «artist» va 
shunga o‘xshash). 
Ikkinchi bosqich: o‘smirlik fantaziyasi - bunda o‘smir o‘ziga juda yoqqan 
professional rolni hayolan egallaydi. 
Uchinchi bosqich: kasb-xunarni dastlabki tanlash - o‘smirlik va ilk 
o‘spirinlik davriga to‘g‘ri keladi. Turli-tuman faoliyat turlari dastlab o‘smirning 


92 
qiziqishlari nuqtai nazaridan («prokurorlikka qiziqaman, demak, yurist bo‘lishim 
kerak»), keyin uning qobiliyatlari nuqtai nazaridan («matematikani oson 
yechaman, matematik yoki muhandis bo‘lsammikan?») va nihoyat, o‘smirdagi 
qadriyatlar tizimidagi ahamiyatiga qarab («nochor kasallarga yordam bergim 
keladi, vrach bo‘laman») toifalarga bo‘linadi va ajratiladi. 
To‘rtinchi bosqich: amaliy qaror qabul qilish - kasbni tanlash. Bunda ikkita 
muhim jihat bor: konkret ixtisoslikni uning kvalifikatsiyasi xususiyatlari, ishning 
hajmi, og‘irligi, mas’uliyatliligi va unga yetarli tayyorgarlikning borligi. Lekin 
oxirgi sotsiologik ma’lumotlarga ko‘ra, oliy o‘quv yurtini tanlash, konkret kasb-
hunarni tanlashdan oldinroq yuz bermoqda. Masalan, o‘spirin qiz «Men baribir 
Nizomiy nomli universitetga kiraman», deydi va so‘ngra konkret fakultet 
tanlanadi. Shuning uchun ham ko‘pincha, ixtisoslikdan, keyinchalik professiyadan 
«sovib qolish»lar ana shunday ustanovkalar bilan tushuntiriladi. 
Bundan tashqari, kasb tanlashga ta’sir qiluvchi yana boshqa omillar ham 
borki, ularning hisobga olinishi ham ba’zan yoshlarning to‘g‘ri, o‘z imkoniyatlari 
va qobiliyatlariga mos kasb - hunarning tanlanmasligiga sabab bo‘ladi. Masalan, 
bunday omillarga oilaning moddiy shart - sharoiti, o‘qish joyining uydan uzoqligi, 
o‘quv tayyorgarligining saviyasi, emotsional yetuklik, sog‘liqning holati va 
boshqalar. 
O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash Milliy dasturining 1997 yilda 
qabul qilinishi birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, mustaqil fikrlaydigan, 
yuksak malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Joylarda tashkil qilinayotgan 
kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, viloyatlar markazlari va Toshkent 
shahrida tashkil etilgan Tashxis markazlari 9-sinfni tamomlagan yoshlarning 
iqtidori va layoqati, qiziqishlarini o‘z vaqtida aniqlash, uni psixologik metodlar 
yordamida diagnostika qilishni amalga oshiradi. Bu tadbirlar yoshlardagi kasb-
hunarga bo‘lgan yo‘nalishni adekvat qilish, o‘z yashash joyidan uzoq bo‘lmagan 
sharoitda zarur, o‘z layoqatiga mos hunar egasi bo‘lib yetishishiga yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin